Tarix fakulteti

1,470 Views

1NORLIEV RUSTAM IBRAGIMOVICH
Fakultet dekani. Falsafa fanlari nomzodi.

 Telefon: +998(91)5772358
E-pochta:
Qabul kunlari: Har kuni

 

 

 

 

Fakultet dekani biografiyasi:

  • 1993-2004 yy.- Termiz davlat universiteti  Falsafa  kafedrasi o‘qituvchisi
  • 2004-2005 yy.- Termiz davlat universiteti  Falsafa  kafedrasi katta o‘qituvchisi
  • 2005-2012 yy.- Termiz davlat universiteti  Ma’naviyat asoslari va xuquq ta’limi  kafedrasi  katta o‘qituvchisi
  • 2012-2012 yy.- Termiz davlat universiteti  Ma’naviyat asoslari va xuquq ta’limi  kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi
  • 2012 y. – h.v. – Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti dekani

 

2 IKROMOV NOZIM MUZROPOVICH
O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Telefon: +998936350216
EPochta:
3 BURANOV ABDULXAKIM XOLLIEVICH
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Telefon
EPochta:

Universitetda ko‘p yillardan  buyon  malakali tarix mutaxassislari tayyorlanmoqda. 1967—1968 o‘quv yilidan boshlab tarix-geografiya bo‘limi tashkil etilib, talabalar soni 50 nafar bo‘lgan.  1977—1978 o‘quv yilida talabalarning soni orta borishi munosabati  bilan Termiz Davlat pedagogika instituti rektorining maxsus buyrug‘i  bilan tarix va xorijiy tillar fakulteti ta’sis qilindi.  1977—1982 yillarida fakultet dekani etib tajribali pedagog, dotsent B.Jabborov faoliyat ko‘rsatdi. Zikr qilingan o‘quv yillarida fakultet har  tomonlama   rivojlandi,   o‘quv, tarbiyaviy ishlar sohasida amaliy yutuqlar qo‘lga kiritildi. Ushbu yutuqlarni ta’minlashda fakultet jonkuyar o‘qituvchilaridan professor 3.Mirzaev, CH.Jumaev (marhum-), K. Avliyoqulov, X.Qichkilov, X.Egamberdiev(marhum), X.Xudayberdiev va  boshqalar ko‘plarga namuna bo‘lib, fan sirlarini yoshlarga o‘rgatishda tashabbus ko‘rsatdilar.   1982—1992 o‘quv yillarida fakultet dekanligini t.f.n.,dots. K- Avliyoqulov, 1992-2002 o‘quv yilida dots. X.Toshpulatov, 2002-2003 o‘quv yilida dots. A.Isaev (marxum),2003-2004 o‘quv yilida k.o‘qit.  SH.Xudayberdiev, 2004-2009 o‘quv yilida dots. (xozirda tarix fanlari doktori) SH.SHaydullaev, 2009-2011 o‘quv yilida dots.E.Qobilov, 2011-2012 o‘quv yilida dots. N.Mallaevlar bajardi. 2012 yildan  falsafa fanlari nomzodi R.Norliev fakultet dekani lavozimida ishlab kelmoqda. Bu yillar mobaynida fakultet professor-o‘qituvchilari son va sifat jihatidan o‘sdi.  M.Oltinov (1988), 3.Mirzaev (1991), SH.Samadov, E.Bobomurodov, S.Tursunov va SH. SHaydullaevlar fan doktori ilmiy darajasini olish uchun o‘z dissertatsiyalarini himoya qildilar. Dotsentlar J. Omonturdiev, X.Xoliyorov (marxum), B.Tilovov, YU.Valikulov, M.Alikulov, R.Tursunovlarga ko‘p  yillik samarali pedagogik faoliyati va o‘quv qo‘llanmalari  hamda ilmiy  ishlari natijalarini hisobga  olib, Oliy attestatsiya  komissiyasining  qaroriga  binoan professor unvoniga sazovor  bo‘ldi. O‘qituvchilardan J.SHoymurodov, X. Toshpo‘latov, B.Qodirov, A.Isaev(marxum), T.Annaev, E.Qobilov, T.Pardaev. U.Mustafoev, X.Bekmurodov, A.Tuxtaev, Z.Xoliqovlar fan nomzodi degan  ilmiy darajani olishga muvaffaq bo‘lishdi. SHuningdek M.Fayzullaeva, X.Xolmuminov, U.Xudaykulov, R.Norliev, B.Raximov, F.Yormatovlar  fan nomzodi bo‘lib, universitet va fakultet ishlarida o‘zlarining yaxshi pedagog ekanliklari  bilan ko‘plarga namuna bo‘ldilar.

O‘QUV JARAYONI

Tarix fakultetida bugungi kunda 5120300 – (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, fakultetda “O‘zbekiston tarixi” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura ham mavjud.

TO‘GARAKLAR FAOLIYATI

Tarix fakulteti tarkibidagi kafedralarda bugungi kunda “Gumata” info-debat diskussion klubi, “Sharq allomalarining ilmiy merosi” fan to`garagi, “Munozara” ilmiy to`garagi, “Falsafa” fan to‘garagi, “Yosh taixchi” fan to`garagi, “Huquqiy masalalar markazi”, “yosh targ`ibotchi” ilmiy to`garagi, “Innovatsiya” ilmiy to`garaklari tashkil etilgan va ularga malakali professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilmoqdalar. To‘garaklar iqtidorli talabalarni o‘zida birlashtirgan bo‘lib, to‘garak a’zolari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqdalar. To‘garak a’zolarining ilmiy tadqiqot ishlari natijalari universitetning “Termiz universiteti” gazetasida hamda Respublikaning turli xil ilmiy jurnallarida chop etilmoqda. Har yili to‘garak a’zolari orasidan fan olimpiadasi va turli tanlov g‘oliblari yetishib chiqmoqda.

MA`NAVIY-MA`RIFIY ISHLAR

Tarix fakultetidagi barcha guruhlarda muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli kechalar, tanlovlar o‘tkaziladi. Fakultet jamoasi universitet, shahar, viloyat, respublika miqyosidagi ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.01Tarix fakultetida “Tinchlik-bebaho ne`mat” mavzusida o`tkazilgan ijtimoiy-siyosiy tadbirdan lavhalar02Fakultetda xaftaning har payshanba kuni akademik guruh murabbiylari ishtirokida o`tkaziladigan yig`ilishidan lavha.0031-oktabr “O`qituvchi va Murabbiylar” kuni munosabati bilan “Mehr nuri yog`ar doim yuzingizdan ustozlar” mavzusida o`tkazilgan ma`naviy-ma`rifiy  tadbiridan lavha.004Respublika “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi rahbari Dilorom Toshmuhammedova, Viloyat hokimining o`rinbosari Mavluda Qobilova hamda Universitet rektori Abduqodir Hamidovich Toshqulovlar bilan fakultet professor-o`qituvchilarining uchrashuvidan foto lavhalar.005Tarix fakulteti, Tarix ta`lim yo`nalishi 1-kursiga qabul qilingan talabalarning “Talabalikka qabul qilish qasamyodi” tadbiridan foto-lavhalar.006Tarix fakulteti professor-o`qituvchilari va talabalari Viloyat yoshlar markazida bo`lib o`tgan Markaziy Osiyo yoshlarining xalqaro “Do`stlik” forumidan lavha.007Fakultetning professor-o`qituvchilari Sariosiyo tumanidagi 3-sonli umumiy-o`rta ta`lim maktabida amaliyot o`tayotgan talabalar bilan uchrashidan lavhalar.008Tarix fakulteti talabalari Universitet fakultetlari o`rtasida o`tkazilgan sportning “Qo`l to`pi” turi bo`yicha o`tkazilgan musobaqadan lavha.009

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support