Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



Yoshlar ittifoqi

822 Views
 2  

Omonov Navro`z Ashir o`g`li

O`ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI BOSHLANG`ICH TASHKILOTI YETAKCHISI

21.03.1993-yil, Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani

 +998 93 636 05 63

  Qabul kunlari: Har kuni,  soat 14:00 dan 17:00 gacha

  E-mail : omonov_navruz21@mail.ru

  Telegram raqami: +998 93 636 05 63

  Telegram kanali: @TerDU_Yoshlari

 

MEHNAT FAOLIYATI:

2012-2013yy.-     “O’zbekistonpochtasi” OAJ Surxondaryo viloyat Termiz shahar pochta aloqa tarmog’ida ishchi

2013-2013yy.-     ST Termiz shahridagi 1-aloqa bo’limi xabarchi

2013-2014yy.-     “Mikrokreditbank” OATB Surxondaryo viloyat Uchqizil filiali Buxgalteriya hisobi va moliya bo’limi elektron amallarni qayta ishlovchi 1-toifali mutaxassisi

2014-2015yy.-     “Mikrokreditbank”ATB Surxondaryo viloyat Uchqizil filiali  axborot-kommunikatsiya tehnalogiyalari shubasi yetakchi mutaxassisi

2015-2016yy.-     “Inter Servis Termiz” MCHJ direktori

2016 – h.v.- Termiz davlat universiteti matematika ta’limi yo’nalishi talabasi

2017-2018 yy.-    Fizika-matematika fakulteti yoshlar yetakchisi

2018-h.v.-  Termiz davlat universiteti yoshlar yetakchisi

 

O`ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI BOSHLANG`ICH TASHKILOTINING MAQSAD VA VAZIFALARI:

– barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasi va qat’iy e’tiqodiga ega, jamiyat hayotida munosib o‘rin egallash, mamlakatni isloh qilish, yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir talaba yoshlarni shakllantirish, ularning siyosiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va huquqiy ongini yuksaltirish;
– talaba yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash, ro‘y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish;
– talaba yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy kasblarni egallashga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish;
– iste’dodli talaba yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish;
– talaba yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb qilish;
– talaba yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzg‘unchi tashkilotlar ta’siridan, chetdan “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy ta’sir va tahdidlardan asrash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni profilaktika qilish va oldini olishga ko‘maklashish va boshqalar.

 

O`ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI BOSHLANG`ICH TASHKILOTINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

Boshlang`ich tashkilotning huquqlari quyidagilardan iborat:
– jamiyat hayotining turli masalalari bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga takliflar kiritish;
– davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qarorlarini ishlab chiqishda qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda ishtirok etish;
– o‘z faoliyatiga doir ma’lumotlarni tarqatish;
– belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish, noshirlik va matbaa faoliyatlari bilan shug‘ullanish;
– Ustavda ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil qilish;
– o‘z ramziy belgilarini ta’sis etish;
– o‘z faoliyati masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar, majlislar, tadbirlar, anjumanlar, seminarlar va davra suhbatlarini o‘tkazish;
– qonun hujjatlariga binoan respublika hududida o‘zining hududiy tuzilmalarini ochish.
Boshlang`ich tashkilot qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
 Boshlang`ich tashkilotning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
– qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish;
– o‘z mol-mulki va pul mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiqligini ta’minlash;
– nodavlat notijorat tashkilotini ro‘yxatga oluvchi organga o‘zi o‘tkazayotgan tadbirlarda qatnashish imkonini berish;
Boshlang`ich tashkilot zimmasida qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support