СУРХОНЛИК ЖАҲОН ЧЕМПИОНИ ТЕРДУДА МЕҲМОН

СУРХОНЛИК ЖАҲОН ЧЕМПИОНИ ТЕРДУДА МЕҲМОН

Rasmiy tashriflar., Rasmiy tashriflar, UCHRASHUV VA TADBIRLAR
Бокс бўйича Россия давлатининг Екатеренбург шаҳрида ўтказилган жаҳон чемпионатида ўта оғир вазнда жаҳон чемпионлигини қўлга киритган, икки карра Осиё чемпиони, бугунги кунда профессионал боксда фаолият олиб бораёган Баҳодир Жалолов Термиз давлат университетига ташриф буюрди. Учрашувда чемпион билан бирга унинг онаси С.Жалолова , Ўзбекистон Республикаси Миллий гвардияси Сурхондарё вилояти бўлинмаси командири ўринбосари Ф.Усмонходжаев ҳамда Ўзбекистон ёшлар иттифоқи Сурхондарё вилояти Кенгаши раиси Ш.Олимовлар ҳам иштирок этишди.Дастлаб тадбирни университет ректори А.Тошқулов кириш сўзи билан очиб, воҳамиз фахри, ифтихори бўлган спортчимиз Б.Жалоловни қўлга киритган ғалабалари билан табриклади ва университет жамоаси номидан эсдалик совғаларини топширди.Шундан сўнг сўз олган Б.Жалолов юксак эҳтиром, ҳурмат-иззат ила кутиб олганликлари ва ушбу учрашувни ташкил этганликлари учун университет раҳбариятига ўз миннатдорчилигини билдириш билан бирга унинг ҳар бир ғалабаси замирида тинимсиз машғулотлар, меҳнат ётганлиги, ҳар доим рингга кўтарилишдан олдин унинг кўз олдида…
Batafsil
TERDUDA BINAR MA’RUZA DARSLARI O’TKAZILDI

TERDUDA BINAR MA’RUZA DARSLARI O’TKAZILDI

Ommaviy tadbirlar, Rasmiy tashriflar., Rasmiy tashriflar, UCHRASHUV VA TADBIRLAR
2019 yil 26 sentyabr kuni Termiz davlat universitetida Ma’naviyat kunlari doirasida   Binar ma’ruza darslari o’tkazildi. Ushbu darsda Termiz davlat universiteti rektori A.H.Toshqulov, sotsiologiya fanlari doktori, professor M.Bekmurodov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining o’rinbosari, pedagogika fanlari doktori, professor M.Quronov hamda professor-o’qituvchilar va iqtidorli talaba yoshlar ishtirok etishdi.Binar ma’ruza darslari O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda vatanparvarlikning o’rni mavzusiga bag’ishlandi.O’z sohasining fidoiylari bo’lgan olimlar tomonidan o’tkazilgan darslar barchada katta qiziqish uyg’otdi.Dars so’ngida faol ishtirok etgan o’qituvchi va iqtidorli talabalar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Yakunda Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov mehmonlarga qimmatli vaqtlarini ayamay universitetga tashrif buyurganlari uchun minnatdorchilik bildirdi.
Batafsil
Ўзбекистон Республикаси ФА  Вице президенти ТерДУда

Ўзбекистон Республикаси ФА Вице президенти ТерДУда

Rasmiy tashriflar., Rasmiy tashriflar, UCHRASHUV VA TADBIRLAR
Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси Вице президенти, Кимё фанлари доктори, академик Ибрагимов Бахтиёр Тўлагаонович Термиз давлат университетига ташриф буюрди.  Б.Ибрагимов университет ректори А.Тошқулов ҳамроҳлигида университет профессор-ўқитувчилари ва талаба-ёшлари учун яратилган шароитлар билан танишиш билан бирга талаба-ёшларнинг фанлардан олаётган баҳолари, юртимизда ёшларга оид олиб борилаётган давлат сиёсатига бўлган фикрлари билан қизиқди. Шундан сўнг академик Б.Ибрагимов иштирокида университет илмий тадқиқотчи ва профессор-ўқитувчилари билан давра суҳбати ўтказилди. Унда академик юртимизда илмий тадқиқот соҳасида олиб борилаётган ислоҳотлар, ўзгариш ва янгиликлар борасида фикр юритиб, келгусида илмий даражалар олиш учун ёзиладиган диссертацияларга қўйиладиган талабларга алоҳида тўхталди. [unitegallery my_gallerychet]
Batafsil
GERMANIYALIK EKSPERT – TerDUda

GERMANIYALIK EKSPERT – TerDUda

Rasmiy tashriflar., Rasmiy tashriflar, UCHRASHUV VA TADBIRLAR
Bugungi kunda yurtimizda 19 mingga yaqin talaba nemis tilini o’rganmoqda. Umumta’lim maktablarida faoliyat ko’rsatayotgan nemis tili o’qituvchilari 3 mingdan ziyod. 800 dan ortiq O’zbekistonlik talaba va ilmiy tadqiqotchi Germaniya oliy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqda. Shu kunlarda esa Germaniyalik ekspert janob Yoxannes Shtikl Termiz davlat universitetida mehmon bo’lib turibdi.Janob Yoxannes Shtikl Xorijiy filologiya fakulteti “Nemis tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o’qituvchilari va Nemis tili ta’lim yo’nalishining talaba-yoshlari uchun “Nemis tili o’qitish metodikasi va didaktikasi” mavzusida seminar o’tmoqda.Shuni alohida ta’kidlash joizki, janob Shikl bunday seminarlarni “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi professor - o’qituvchilari hamda Ingliz tili ta’lim yo’nalishi  talaba-yoshlari  uchun ham o’tkazmoqda.Shuningdek, janob Shtikl fakultetdagi mavjud kafedralar o’qituvchilarining ma’ruza va amaliy darslarini o’zaro tahlil qilib, ularning kasbiy faoliyati uchun metodik-didaktik tavsiyalar bermoqda. [unitegallery my_gallery1germ]
Batafsil
ILMIY SEMINAR O’Z ISHINI BOSHLADI

ILMIY SEMINAR O’Z ISHINI BOSHLADI

Davra suhbati, Rasmiy tashriflar., UCHRASHUV VA TADBIRLAR
Termiz davlat universitetida, Termiz davlat universiteti va Toshkent Kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi PhD ilmiy darajasini beruvchi  29.12.2018  T.78.01-raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar o’z ishini boshladi.Ilmiy seminarda Qiyomov Sharifjon Nizomiddinovichning “Mahalliy xomashyolar asosida epoksiuretan olish va qo’llash texnologiyasini ishlab chiqish”, Sottiqulov Elyor Sotimboyevichning “Mahalliy xomashyolar asosida geonolimerlar olish texnologiyasini ishlab chiqish”, Sultonov Shavkatjon Abdullayevichning “To’qimachilik sanoati uchun quyuqlashtiruvchi polimer-kompozitsion metriallar yaratish texnologiyasini takomillashtirish”, Mixliyev Oybek Avloyorovichning “Dolomitin nitrat kislotasi bilan kompleks qayta ishlab magniy birikmalari va suyuq o’g’it olish texnologiyasini yaratish” mavzularidagi 02.00.13-“Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi” ixtisosligi bo’yicha texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishlarining muhokamalari bo’lib o’tmoqda. [unitegallery my_gallery1ilmiy]
Batafsil