Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



Buxgalteriya

1,041 Views

IMG_20181216_153420Bosh hisobchi: Ismoilov Shafoat Sodiqovich

Telefon: (0 376) 223-16-74
Elektron manzili: ismoilov.shapaxat@mail.ru

Buxgalteriya bo‘limining faoliyati va vazifalari
TerDU Buxgalteriya bo‘limi universitetning tarkibiy bo‘limi hisoblanadi. Hisobxona universitet Ustaviga, mazkur Nizom asosida ish yuritadi, o‘z amaliy faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, universitet buyruq va ko‘rsatmalarini dasturida amal qiladi. Bo’lim faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, OTM rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi, OTM yillik va istiqbolli rejalarini bilishi, moliya hamda nazorat-taftish tashkilotlarining buxgalteriya hisobini tashkil etish va hisobotlarni tuzish xususiydagi, shuningdek OTMning moliya-xo’jalik faoliyatiga, OTM tuzilmasiga va uni rivojlantirish istiqbollariga tegishli barcha uslubiy, me’yoriy hamda boshqa hujjatlarni bilish va bevosita ularni amalda tatbiq etilishini ta’minlash uning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Buxgalteriya bo‘limi tarkibida ish turlari bo‘yicha quyidagi guruhlar belgilanadi:
• Bosh buxgalter
• Bosh buxgalter o’rinbosari
• Bosh buxgalter o’rinbosari-auditor
• Buxgalter (1,2-toifa)
• G’aznachi
Har bir guruhda ish xodimlar bosh hisobchi rahbarligi ostida lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq mustaqil ravishda buxgalterlar tomonidan olib boriladi.
Buxgalteriya bo‘limining vazifalari:
• O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga asosan buxgalteriya hisobini tashkil qilishni ta’minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishni nazorat qilish;
• Professor-o’qituvchi va xodimlar oylik ish haqlarini, talabalar stipendiyalarini o’z vaqtida hisoblashni va ularni tarqatilishini nazorat qilish;
• Hisob varaqalarda aktivlarning holatini va harakatini, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to’g’risidagi to’liq xamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
• Moddiy boyliklar va pul mablag’lari inventarizastiyasini o’z vaqtida o’tkazish;
• Samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
• Moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish;
• Mahalliy va respublika byudjetiga hisoblangan soliqlarni o’z muddatlarida o’tkazish;
• Bankdan olingan pul mablag’larini maqsadli sarflash;
• Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari paydo bo’lishining oldini olish;
• Ish haqi fondini tasdiqlangan shtat jadvallari va shtat formulyarlari asosida to’g’ri sarflanishini nazorat qilish;
• Stipendiya fondini rektor tomonidan chiqarilgan buyruqlar asosida to’g’ri saflanishini nazorat qilish;
• Tovar-moddiy boyliklarni belgilangan qoidalar asosida omborxonaga qabul qilish va chiqim qilishni nazorat qilish;
• Byudjet va byudjetdan tashqari mablag’larni tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida xarajatlar moddalari bo’yicha sarflanishini nazorat qilish;
• Pul mablag’lari, tovar-moddiy boyliklari va asosiy vositalar inventarizastiyasini o’rnatilgan tartib asosida sifatli o’tkazilishini nazorat qilish;
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga, soliq inspekstiyasiga va boshqa tashkilotlarga oylik, choraklik va yillik hisobotlarni o’z muddatlarida topshirilishini nazorat qilish.

Bo`lim manzili: Barkamol avlod ko’chasi 43-uy 1-qavat,

Revkvizitlar
Moliya vazirligi gʻaznachiligi
Hisob raqami: 23402000300100001010
MFO:00014 INN: 201122919
MarkaziybankXKKMToshkent sh.
(TerDU:400910860224017950100079001)
INN: 200473474

Main menu
Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support