TALABALAR IJODIY KO’RGAZMASI BO’LIB O’TMOQDA

TALABALAR IJODIY KO’RGAZMASI BO’LIB O’TMOQDA

Ommaviy tadbirlar, Rasmiy tashriflar, Talabalar hayoti., UCHRASHUV VA TADBIRLAR
Ustoz deganda, har qaysi inson ko’nglida chuqur hurmat - ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg’ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o’lchab va ado qilib bo’lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo’ladi. Termiz davlat universitetida Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi professor-o’qituvchilari va iqtidorli talabalari tashabbusi bilan 1 oktyabr “O’qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag’ishlab “JAHONDA BO’LMASA MUALLIM AGAR, HAYOT HAM BO’LMASDI GO’ZAL BU QADAR” nomli iqtidorli talabalar ijodiy ko’rgazma tanlovining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda so’z olganlar yig’ilganlarni bayram bilan tabriklab tanlovda ishtirok etayotgan iqtidorli talaba-yoshlarga omadlar tilashdi. Ma’lumot o’rnida: Ko’rgazma 2019 yil 5 oktyabrgacha davom etadi. [unitegallery my_galleryta]
Batafsil
TERDUDA BINAR MA’RUZA DARSLARI O’TKAZILDI

TERDUDA BINAR MA’RUZA DARSLARI O’TKAZILDI

Ommaviy tadbirlar, Rasmiy tashriflar., Rasmiy tashriflar, UCHRASHUV VA TADBIRLAR
2019 yil 26 sentyabr kuni Termiz davlat universitetida Ma’naviyat kunlari doirasida   Binar ma’ruza darslari o’tkazildi. Ushbu darsda Termiz davlat universiteti rektori A.H.Toshqulov, sotsiologiya fanlari doktori, professor M.Bekmurodov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining o’rinbosari, pedagogika fanlari doktori, professor M.Quronov hamda professor-o’qituvchilar va iqtidorli talaba yoshlar ishtirok etishdi.Binar ma’ruza darslari O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda vatanparvarlikning o’rni mavzusiga bag’ishlandi.O’z sohasining fidoiylari bo’lgan olimlar tomonidan o’tkazilgan darslar barchada katta qiziqish uyg’otdi.Dars so’ngida faol ishtirok etgan o’qituvchi va iqtidorli talabalar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Yakunda Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov mehmonlarga qimmatli vaqtlarini ayamay universitetga tashrif buyurganlari uchun minnatdorchilik bildirdi.
Batafsil
ҲУНАРИ БОРНИНГ – ДОВРУҒИ БОР

ҲУНАРИ БОРНИНГ – ДОВРУҒИ БОР

Ommaviy tadbirlar, Rasmiy tashriflar, Talabalar hayoti., UCHRASHUV VA TADBIRLAR
Ҳунармандчилик барча халқларга хос бўлган маданий мерос ҳисобланади. Ҳар бир уста ҳунарманд тайёрлаган маҳсулот қўл меҳнати ва юрак қўри билан яратилади. Шунинг учун ҳам илк бор ўтказилаётган халқаро ҳунармандчилик фестивали барча халқларни бирлаштирадиган дўстлик ва ҳамжиҳатлик байрамидир. 2019 йил 10 сентябрдан 15 сенятбргача Кўҳна ва навқирон Қўқон шаҳрида илк бор ўтказилган Халқаро ҳунармандчилик фестивалида Термиз давлат университети Муҳандислик графикаси ва дизайн назарияси магистранти Тошқўзиев Бахриддин ҳам фаол иштирок этиб Сертификат билан тақдирланди. Тошқўзиев Бахриддин Мухиддинович: 1992 йил 11 октябрда Шўрчи туманида туғилган. 2015-2019 ўқув йилида ТерДУнинг Тасвирий санъат ва муҳандислик графикаси таълим йўналишини тугатган. Ҳозирги кунда Муҳандислик графикаси ва дизайн назарияси таълим йўналишининг 1 курс магистранти. [unitegallery my_galleryqoqon]
Batafsil
AKADEMIK BILAN UCHRASHUV

AKADEMIK BILAN UCHRASHUV

Davra suhbati, Ommaviy tadbirlar, UCHRASHUV VA TADBIRLAR
Termiz  davlat universitetida Kimyo-texnologiya fakulteti dekani, professor H.To’rayev raisligida Toshkent Kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti direktori, O’zbekiston  Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi A.T.Jalilov va Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti professori, texnika fanlari doktori T.J.Qodirovlar ishtirokida Kimyo-texnologiya fakulteti talaba-yoshlari bilan davra suhbati o’tkazildi.Tadbir ishtirokchilari talaba-yoshlarning bilim olib yetuk kadrlar bo’lib yetishishlari uchun Prezidentimiz rahbarliklarida  barcha sharoitlar yaratib berilayotgani va albatta ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish zururligini ta’kidlash bilan birga O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan Termiz davlat universiteti o’rtasidagi hamkorlikning yaxshi yo’lga qo’yilganligi natijasida TerDUda ilmiy tadqiqotlar va ilmiy ko’rsatkichlar yuqori o’rinlarga ko’tarilayotganligini ta’kidlab o’tishdi.Talaba-yoshlar tadbir ishtirokchilaridan o’zlari qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
Batafsil
STARTAP-TASHABBUSLAR

STARTAP-TASHABBUSLAR

Ommaviy tadbirlar, Rasmiy tashriflar, UCHRASHUV VA TADBIRLAR
Termiz davlat universitetining Arxitektura va qurilish fakulteti faollar zalida O’zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondrayo viloyat kengashi, O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi hamda Dasturiy ta’minot mahsulotlari va axborot texnologiyalari parki bilan hamkorlikda Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqqiyot dasturining “O’zbekistonda yoshlar bandligiga ko’maklashish” qo’shma loyihasi ko’magida «Startap-tashabbuslar» yoshlarning innovatsion g’oyalari va startaplari loyihalarini qo’llab quvvatlash dasturini amalga oshirish maqsadida davra suhbati o’tkazildi. Tadbir ishtirokchilari talaba-yoshlarga ta’lim sohasiga oid loyihalar, virtual reallikka asoslangan savdo maydonchalari, startaplar va boshqa loyihalar, shuningdek, ishlab chiqarish bo’yicha xizmatlar, savdo va umumiy ovqatlanishni boshqarishning avtomatlashgan tizimlari hamda tibbiyot, reklama, turizm sohasidagi boshqa loyihalar ustida ishlashlari uchun zaruriy ko’rsatmalar berishdi. Bilib qo’ygan yaxshi: «Startap-tashabbuslar» Dasturi 2016 yildan buyon amalga oshiriladi va yoshlarni o’z startaplarini yaratishda hamda tadbirkorlik ko’nikmalarini rivojlantirishda qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan. Dastur BMTTD,…
Batafsil