Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



TerDU rektori «Mustaqillik darslarida»

71 Views

Mamlakatimizdagi ta’lim muassasalarida bu yilgi Mustaqillik darslari o’zgacha bo’lib o’tdi. Boisi davlatimiz rahbarining takliflariga ko’ra, senatorlar, deputatlar, hokimlar hududlaridagi umumta’lim muassasalariga borib Mustaqillik darslarida ishtirok etishdi.Huddi shunday, Termiz davlat universiteti rektori, senator Abduqodir Toshqulov ham hamkor tashkilotlarning mutassaddilari bilan birgalikda Termiz shahridagi 18-maktabda tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi.Hayojonga to’la jajji qalblar uchun mehmonlarning ishtiroki olam-olam quvonch bag’ishladi.Tantanali tadbir avvalida 1-sinfga qabul qilingan o’quvchilarga Prezident sovg’alari ulashildi. Tadbirda so’z olganlar mamlakatimizda hukum surayotgan tinchlik osoyishtalik, ta’lim tizimimizdagi islohotlar xususida so’z yuritishdi. Marosim davomida maktab kutubxonasiga kitoblar jamlanmasi ham taqdim qilindi.Shundan so’ng, senator maktabning 11-sinf o’quvchilariga Mustaqillik darsini o’tib berdi.Unda ilm va uning qadri, mashaqqati va sharafi, ustoz va murabbiylikning maqomi, kitobxonlik amaliga oid fikrlar bildirildi.Senator ma’ruzasi davomida o’quvchilarga yurtimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan ijobiy harakatlar, yoshlar ta’lim-tarbiyasi va ma’naviyatining yuksalishida Harakatlar strategiyasi hamda beshta tashabbusning o’rni va ahamiyati xususida aniq misollar asosida ma’lumotlar berib o’tdi.

Savol-javob asosida o’tgan dars o’quvchi yoshlar uchun esda qolarli lahzalarga boy bo’ldi.

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support