TerDUda zukko kitobxonlar aniqlandi.

2020-03-03 487 marta ko'rildi.

Termiz davlat universitetida “Besh tashabbus” doirasida “Zukko kitobxon” tanlovining fakulьtetlar oʼrtasidagi yakuniy bellashuvi boʼlib oʼtdi. Barcha fakulьtetlardan jamoalar ishtirok etgan tanlovda А.Qodiriyning “Oʼtkan kunlar”, Said Аhmadning “Jimjitlik”, А.Muxtorning “Chinor”, M.Muhammadoʼstning “Lolazor” va Oybekning “Qutlugʼ qon” romanlari asosida savol-javob va tafakur baxslari oʼtkazildi. Qiziqarli va yorqin taassurotlarga boy boʼlgan tadbir natijalariga koʼra, Rus filologiyasi fakulьteti jamoasi 17 ball bilan 3-oʼrinni, Tarix fakulьteti jamoasi 19 ball bilan 2-oʼrinni va Oʼzbek filologiyasi fakulьtetining “Kitobsevarlar” jamoasi 20 ball bilan 1-oʼrinni qoʼlga kiritishdi. Tanlov gʼoliblari universitet rektorining 1-2-3-darajali diplom va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlanishdi.