Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi

392 Views

1Kafedra mudiri:  texnika fanlari nomzodi dotsent.

Xoliyarov Soatmurod Xolmirzayvich

Telefon:  +998996780409.

KAFEDRA TARIXI

 «Mehnat ta’limi» kafedrasi 1988-yilda  Industrial pedagogika fakulteti tarkibida  «Umumtexnika fanlari va mehnat» nomi bilan tashkil qilingan. 1988 yilning  oktabr oyidan boshlab «Mehnat ta’limini o‘qitish metodikasi» kafedrasi deb yuritilib boshlandi. O‘sha vaqtlarda «Umumtexnika fanlari va mehnat», «Umumtexnika fanlari va fizika», “Umumtexnika fanlari va QXM” yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi va sirtqi bo‘limlarda mutaxassis tayyorlanib kelindi.

Bugungi kunda Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi deb nomlanuvchi kafedra bundan 35 yil ilgari 1983 yil “O‘qitishning texnik vositalari” nomi bilan Fizika-matematika fakulteti qoshida tashkil qilingan.

1987 yil. dotsent Q.Boboqulov ham fakultetning ilmiy-pedagogik salohiyatini yaxshilashga katta hissa qo‘shdi. Ayniqsa, professor-o‘qituvchilar tarkibini yashartirishga alohida e’tibor berdi. O‘sha davrlarda kafedralarga Respublika Oliy o‘quv yurtlarini tugatgan iqtidorli yoshlardan A.To‘raqulov, Sh.Tursunov, Sh. To‘raev, A.Togaymurodov, A. Nisanbaev, P. Alpomishev,  A. Qurbonov, T. Aliboev, T. Aymatov, Ya. To‘laganov, N. Abdullaev,  A. Saidovlar ishga taklif qilindi.

1988-2003 yillarda  dos. B.Insapov rahbarlik qilgan Insapov Bo‘ri Qosimovich 1950 yilda Surxondaryo viloyati Sherabod tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, millati o‘zbek. 1972 yil Toshkent davlat pedagogika instituti Umumtexnika fanlari  va mehnat fani o‘qituvchisi  ixtisosligini tugatgan.

Kafedra rahbar-kadrlarni tayyorlashda a’lohida ahamiyatga ega. Kafedra professor-o‘qituvchilaridan quyidagilar dekan o‘rinbosari, dekan, bo‘lim boshlig‘i, prorektor lavozimlarida

faoliyat ko‘rsatishgan. Jumladan: marhum dotsent B.Insapov

1985 yil “Mehnatni me’yorlash o‘quvchilar ishlab chiqarish brigadasida yoshlarni mehnatga tayyorlash samaradorligini oshirish vositasi sifatida” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyali himoya qildi va pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olishga sazovor bo‘ldi. 1991 yil domla dotsentlik ilmiy unvoniga ham sazovor bo‘ldi. 2001-2003 yillarda Universitet ichki monitoring bo‘limi boshlig‘i, 2003-2009 yillar Pedagogika fakulteti dekani, 2009-2010 yillar Kasbiy ta’lim fakultet dekani, 2010-2011 yillar Maxsus sirtqi bo‘limi boshlig‘i, 2011-2012 yillar Universitetning Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi.

Ustoz barcha xizmat yumushlari qatorida universitetda sport, madaniy-ma’rifiy tadbirlarning faol qatnashchisi edilar. Kafedra mudiri-yu, dekan, bo‘lim boshlig‘i, prorektor vazifalarini bajarish bilan birga, talabalarning universitet, shahar, viloyat, Respublika birinchiliklarida sport va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirokini ta’minlashda rahbarlik, ya’ni murabbiylik vazifasini o‘tab keldi. Domlaning o‘zi o‘qituvchilar musobaqalarida voleybol, futbol, tenis va arqon tortish kabi sport turlari bo‘yicha ishtirok etib, sovrindor o‘rinni egallab keldilar. Shu vaqtga qadar 1985 yil  pedagogika fanlari  nomzodi, 100 dan ortiq ilmiy maqola tezisilar muallifi.

 2003-2009 yillar p.fn.,dotsent. Dusyarov X.Ch rahbarlik qilgan

 1960 yil 21 fevralda Surxondaryo viloyati Termiz tumanida tug‘ilgan.  Ma’lumoti  oliy, millati o‘zbek. 1984  Termiz davlat pedagogika instituti Umumtexnika fanlari  va  mehnat, fizika  ixtisosligini tugatgan.  1997 yil  pedagogika fanlari  nomzodi.  2000 yil dotsent ilmiy unvonini olgan.  100 yaqin ilmiy maqola tezisilar muallifi. Hozirgi kunga qadar “Umumtexnika fanlari va texnologiya’ kafedra dotsenti.

2009 – 2011 yillarda  p.f.n., dots. B.Imanov rahbarlik qilgan

 Imanov Baxtiyor Berdievich 1957 yil 20- avgustda Surxondaryo viloyati Jarqurg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, millati o‘zbek. 1980 yil Termiz davlat pedagogika instituti Umumtexnika fanlari  va  fizika o‘qituvchisi  ixtisosligini tugatgan.

1999 yil  pedagogika fanlari  nomzodi.  2006 yil dotsent ilmiy unvonini olgan.  100 yaqin ilmiy maqola tezisilar muallifi.Hozitgi kunga universitet qoshidagi “Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi ” boshlig’i lavozimida faoliyat ko’rsatmoqda.

2011-2012 yillarda  dos. Sh.Tursunov  rahbarlik qilgan.

1955 yil 21 aprelda Surxondaryo viloyati Termiz shaxarda tug‘ilgan.  Ma’lumoti  oliy, millati o‘zbek. 1976 Termiz davlat pedagogika instituti Fizika- matematika fakulteti  Fizika  ixtisosligini tugatgan. 1994 yil qishlok xujaligi fanlari nomzodi. 50 ga yaqin ilmiy maqola tezisilar muallifi. 2003 yildan, hozirgi kunga qadar  kafedra katta o’qituvchisi.

2012-2018 yillarda  p.f.n., dots.  M.Shomirzaev rahbarlik qilgan

 1966 yil 20 yanvarda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tug‘ilgan.  Ma’lumoti  oliy, millati o‘zbek. 1991 Termiz davlat pedagogika instituti Umumtexnika fanlari  qishlok xujaligini mexanizatsiyalash  ixtisosligini tugatgan.  2003 yil  pedagogika fanlari  nomzodi. 2004 yil dotsent ilmiy unvonini olgan. 1 ixtiro va 100 yaqin ilmiy maqola tezisilar muallifi. 2008 yildan buyon kafedra dotsenti. Hozirgi kunga qadar  kafedra datsenti.

2018-yil 27 avgust oyidan, hozirgi kunga qadar dos. S.Xoliyarov kafedra mudiri lavozimida faoliyat yurutib kelmoqda1979 yilda Toshkent politexnika institutining muxandis mashinasozlik ixtsisosligini tugatgan, 1987 yilda «Texnologik struktura-larni loyixalash jarayon-larini algoritmlash va boshqarish» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilgan. 1988-1991 yillarda Termiz davlat pedagogika institutida katta o‘qituvchi, dekan o‘rinbosari va kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 1991-1996 yillarda  Toshkent elektrotexnika aloqa insitutining

Termiz filiali direktori bulgan. 1996-2001 yillarda Termiz davlat

pedagogika institutining  industrial pedgogika fakulteti dekani 2001

-2005 yillarda Termiz davlat universiteti Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 2005-2010 yillarda muxandis texnika fakulteti dekani  lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Xoliyorov Soatmurod salmoqli ilmiy natijalar muallifi, 20 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, bundan tashqari 30 dan ortiq o‘quv uslubiy ishlarni chop etgan.

Familiyasi, ismi va otasining ismi Lavozimi Dars beradigan fanlari
1.  3 Xoliyarov Soatmurod Xolmirzayevich kafedra mudiri Texnik mexanika

Mexanika-3

2.  4 Shomirzayev  Maxmatmurod  Xurramovich kafedra dotsenti Kasb ta’limi metodikasi

Texnologiya va dizayn

3.  5 Dusyarov Xudoymurot Chorshanbiyevich kafedra dotsenti Materialshunoslik

Kamyob va nodir metallar texnologiyasida materialshunoslik

4.  6 Tursunov Shokir  Choriyevich katta o‘qituvchi Mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi
Hayot faoliyati xavfsizligi
5.  7 Karimov Rustam Ro‘zimaxmatovich kafedra dotsenti Materiallar qarshiligi
6.  8 Umirov Abdug‘appor To‘rayevich katta o‘qituvchi Metrologiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari

Materiallarni kesib ishlash, asboblar va stanoklar

7.  9 Qurbonov Abdumalik  Jo‘rayevich katta o‘qituvchi Chizma geometriya va muhandislik grafikasi
8.  10 Muqimova Feruza Xudoyqulovna katta o‘qituvchi Servis xizmati
9.  11 Xaydarov Ramazon Mamayusupovich o‘qituvchi Texnologiya ta’lim

praktikumi

10.  666 Bo‘tayarov Abduqodir To‘xtayevich o‘qituvchi Qurulishda metrologiya va standartlashtirish

 

Mexanika-3

11.  12 Qodirov Baxtiyor Eshmurzayevich o‘qituvchi Texnologiya va dizayn

 

To’garak ishlarini tashkil etish metodikasi

12.  13 Karimov Haitoli Xursanovich o‘qituvchi Ekalogiya va hayotiy faoliyat xavfsizligi

KAFEDRADA BAKALAVRIYAT 5112100-MEHNAT TA’LIM

YO’NALISHI BO’YICHA  O’TILADIGAN FANLAR.

  • Texnik mexanika
  • Texnologiya ta’limi praktikumi
  • Chizma geometriya va muxandislik grafikasi
  • Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish
  • Xalq xunarmandchiligi.
  • Materiallarni kesib ishlash, asboblar va stanoklar.
  • Texnologiya va dizayn.
  • Mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va robototexnika asoslari.
  • Kamyob va nodir metallar texnologiyasida materialshunoslik.
  • Servis xizmati.
  • Amaliy mashg‘ulotlarini bajarishda texnik o‘lchov vositalaridan foydalanish metodlari.
  • To‘garak ishlarini tashkil etish metodikasi.
  • Materialshunoslik va konstruksion materiallar

Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi  5112100 – Mehnat ta’limi  yo‘nalishining umumiy tavsifi      

1.1 Yo‘nalish O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim Davlat ta’lim standartlari, Oliy ta’lim Davlat ta’lim standarti, Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatoriga kiritilgan.

1.2. Ta’limning kunduzgi o‘qish shakli me’yoriy muddati – 4 yil. Akademik  darajasi – «Bakalavr».

1.3. Bakalavr:

  • ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli shaxslar egallashi lozim bo‘lgan lavozimlarda mustaqil ishlash;
  • ta’lim yo‘nalishi hamda turdosh ta’lim yo‘nalishlarining tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ta’limni davom ettirish;
  • kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida qo‘shimcha kasbiy ta’lim olishga tayyorlangan bo‘lishi shart.

1.4. 5112100 – Mehnat ta’limi  ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrning kasbiy faoliyat doirasi va ob’ektlari tavsifi                                                                                                              

1.4.1. Yo‘nalishning ta’lim sohasidagi o‘rni

5112100 – Mehnat ta’limi yo‘nalishi umumta’lim maktablaridagi mehnat ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash uchun foydalaniladigan pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metod va texnologiyalar majmuini o‘z ichiga olgan ta’lim sohasidagi yo‘nalish.

1.4.2. Kasbiy faoliyat ob’ektlari

5112100 – Mehnat ta’limi ta’lim yo‘nalishida bakalavr kasbiy faoliyati ob’ektlari: umumta’lim maktablaridagi o‘quvchilar, o‘quv-tarbiya jarayoni, pedagogik texnologiyalari va ta’lim metodlari.

1.4.3. Kasbiy faoliyat turlari.

5112100 – Mehnat ta’limi ta’lim yo‘nalishida bakalavr o‘z fundamental, umumkasbiy va  maxsus  tayyorgarligiga muvofiq quyidagi kasbiy faoliyat turlarini bajarishi mumkin:

 o‘qituvchilik: umumta’lim maktablari mehnat ta’lim o‘qituvchisi, kasb-hunar kollejlari maxsus fan o‘qituvchisi;

  tarbiyachilik: maktabdan tashqari muassasalarda faoliyat;

 o‘quv-metodik: ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bo‘lib ishlash;

 ilmiy-tadqiqot: o‘quv jarayoni bilan bog‘liq jarayonni o‘rganuvchi ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashish.

1.4.4. Kasbiy moslashuvchanlik imkoniyatlari.

5112100 – Mehnat ta’limi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr quyidagi kasbga oid faoliyat turlariga moslashuvi mumkin:

 umumta’lim maktablaridachizmachilik fanidan o‘qituvchi;

 ishlab chiqarishni boshqarish.

1.5. Ta’limni davom ettirish imkoniyatlari

5112100 – Mehnat ta’limi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr quyidagi:

5A140901 – Kasb ta’limi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)

5A142001 – Mehnat ta’limi metodikasi

5A140801 – Pedagogika

5A140802 – Psixologiya

5A140803 – Ta’lim tizimi menejmenti mutaxassisliklari hamda ta’limning vakolatli organi tomonidan aniqlanadigan turdosh yo‘nalishlar mutaxassisliklari bo‘yicha ikki yildan kam bo‘lmagan muddatda magistraturada o‘qishni davom ettirish mumkin.

Umumtexnika fanlari vatexnologiya kafedrasi quyidagi yo‘nalishlarda

ilmiy izlanishlar olib boradi:

  • mehnat ta’limi jarayonida yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalarini qo‘llash;
  • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida raqobatbardosh yuqori samarador texnologiyalar va
  • texnik vositalar yaratish;
  • ta’lim jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash;

Kafedrada “Ustoz-shogird” tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Kafedra o‘qituvchilaridan B.Insapov, B.Imanov, X.Dusyarov, X.Berdieva, N.Otaev, A.A.To‘raqulov va M.Shomirzaevlar pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olishib kafedraning ilmiy-pedagogik saloxiyatini yuksaltirishda o‘zlarining xissalarini qo‘shishgan bo‘lsa, Q.Boboqulov, R.Qalandarov, S.Xoliyorov, R.Karimov, Sh.Tursunov, U.Eshqoraev, F.Qarshievlar   texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olishib kafedraning ilmiy-texnik soxalarda nafaqat viloyat balki, Respublika miqyosida tanilishiga sababchi bo‘lishdi.

Kafedrada faoliyat yuritayotgan professor – o‘qituvchilar  Respublikamizdagi ko‘plab OO‘Yu, ITI lar  bilan bir qatorda Rossiya, Janubiy Koreya, Xitoy  Respublikalarining nufuzli  oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tekshirish institutlarida malaka oshirishda bo‘lgan.

Kafedra o‘qituvchilaridan ikkitasi Xitoy qishloq xo‘jaligi Fanlar Akademiyasi tomonidan e’lon qilingan tanlov asosida Pekin shaxrida malaka oshirishda bo‘lishgan. Kafedra 2013-2015 yillarda Innovatsion loyixalar doirasida kiymati 50 000 000 sumlik grant loyixasini bajargan. Loyixa raxbari t.f.n. F.U.Qarshiev xisoblanadi. 2015-2017 yillarda esa dotsent U.Ch.Eshkoraev raxbarligida qiymati 90 000 000 sumlik Innovatsion grant loyixasi bajarildi.

Kafedra professor-o‘qituvchilaridan dos.S.Xoliyorov «Mexanizm va mashinalar nazariyasi», «Mashina detallari», o‘qituvchi A.Umirov «Xalq hunarmandchiligi»,  o‘qituvchi E.Qodirov «Texnik ijodkorlik va dizayn» fanlaridan uslubiy ko‘rsatmalar va  o‘q. E. Qodirov “O‘quvchilarda xalq hunarmandchiligi kasblariga fanlararo qiziqishini shakllantirish”  o‘q.F. Muqimovaning “Milliy g‘urur-ma’naviy komillik mezoni” mavzusidagi tayyorlangan uslubiy qo‘llanmalari nashr etildi va ular fakultet ilmiy kengashida hamda universitet o‘quv-metodik boshqarmasi yig‘ilishida tasdiqlangan.

Jumladan, texnika fanlari nomzodi F.U.Qarshiyev 2007 yilda 05.20.01 – Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash ixtisosligi bo‘yicha “Kichik o‘lchamli dag‘al xashak yanchish mashinasi ishchi organlari o‘lchamlarini asoslash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.2007-2009 yillarda universitet ma’naviyat bo‘limi boshlig‘i, 2009-2010 yillarda kasbiy ta’lim dekani, 2009-2016 yillarda texnika fakul’teti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, 2016-2018 yillarda Texnika fakulteti dekani lavozimlarida ishlagan. Hozirgi vaqtda “Arxitektura va qurulishi” fakulteti dekani lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

2001 yilda Xitoy xalq Respublikasi Fanlar Akademiyasida malaka oshirishda bo‘ldi. 2009 yil 30 aprel’-2 may kunlari Toshkent shahrida Respublika 2-innovatsion yarmarkada ishtirok etib, fermer xo‘jaliklarida dag‘al xashaklarni maydalovchi mashinani ishlab chiqarish bo‘yicha 9 000 000 (to‘qqiz million) so‘mlik shartnoma imzolangan.

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYaLASh VA

ELEKTRLASHTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI (O‘zMEI)

INNOVATSION ISHLANMA

KICHIK HAJMLI G‘ALLAYANCHGICH

Mavzuning dolzarbligi:

  • Aholi daromadi va turmush darajasini o‘stirishni, aholini ish bilan ta’minlash hamda mahsulot yetishtirish hajmining ko‘payishi.

 Ishning maqsadi:

  • Fermer, dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarining kichik paykallarida g‘allani yanchib olishda qo‘llaniladigan g‘allayanchgich ishchi organlarining parametrlari va rejimlarini asoslash yo‘li bilan unda donlarni somondan ajratish sifatini oshirish.

 Qo‘llanilish sohasi:

  • Kichik paykalli fermer, dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda g‘allani yanchib donini ajratib olish maqsadida foydalanish.

G‘ALLAYANCHGICHNING TEXNIK TAVSIFIСнимок

G‘ALLAYANCHGICHNING PARAMETRLARI VA ISH REJIMLARI

O‘lchamlarning nomi O‘lchov birligi Qiymati
1 Uzatish novining eni mm 300
2 Baraban va rotor uzunligi mm 850
3 Baraban diametri mm 490
4 Barabanning aylanishlari soni mm-1 720
5 Savag‘ichlar qatori 4
6 Rotor diametri mm 500
7 Rotorning aylanishlari soni min-1 650
8 Ajratkich barmoq uzunligi sm 10
9 Ajratkich barmoqlar soni dona 48
10 Ventilatorning aylanishlar soni min-1 800-900
11 Elak jalyuzasining ochiqlik burchagi gradus 30-35
12 Elakning tebranishlari soni min-1 140

Yangiligi va afzalliklari:

  • G‘allayanchgich O‘zbekiston Respublikasining №00121 (UZ), №00126 (UZ), va №05072 (UZ) patentlari bilan himoya qilingan;
  • Hozirgi mavjud mashinalardan farqli ravishda g‘allayanchgichda donli massa yanchish apparatiga ko‘ndalang uzatilishi va uning ichida yon tomonga harakatlanishi hisobiga tangensial holatda harakat qiladi.

       Mualiflar: t.f.n., k.i.x.K.D.Astanaqulov, A.T.Umirov, A.J.Qurbonov

            Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, F.Xo‘jaev ko‘chasi, 43, TermDU.

Tel.: (90) 2457307 E-mail: Kurbonov. abdumalik@mail.ru

Kafedra professor–o‘qituvchilari  tomonidan o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalar, maqola va tezislar chop  qilib kelmoqdalar.

Kafedra olimlarining ilmiy maqolalari Rossiya, Ukraina kabi davlatlarning bir qator nufuzli  jurnallarida nashr qilishmoqdalar.Снимок

Kafedra tomonidan tayyorlangan  mutaxassislar viloyatimiz turli jabxalarida pedagog bo‘lishi bilan  bir qatorda ta’limning boshqaruv soxalarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Jumladan kafedaraga qarashli ta’lim yo’nalishini bitirgan mutaxassislardan 2 nafari fan doktori, 10 nafardan oshig‘i fan nomzodi va dotsentlardir.

Kafedrada  5112100-mehnat ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha  kunduzgi bo‘lim talabalari tahsil olishmoqda. 2021-2022 o‘quv yilida kunduzgi bo‘limni  65 nafar talaba bitirishi ko‘zda tutilgan.

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support