TerDUda nufuzli anjuman ish boshladi

2020-10-21 186 marta ko'rildi.


"Matematikaning zamonaviy masalalari: muammolar va yechimlar". Termiz davlat universitetida o’tkazilgan anjuman ana shunday nomlandi.

Sohaning akademiklari, respublikaning yetakchi OTMlarining professor-o’qituvchilari ishtirokidagi konfrentsiyada Algebra va geometriya, Matematik analiz va differentsial tenglamalar, Hisoblash matematikasi va axborot texnologiyalari, Matematika va informatika o’qitish metodikasi sho’balarida dolzarb mavzularda ilmiy baxslar bo’lib o’tmoqda.


Akademik olimlar ko’tarilgan mavzularga doir fikrlarini konfrentsiya ishtirokchilari bilan o’rtoqlashmoqda. Ikki kun davom etadigan anjumanda matematikaning dolzarb va muammoli masalalari muhokama etiladi.


Yakunda ishtirokchilar fizika-matematika fanlari doktori, professor Ismoil Allakovni 70 yoshlik yubileylari bilan qizg’in tabriklashdi.