Trulli Trulli Trulli

Tabiiy fanlar fakulteti

Tabiiyot fakulteti 1965 yilda tashkil etilgan bo’lib, bu fakultet bazasida 1971 yilda Fizika-matematika, 1988 yilda Pedagogika va psixologiya, 1992 yilda Iqtisodiyot, Ximiya, 1995 yilda Jismoniy madaniyat fakultetlari ajralib chiqdi. 1996 yili Geografiya ta’lim yo’nalishining qayta qo’shilishi tufayli Tabiiyot-geografiya fakulteti deb nomlana boshladi, 2015-yildan Tabiiy fanlar fakulteti deb nomlana boshlandi. Fakultet professor-o’qituvchilaridan:

20 nafar fan nomzodlari, dotsentlar, 6 nafar katta o’qituvchi  va 22 nafar o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda.

Ayni paytda fakultetda 4 ta kafedra, 5 ta ta’lim yo’nalishi 1 ta magistratura mutaxassisligi va 03.00.11 – parazitologiya va gelmintologiya ixtisosligi  bo’yicha doktorantura mavjud bo’lib, ularda: 770 nafar bakalavrlar, 9 nafar magistrlar va 2 nafar doktorantlar tahsil olmoqdalar.

Hozirgi vaqtda fakultetning mazkur kafedralarida fanning turli sohalari, jumladan Zoologiya kafedrasi a’zolari «Janubiy O’zbekiston sharoitida o’simlik va hayvon gelmintlari va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish», Botanika kafedrasida «Janubiy O’zbekistonning dorivor va xomashyobop o’simliklari hamda ulardan oqilona foydalanish», Geografiya kafedrasida «Janubiy O’zbekiston agrosanoat mujmuasini hududiy tashkil etish va rivojlantirish masalalari», ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasida  “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida yangi innovatsion g’oyalar, ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni tadbiq qilish”, “Surxondaryo viloyati sharoitida tuproq unumdorligini oshirish choralari” bo’yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Tabiiy fanlar fakultetiga biologiya fanlar nomzodi dotsent B.Xoliqnazarov rahbarlik qilib kelmoqda.

Tabiiy fanlar fakulteti ma’muriyati

 Tabiiy fanlar fakulteti dekani

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support