Universitet faoliyatida yana bir yangi sahifa ochildi

2020-10-21 245 marta ko'rildi.

Tahririy-nashriyot faoliyatini yanada kuchaytirish maqsadida “TerDU nashr-matbaa markazi” tashkil etilib, davlat ro’yxatidan o’tkazildi.

Uning tarkibida “Surxondaryoda ilm va fan” va “Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, ta’lim” ilmiy-innovatsion jurnallari, “Termiz universiteti” gazetasi tahririyatlari hamda “TerDU bosmaxonasi” faoliyat yuritadi.


Kuni kecha Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov “TerDU nashr-matbaa markazi” va uning tarkibidagi tuzilmalar faoliyatini rivojlantirish bo’yicha yig’ilish o’tkazdi.


Unda “TerDU bosmaxonasi” faoliyatini tez kunda yo’lga qo’yish, moddiy-texnik baza bilan ta’minlash va tipografiya xarid qilish uchun mas’ullarga topshiriq berildi. Yangi ta’sis etilgan jurnallar va gazeta tahriyatlarining kelgusi faoliyatlari rejalashtirib olindi.


Ma’lumot uchun: “Surxondaryoda ilm va fan” hamda “Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, ta’lim” jurnali ilmiy-innovatsion nashr hisoblanib, xalqaro miqiyosidagi jurnal sifatida ro’yxatdan o’tdi. Tez fursatda jurnallarni OAK tavsiya etgan nashrlar ro’yxatiga, keyinchalik nufuzli xalqaro ilmiy-texnik bazalarga (Scopus, Science Direct) kiritish chora-tadbirlari belgilandi.


‼️Endilikda, universitet professor-o’qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari o’zlarining ilmiy natijalari materiallarini jurnallarda e’lon qilishi mumkin hamda  yozilgan asarlar, o’quv va ilmiy adabiyotlarni universitet bosmaxonasi chop ettirsa bo’ladi.