Talabalikka tavsiya etilgan 1-kurs talabalari diqqatiga!

2020-10-11 242 marta ko'rildi.

Termiz davlat universiteti tomonidan 2020 yil 12,13,14 oktyabr kunlari joriy yilda oʻqishga tavsiya etilgan talabalar uchun “Tanishuv haftaligi” tashkil etiladi.

Sizdan belgilangan sanalarda, soat 8.00 da universitetga kelishingiz soʻraladi.

“Tanishuv haftaligi”ga tashrif buyuruvchilardan quyidagilar  talab etiladi:

1. Rektor nomiga ariza (fakultet dekanatida yoziladi);

2. Pasport 5 ta nusxasi (asli koʻrsatilgan holda);

3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;

4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar boʻlsa)

5. 3,5x4,5 foto 12 ta;

6. Hujjatlar yigʻma jildi (skorosshivatel);

7. Konvert A5 formatida;

8. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli).

9. Abiturient ruxsatnomasi

10. Javoblar varaqasi

11. INN nusxasi

12. Jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasi nusxasi

13. Chin yetim, nogironligi boʻyicha oʻqishga qabul qilinganlar tegishli hujjatlar nusxasi.

Barchadan tibbiy niqobda boʻlishi, shaxsiy gigiena va ijtimoiy masofani saqlashga qat’iy rioya qilishi talab etiladi!

Manzil: Termiz shahri, Barkamol avlod koʻchasi, 43-uy.