TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI NIZOMI
UMUMIY QOIDALAR
1.1 Termiz davlat pedagogika instituti 1935 yil 14 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Xalq maorifi komissarligining 1364-sonli qaroriga asosan O’rta Osiyo Davlat Universitetining pedagogika fakulteti negizida tashkil etilgan. O’zbekiston Rekpublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 fevraldagi 77-sonli qarori bilan kasb-hunar kollejlari uchun malakali pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash bo’yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi sifatida davlat universitetiga aylantirilgan hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufiga o’tkazilgan.
1.2. Termiz davlat universiteti (keyingi o’rinlarda TerDU) davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, oliy ta’limning asosiy va qo’shimcha ta’lim dasturlarini bajarish bo’yicha ta’lim faoliyati bilan shug’ullanadi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq o’quv-pedagogik, ilmiy-metodik, shuningdek boshqa faoliyatni amalga oshiradi hamda ta’lim xizmatlarini ko’rsatadi.