Al-Hakim at-Termiziy asarlari

2020-10-27 149 marta ko'rildi.

Termiz davlat universiteti huzuridagi 13.00.01-Pedagogika nazariyasi Ilmiy Kengashida pedagogika kafedrasi oqituvchisi Achilov Nuriddin Abdugafforovich Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi boyicha “Al-Hakim at-Termiziy asarlari vositasida talabalarda ma’rifatparvarlik fazilatlarini rivojlantirish texnologiyasi” mavzusidagi pedagogika fanlari boyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

E’tiborlisi shundaki, Achilov Nuriddinning dissertatsiyasi  ushbu Ilmiy Kengashdagi dastlabki himoya hisoblanadi. Kengash a’zolari va tadqiqotchimizni bugungi muvaffaqiyat bilan universitet rahbariyati hamda  jamoasi qutlab, Kengash faoliyatiga omad tilaydi.


Achilov Nuriddinga esa mustahkam soglik, oilaviy xotirjamlik, ilm yolidagi mashaqqatli va sharafli kasbiga baraka soraymiz.

Universitetimiz olimlarining safi kengayaversin!