❗️Horijdagi oliygohlarda sirtqi yoki masofaviy ta’lim olishni reja qilayotganlar diqqatiga!

O’zbekistonda xorijiy OTM tomonidan berilgan masofadan o’qitilgan va 3 yillik sirtqi ta’lim diplomlari tan olinmaydi.

 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

 

Batafsil

2020-07-09



RASMAN:

Milliy sertifikatga davogar abituriyentlarning 10-11-iyuldagi imtihonlari 9-iyulga ko‘chirildi

Chet tilini bilish va egallash darajasiniz aniqlash test sinovlarining gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 9-10-11 iyul kunlari bo‘lib o‘tishi eʼlon qilingan edi.


O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining axboroti eʼlon qilinganligi va 10-iyuldan karantin cheklovlari joriy etilayotganligi munosabati bilan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlarining 10-11-iyul kunlari o‘tkazilishi belgilangan gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 9-iyul kuniga ko‘chirildi.


Talabgorlar imtihon joyi, kuni va vaqtini Davlat test markazining rasmiy veb-saytidan shaxsiy kabineti  orqali bilib olishlari mumkin.


Barchangizga omad tilaymiz!!!


Batafsil maʼlumot

2020-07-09



Imtihon onlayn boʻladimi ? DTM javob berdi!

Bugungi brifingda Tibbiyot fanlari doktori, professor, koronavirusga qarshi kurash shtab a’zosi Habibullo Oqilov aytgan gaplarga  DTM rasmiy bayonot berdi  yaʼni imtihon onlayn boʻlmasligini bu masalani O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi hal qilishini va kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi o‘zgarmaganligini taʼkidladi!

P.S: Ertaga Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi hamda Davlat test markazi mas'ullari bilan birgalikda brifing bo'lib o'tishi kerak. Unda, qabul - 2020 hamda kirish imtihonlariga oid masalalarda axborot beriladi. Balkim mana shu brifingda masʼullardan toʻliq javob olarmiz. Hozircha xulosa qilishga shoshilmang, sabr qiling!


Batafsil maʼlumot

2020-07-09



Qaysi taʼlim yoʻnalishlarida 3 yil oʻqish belgilangan?

Respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriati bo‘yicha ayrim ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish muddati 3 yil etib belgilangan. Quyidagi ro‘yxat bilan tanishing: 


- “Maktabgacha ta’lim” ta’lim yo‘nalishi - 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyundagi PQ-3769-son qaroriga muvofiq);


- “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi - 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-iyundagi PQ-4749-son qaroriga muvofiq);


- “Musiqa ta’limi”; “Jismoniy madaniyat”; “Texnologik ta’lim”; “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim”; “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi”; “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport”  ta’lim yo‘nalishlari- 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 fevraldagi PQ-4623-son qaroriga muvofiq).


Batafsil maʼlumot

2020-07-09



Yangi professional ta’lim tizimi – shaxs, jamiyat va iqtisodiyot manfaatlari integratsiyasi

Batafsil

2020-07-08



Milliy rassomlik va dizayn institutining 2020-2021 o’quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihonlar o’tkazish reja-grafigi

Batafsil

2020-07-04



DIQQAT, E’LON!

MAGISTRATURAGA O’QISHGA KIRISH UCHUN HUJJATLARINI RO’YXATDAN O’TKAZUVCHILAR DIQQATIGA!

 

Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazish jarayoni 2020 yil 1 iyuldan boshlab, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshirilmoqda.

 

Mazkur hujjat topshirish jarayonida TEST SINOVLARI topshiriladigan HUDUD belgilanishi lozim.

 

‼️ Hozirgi koronavirus pandemiyasi sharoitida respublika hududlarini “sariq” va “qizil” hududlarga o’zgarish ehtimolligi saqlanib qolmoqda. Shu bois, talabgorlar TEST SINOVLARI topshiriladigan hudud sifatida O’ZI bugungi kunda YASHAB TURGAN hududni belgilashi TAVSIYA ETILADI. 

 

Shundagina vaqtni ortiqcha sarflash cheklanadi va masofani bosib o’tishga ehtiyoj yuzaga kelmaydi.

 

️ Veb-saytga bu yerdan o’tish mumkin:   magistr.edu.uz 

 

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish

2020-07-03



Chin yetimlar uchun 1% qo’shimcha kvota ajratilar ekan. Kimlar chin yetimlar toifasiga kiradi?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiklangan "Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o’qishga qabul qilish tartibi to’g’risida"gi Nizomga muvofiq to’liq davlat ta’minotidagi chin yetim bolalar toifasiga otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki sud qaroriga binoan vafot etgan, deb e’lon qilingan, 18 yoshga to’lmagan, «Mehribonlik» uyi va Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari kirishi belgilangan.

Batafsil


2020-07-03



Nogironligi bo’lgan shaxslarning ota-onalarini o’qishga qabul qilishda imtiyozlar bomi?

Javob: Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018 yil 2 iyundagi 417-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq nogironligi bo’lgan shaxslar uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining umumiy qabul parametrlariga nisbatan ikki foizli qo’shimcha (alohida) davlat granti kvotalari ajratiladi.

 

Qarorda nogironligi bo’lgan farzandlari bor ota-onalar uchun imtiyoz nazarda tutilmagan.

 

Safimizga qo’shiling:

@davlattestmarkazi

2020-07-03



Test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o’tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo’nalishlari ro’yxati

Batafsil

2020-06-30



Javoblar varaqasi bo‘yicha qo‘llanma (video)


2020-06-21



Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha batafsil videoqo‘llanma (rus tilida)


2020-06-23



my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ro’yxatdan o’tish bo’yicha videoqo’llanma


2020-06-29



Javoblar varaqasi bo‘yicha qo‘llanma (rus tilida)


2020-06-29



Abituriyentlar uchun yo‘riqnoma (rus tilida)


2020-06-29



2020/2021 o’quv yilida Termiz davlat universiteti akademik litseyiga umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini qabul qilish kvotasi

Batafsil:

2020-06-29



2020 yil 5 iyuldan 20 iyulga qadar kasb-hunar maktablariga hujjatlar qabul qilinadi

Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 1-son bayoni bilan, respublikadagi kasb-hunar maktablariga hujjatlarni qabul qilish muddati belgilandi.

 

Unga ko’ra, 2020 yil 5 iyuldan 20 iyulga qadar kasb-hunar maktablariga joriy yil  9-sinf bitiruvchilarining hujjatlarini onlayn qabul qilish jarayoni (ariza, shahodatnoma va 3×4 fotosurat) tashkil qilinadi.

 

Ma’lumot uchun, kasb-hunar maktablarida  9-sinf bitiruvchilariga 2 yillik umumta’lim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida kunduzgi ta’lim beriladi. 

 

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish:


2020-06-29



Qabul-2020 Xotin-qizlar uchun grantlar:

Batafsil:

2020-06-29



Qabul-2020 Xotin-qizlar uchun grantlar: asosiy ma’lumotlar

Batafsil:

2020-06-29



OTMlarga qabulda 7 toifadagi xotin-qizlarga 940ta imtiyozli grant kvota ajratildi

Batafsil

OTMlarga qabulda 7 toifadagi xotin-qizlarga 940ta imtiyozli grant kvota ajratildi


Ushbu kvota doirasida byudjetda o’qishni istagan xotin-qizlar 10 iyulgacha tavsiyanoma olishlari lozim.

 

❗️ Tavsiyanoma uchun taqdim etiladigan hujjatlar orasida maktab, kollej yoki litseyning diplom yoki shahodatnomalari emas, shu muassasalardan ma’lumotnoma olib kelish so’ralmoqda.

 

Qabul-2020: Batafsil


2020-06-29



O’qishni ko’chirish (perevod) masalasida

O’qishni ko’chirish (perevod) masalasida

 

Talabalardan har kuni o’qishni ko’chirishga oid juda ko’p savollar kelib tushadi, shu sababli mazkur mavzuga oid muhim ma’lumotlarni to’plashga harakat qildim.

 

Bir ta’lim shaklidan boshqasiga o’qishni ko’chirsa bo’ladimi?

 

Ha, bir ta’lim shaklidan boshqasiga o’qishni ko’chirish mumkin, lekin barcha hollarda ham emas. Quyida birma-bir ko’rib chiqamiz.

 

Kunduzgi ta’limdan quyidagilarga ko’chirish ruxsat etiladi: 

• kunduzgi; 

• sirtqi; 

• kechki (smenali).

 

❌ Kunduzgi ta’limdan maxsus sirtqiga ko’chirib bo’lmaydi.

Sirtqi ta’limdan ruxsat etiladi: 

• sirtqi (faqat bir ta’lim sohasi doirasida); 

• kechki (smenali).

Sirtqi ta’limdan kunduzgi hamda maxsus sirtqi ta’limga ko’chirib bo’lmaydi.

Kechki ta’limdan ruxsat etiladi: 

• kechki ta’lim (faqat bir ta’lim sohasi doirasida);

• kunduzgi.

Kechki ta’limdan sirtqi hamda maxsus sirtqi ta’limga ko’chirib bo’lmaydi.

Maxsus sirtqi ta’limdan boshqa ta’lim shakliga ko’chirib bo’lmaydi, o’z navbatida boshqa ta’lim shakllaridan maxsus sirtqiga ko’chirish talabi ham rad etish uchun asos bo’ladi. Faqat maxsus sirtqida bir ta’lim sohasi doirasidagina ko’chirishga ruxsat etiladi.

Shuningdek, maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo’nalishi yoki ta’lim shakliga, boshqa OTMga ko’chira olmaydi. 

 

O’qishni ko’chirish bo’yicha muddatlar

 

O’qishini ko’chirish va qayta tiklash quyidagi 9 ta bosqichda amalga oshiriladi. Bular quyidagilar:

Kuzgi semestr bo’yicha

 

1️⃣-bosqich: 15 iyungacha

Hududlarda Ishchi guruh tashkil etiladi.

 

2️⃣: 15 iyuldan 5 avgustgacha

Talabalardan arizalar qabul qilish. Joriy yilda arizalar edu.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi.

3️⃣: 5 avgustdan 30 avgustgacha

Arizalar yuzasidan qaror qabul qilinadi va fuqaroga javob xati yo’llanadi.

 

4️⃣: 2 sentyabrdan 10 sentyabrgacha

Ko’chirish (qayta tiklash) masalasi ijobiy hal etilgan taqdirda, OTM rektorining buyrug’i bilan talaba darslarga qo’yiladi hamda ushbu talaba ilgari ta’lim olgan OTMga uning shaxsiy yig’ma jildini jo’natish uchun so’rovnoma yuboriladi.

 

5️⃣: 1 oktyabrgacha

Kontraktdagilar to’lovni o’z vaqtida amalga oshirganidan keyin talabalar safiga qabul qilish to’g’risidagi buyruq chiqariladi.

 

Bahorgi semestr bo’yicha

 

6️⃣: 15 yanvardan 25 yanvargacha

Talabalardan arizalar qabul qilish

 

7️⃣: 25 yanvardan 15 fevralgacha

Arizalar yuzasidan qaror qabul qilinadi va fuqaroga javob xati yo’llanadi.

 

8️⃣: 15 fevraldan 25 fevralgacha

Uzrli sabablar bilan bahorgi semestrda ko’chirish masalasi ijobiy hal etilgan taqdirda, OTM rektorining buyrug’i bilan talaba darslarga qo’yiladi hamda ushbu talaba ilgari ta’lim olgan OTMga uning shaxsiy yig’ma jildini jo’natish uchun so’rovnoma yuboriladi.

 

9️⃣: 1 martgacha

Kontraktdagilar to’lovni o’z vaqtida amalga oshirganidan keyin talabalar safiga qabul qilish to’g’risidagi buyruq chiqariladi.

2020-06-29



3 KUN QOLDI: Magistraturaga qabul 1-iyuldan e’tiboran onlayn tarzda boshlanadi

Magistraturaga qabul haqida ba’zi ma’lumotlarni eslatib o’tamiz:

 

Hujjatlar magistr.edu.uz portali orqali faqat onlayn qabul qilinadi, abiturientlar hujjat topshirish uchun OTMga kelmaydi;

 

Magistraturada abiturientlarga 5 ta mutaxassislik yo’nalishini tanlash imkoniyati berilmaydi. Faqat bitta yo’nalish tanlanadi;

 

Kirish imtihonlari mutaxassislik hamda chet tili fanidan bo’ladi. Boshqa fanlardan bo’lmaydi;

Magistratura imtihonlarida maksimal to’plash mumkin bo’lgan ball - 250 ballni tashkil etadi.

Diplom bali - 100 ball;

Mutahassislik test bali - 100 ball;

Chet tili test bali - 50 ball.

Chop etilgan maqolalar uchun kirish imtihonlarida ball berilmaydi;

 

 Hujjatlar qabul qilish 1 oy davom etadi, ya’ni 1 iyuldan boshlanib, 30 iyulgacha davom etadi;

 Imtihonlar 3-15 avgust kunlari o’tkaziladi.

 

Hozircha shular. Magistratura  qabul kvotalarini yuklab oling!

Safimizga qo’shiling:

2020-06-28



OTMlarga qabul qilish jarayoni bilan bog’liq savollaringiz bormi? Quyidagi raqamlarga murojaat qiling:

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi - +998712463857 (Call-markaz),   +998712461081

Davlat test markazi - 1195 (Call-markaz),

+998712351914 | +998951991914

Oliy ta’lim muassasalari qo‘ng‘iroqlar markazlari raqamlari 

Batafsil maʼlumot

2020-06-28



Xotin-qizlar 4%lik grantga tavsiyanoma olish uchun nima qilish kerak?

Ko’pchilik savol bilan murojaat qilib, xotin-qizlarning alohida toifalari uchun ajratiladigan davlat granti bo’yicha kvotalarga tavsiyanomalarni qanday olish mumkinligini so’rashmoqda.

 

Buning javobi quyidagicha:

 

Tavsiyanoma olmoqchi bo’lgan xotin-qizlar Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligining tuman/shahar bo’limlariga murojaat qilishlari kerak;

 

Talabgorlar quyidagi hujjatlarni topshirishi lozim:

 

1) tuman/shahar hokimi o’rinbosari nomiga ariza;

2) belgilangan talablardan biriga to’g’ri kelishini tasdiqlovchi hujjatlar (ilovasi bilan);

3) ma’lumotnoma, ob’ektivka;

4) umumta’lim maktabi yoki o’rta maxsus kasb-hunar muassasasidan ma’lumotnoma;

5) pasport yoki tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma nusxasi.

 

Hujjatlar 10 iyulgacha qabul qilinadi;

 

Tuman bo’limlarida tashkil etilgan ishchi guruh talabgor qizlarning hujjatlarini viloyat boshqarmalariga 8 iyulga qadar taqdim etadi;

 

 Viloyat boshqarmalari tomonidan esa hujjatlar ko’rib chiqilib, 10 iyulga qadar vazirlikka yuboradi;

 

 Xotin-qizlarga tavsiyanomalar 15 iyulga qadar beriladi;

 

 Tavsiyanomalar berilgan xotin-qizlar haqidagi ma’lumotlar 20 iyulga qadar DTM bazasiga kiritiladi.

 

 Tavsiyanoma quyidagi toifalarga beriladi:

 

➖ kam ta’minlangan oiladan chiqqan xotin-qizlar;

➖ ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlar;

➖ 14 yoshgacha bo’lgan 2 va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolg’iz ayol (erkak)larning qizlari;

➖ shaxsiy uy-joyga ega bo’lmagan, ijarada yashayotgan oilalar;

➖ ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo’lgan va ish qidiruvchi shaxs sifatida aholi bandligiga ko’maklashish markazlarida hisobda turganlar;

➖ nogironligi bo’lgan farzandi bor oilalardan chiqqan xotin-qizlar;

➖ oliy ma’lumotli xotin-qizlar bilan qamrab olish darajasi respublikaning o’rtacha ko’rsatkichlaridan ikki yoki undan ortiq marotaba past bo’lgan tumanlar, shuningdek, olis va borish qiyin bo’lgan hududlarda yashovchi oilalardagi qiz farzandlar (ularni o’z hududida 3 yil ishlash sharti bilan).

2020-06-27



Maqsadli qabul nima ?

Batafsil

- Maqsadli qabulni tanlamagan abituriyentga mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha faqat umumiy tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.

- Maqsadli qabulni tanlagan abituriyentga esa mazkur taʼlim yo‘nalishida umumiy tanlovda ham ishtirok etish huquqi beriladi.

Batafsil ma’lumot yuqorida rasmda keltirilgan.

Batafsil maʼlumot

2020-06-27



Qabul-2020:▶️ 200 mingga yaqin abiturient ro’yxatdan o’tdi

2020 yil 26 iyun soat 18:00 holatiga respublika bo’yicha jami 197 975 nafar (joriy yilgi bitiruvchilar  118 533 nafar) abiturient ro’yxatdan o’tdi.

 

Shundan, ta’lim shakli bo’yicha:

 

▪️ kunduzgi – 134 850 nafar;

▪️ sirtqi – 60 226 nafar;

▪️ kechki –  2 898 nafar.

 

Hududlar miqyosida:

 

Toshkent shahri – 53 493 nafar;

Samarqand viloyati – 22 856 nafar;

Andijon viloyati – 22 172 nafar;

Surxondaryo viloyati – 13 069 nafar;

Farg’ona viloyati – 12 944 nafar;

Namangan viloyati – 11 677 nafar;

Toshkent viloyati – 10 957 nafar;

Qashqadaryo viloyati – 10 338 nafar;

Jizzax viloyati – 7936 nafar;

Qoraqalpog’iston Respublikasi – 7709 nafar;

Sirdaryo viloyati – 6697 nafar;

Xorazm viloyati – 6313 nafar;

Buxoro viloyati – 6130 nafar;

Navoiy viloyati – 5683 nafar.

 

Tillar kesimida:

 

▪️ o’zbek tilida –172 385 nafar (87,1%)

▪️ rus tilida – 21 089 (10,6 %)

▪️ qoraqalpoq tilida –  3 833 nafar (2,0 %)

▪️ boshqa tillarda – 667 nafar (0.3%).


Eng ko’p abiturient ro’yxatdan o’tgan OTMlar:

 

▪️ Samarqand davlat universiteti – 12 894 nafar;

▪️ Andijon davlat universiteti – 12 584 nafar;

▪️ Termiz davlat universiteti – 8 077 nafar;

▪️Toshkent davlat pedagogika universiteti – 8 043 nafar; 

▪️ Namangan davlat universiteti – 7960 nafar.

 

Eslatib o’tamiz, abiturientlarni ro’yxatdan o’tkazish joriy yilning 20 iyuliga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish

2020-06-27



Joriy yilgi test sinovlarida beshtagacha ta’lim yo’nalishini tanlash imkoniyati mavjud;

5ta yo’nalish degani, 5ta OTM degani emas. Ya’ni abiturient albatta 5ta universitet yoki institutni tanlashi shart emas. Bitta OTMning 5ta yo’nalishini tanlash ham mumkin;

❗️5ta yo’nalish tanlayotganda eng asosiy 2ta shart bor:

1) fanlar ketma-ketligi mos kelishi kerak;

2) ta’lim shakli (kunduzgi, sirtqi, kechki) bir xil bo’lishi kerak.

> fanlar ketma-ketligi mos bo’lsin deganda, 3.1 va 3.2 ball beriladigan 2ta fan to’g’ri ketma-ketlikda joylashishi kerak. Masalan, bitta yo’nalishda fanlar quyidagicha: 

- matematika (3.2 ball;)

- chet tili (3.1 ball).

Ikkinchi yo’nalishda esa boshqacha:

- chet tili (3.2 ball);

- matematika (3.1 ball).

Garchi test olinadigan 2ta fan bir xil bo’lsa ham, lekin ularga beriladigan ballar boshqachaligi sababli abiturient ushbu yo’nalishlarga bir paytda hujjat topshira olmaydi.

‼️ Ta’lim shakli ham albatta mos bo’lishi shart. Ya’ni bir paytning o’zida ham sirtqi, ham kunduzgi ta’limni tanlash mumkin emas. Abiturient 1-yo’nalishga kunduzgi ta’limni tanladimi, demak qolgan 4ta yo’nalish ham albatta kunduzgi bo’lishi shart. Yoki 1-yo’nalishga sirtqini tanlasa, qolgan yo’nalishlar ham sirtqi bo’lishi kerak.

>  Ijodiy (kasbiy) imtihon topshiriladigan yo’nalishlarda faqat bitta yo’nalish tanlash mumkin, 5tagacha yo’nalish tanlab bo’lmaydi. Bu cheklov ham ijodiy, ham test topshiriladigan yo’nalishlarga ham taalluqli;

>  Magistraturada ham faqat 1ta mutaxassislik tanlash mumkin;

> 5ta yo’nalishlarni tanlayotganingizda ahamiyatliroq bo’ling. Chunki tanlangan birinchi yo’nalish ustunlikka ega. Ya’ni sizning birinchi yo’nalishdagi to’plagan ballaringiz kontrakt ballariga to’g’ri kelsayu, qolgan yo’nalishlardagi to’plangan ballar grant ballariga to’g’ri kelsa, siz kontrakt asosida o’qishga qabul qilinasiz.

> https://abitur.dtm.uz/ - 20 iyundan boshlab, shu saytga kirilsa, qaysi fanlar majmuasi bo’yicha qaysi yo’nalishlarga hujjat topshirish mumkinligini ko’rsa bo’ladi.

Manba: xushnudbek

2020-06-27



MAQSADLI QABUL: Xalq ta`limi sohasidagi oliygohlarning bakalavriat kunduzgi ta’lim shakli bo’yicha davlat grantlarining taqsimoti

Aynan ushbu faylda qaysi viloyat va tumanlarga necha nafar grant o’rinlari ajratilganligi belgilangan. Batafsil

Unutmang, maqsadli qabulga topshirgan abiturientning maqsadliga o’tish balli etmasa, umumiy tartibdagi tanlovda ishtirok etadi. Ya’ni, u hechnarsa yutqazmaydi.

 

Maqsadli qabuldan yiqilgan abiturientlar kontraktga kira oladimi?

 

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish 

2020-06-25



Fuqaroligi bo`lmagan shaxslar OTMlardagi qabul komissiyalarida ro`yxatdan o’tkaziladi.

 

Davlat komissiyasining 2020 yil 1-son bayoniga ko’ra, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning kirish imtihonlarida ishtirokini ta’minlash maqsadida, ular oliy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalarida sanitariya-gigiena talabalariga qat’iy amal qilgan holda belgilangan tartibda bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga ro’yxatdan o’tkaziladi.

Bunda, boshqa toifadagi abiturientlar OTMlarning qabul komissiyalarida ro’yxatdan o’tkazilmasligi qat’iy belgilandi.

 

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish 

2020-06-25



Qabul-2020: 138 331 nafar abiturient ro’yxatdan o’tdi.

2020 yil 24 iyun soat 18:00 holatiga respublika bo’yicha jami 138 331 nafar (joriy yilgi bitiruvchilar  82 284 nafar) abiturient ro’yxatdan o’tdi.

Shundan, ta’lim shakli bo’yicha:

▪️ kunduzgi – 95 044 nafar;

▪️ sirtqi – 41 240 nafar;

▪️ kechki –  2 047 nafar.

Hududlar miqyosida:

  • Toshkent shahri – 38 565 nafar;
  • Andijon viloyati – 16 504 nafar;
  • Samarqand viloyati – 15 642 nafar;
  • Surxondaryo viloyati – 9124 nafar;
  • Farg’ona viloyati – 8609 nafar;
  • Namangan viloyati – 8522 nafar;
  • Toshkent viloyati – 7597 nafar;
  • Qashqadaryo viloyati – 6676 nafar;
  • Jizzax viloyati – 5170 nafar;
  • Qoraqalpog’iston Respublikasi – 4846 nafar;
  • Sirdaryo viloyati – 4733 nafar;
  • Buxoro viloyati – 4295 nafar;
  • Xorazm viloyati – 4115 nafar;
  • Navoiy viloyati – 3933 nafar.

Tillar kesimida:

o’zbek tilida –119 706 nafar (86,5%)

rus tilida – 15 778 nafar (11,4 %)

qoraqalpoq tilida – 2390 nafar (1,7%)

boshqa tillarda – 457 nafar (0.3%).

Eng ko’p abiturient ro’yxatdan o’tgan OTMlar:

Andijon davlat universiteti – 9 456 nafar;

Samarqand davlat universiteti – 8 578  nafar;

Namangan davlat universiteti – 5 878 nafar;

Toshkent davlat pedagogika universiteti –5 806 nafar;

Termiz davlat universiteti – 5 762 nafar.

Eslatib o’tamiz, abiturientlarni ro’yxatdan o’tkazish joriy yilning 20 iyuliga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish 

2020-06-24



2020 yil 5 iyuldan 20 iyulga qadar kasb-hunar maktablariga hujjatlar qabul qilinadi

Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 1-son bayoni bilan, respublikadagi kasb-hunar maktablariga hujjatlarni qabul qilish muddati belgilandi.

 

Unga ko’ra, 2020 yil 5 iyuldan 20 iyulga qadar kasb-hunar maktablariga joriy yil  9-sinf bitiruvchilarining hujjatlarini onlayn qabul qilish jarayoni (ariza, shahodatnoma va 3×4 fotosurat) tashkil qilinadi.

 

Ma’lumot uchun, kasb-hunar maktablarida  9-sinf bitiruvchilariga 2 yillik umumta’lim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida kunduzgi ta’lim beriladi.

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish 

2020-06-24



O’zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Filologiya va tillarni o’qitish: arab tili” bakalavriat ta’lim yo’nalishiga o’qishga qabul qilishda abiturientlar tanlagan barcha chet tillaridan test sinovlari o’tkaziladi.

2020-06-24



2020/2021 o’quv yili uchun respublika OTMlariga abiturientlarni qabul qilishning umumiy soniga nisbatan nogironligi bo`lgan shaxslar uchun qo’shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko’rsatkichlarining OTMlar va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti.

Batafsil 

Unga ko’ra, respublika miqyosda nogironligi bo’lgan shaxslar uchun jami 2799 ta kvota ajratilgan.

Shundan:

kunduzgi ta’limga – 2072 ta;

sirtqi ta’limga – 627 ta;

kechki ta’limga – 100 ta.

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish 

2020-06-24



Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 1-son bayoni bilan, Respublika OTMlariga umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko’rsatkichlariga nisbatan xotin-qizlar uchun to`rt foizli qo`shimcha davlat granti asosidagi qabul ko`rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Batafsil Unga ko’ra, yangi o’quv yilida xotin-qizlar uchun OTMlar bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakliga qo’shimcha 940 ta kvota ajartildi.

 

Shunnigdek, 2020/2021 o’quv yilida xotin-qizlar ushbu tanlovda ishtirokini ta’minlash maqsadida tegishli tavsiyanomalarni opreativ tarzda berish vakolati Tuman (shahar) mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limlariga yuklatildi.

 

2020 yil 15 iyulga qadar tegishli tavsiyanomalar xotin-qizlarga beriladi.

2020 yil 20 iyulga qadar Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi tomonidan tavsiyanoma berilgan talabgorlarning yakuniy ro’yxati DTMga taqdim etiladi.

 

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish 

2020-06-24



Test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali o`qishga qabul qilish bo`yicha ta`lim yo’nalishlari ro`yxati

Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 1-son bayoni bilan test sinovlarisiz, KASBIY (ijodiy) IMTIHONLAR orqali o’qishga qabul qilish bo’yicha ta’lim yo’nalishlari ro’yxati tasdiqlandi.

 

Рўйхатдан бакалавриатнинг 132 та таълим йўналиши ўрин олган.

 

Batafsil

 

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish

2020-06-24



O’qitish tojik tilida olib boriladigan ta’lim yo’nalishlari uchun kirish imtihonlari test sinovlari orqali amalga oshiriladi

Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 1-son bayoniga ko’ra, oliy ta’lim muassasalarida tojik tilida ta’lim olib boriladigan bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga o’qishga kirish imtihonlarini kasbiy (ijodiy) imtihonlar o’rniga 2020/2021 o’quv yili qabulidan test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

 

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish

2020-06-24



Ko’p balli tizim bo’yicha imtihonlar hamda test sinovlari asosida amalga oshiriladigan va o’qitish qozoq, turkman va qirg’iz tillarida olib boriladigan ta’lim yo’nalishlari ro’yxati.

Batafsil

 

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish

2020-06-24



Test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o’tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo’nalishlari ro’yxati.

Batafsil

 

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish

2020-06-24



Respublikaning 8 ta tumanida abiturientlarni ro’yxatdan o’tkazish DXMlarida amalga oshiriladi

Batafsil

Davlat komissiyasining 2020 yil 1-son bayoni bilan quyidagi 8 ta tumanda Davlat xizmatlari markazlari orqali 2020/2021-o’quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalariga kirish sinovlarida ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tkazishga ruxsat berildi:

1. Mo’ynoq tumani DXM; 
2. Konimex tumani DXM;
3. Tomdi tumani DXM;
4. Uzun tumani DXM;
5. Boysun tumani DXM;
6. So’x tumani DXM;
7. Farg’ona tumani DXM;
8. Sardoba tumani DXM.

 

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish

2020-06-24



Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o’tkazish tartibi belgilandi

Davlat komissiyasining 2020 yil 1-sonli bayoni bilan 2020/2021 o’quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o’tkazish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Unga ko’ra:

 

kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlarini bakalavriat ta’lim yo’nalishlari xususiyatidan kelib chiqib soddalashtiriladi;

 

abiturient kasbiy (ijodiy) imtihon uchun bir marta keladi va ortiqcha vaqt sarflamasdan topshirishi ta’minlanadi;

 

test sinovlari bilan bir qatorda o’tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 25 iyulgacha o’tkaziladi;

 

alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo’nalishlari kirish imtihonlarini 25 iyuldan 20 avgustgacha o’tkaziladi;

 

kasbiy (ijodiy) imtihonlar videokuzatuvlar orqali qat’iy nazorat qilinadi va internetda jamoatchilik kuzatuvi ta’minlanadi.

2020-06-24



Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ularni baholash mezonlari tasdiqlandi

Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 1-son bayoni bilan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish talablariga muvofiq 2020/2021 o’quv yili qabulida respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

 

Fanlar majmuasi va baholash mezonlari

2020-06-24



O`qishni ko`chirish (perevod) masalasida

Talabalardan har kuni o’qishni ko’chirishga oid juda ko’p savollar kelib tushadi, shu sababli mazkur mavzuga oid muhim ma’lumotlarni to’plashga harakat qildim.

Bir ta’lim shaklidan boshqasiga o’qishni ko’chirsa bo’ladimi?

Ha, bir ta’lim shaklidan boshqasiga o’qishni ko’chirish mumkin, lekin barcha hollarda ham emas. Quyida birma-bir ko’rib chiqamiz.

Batafsil

2020-06-24



Xotin-qizlar uchun qo’shimcha grant asosida OTMga kirish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (402-son, 23.06.2020 y.) bilan Oliy ta’lim muassasalariga qo’shimcha davlat granti asosidagi qabul ko’rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o’qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to’g’risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Nizomga muvofiq, bunday tavsiyanomalar quyidagi mezonlardan biri asosida beriladi:

kam ta’minlangan oiladan chiqqan xotin-qizlar;

to’liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlar;

14 yoshgacha bo’lgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolg’iz ayol (erkak)larning qizlari;

shaxsiy uy-joyga ega bo’lmagan, ijarada yashayotgan oilalar;

ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo’lgan va ish qidiruvchi shaxs sifatida aholi bandligiga ko’maklashish markazlarida hisobda turganlar;

nogironligi bo’lgan farzandi bor oilalardan chiqqan xotin-qizlar;

Nizom bilan tavsiyanoma olish tartibi belgilandi.

 

Unga ko’ra, har yili fevral oyida xotin-qizlarga tavsiyanomalar berish bo’yicha ishchi guruhi tuziladi.

 

Tuman (shahar) mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limlari tavsiyanoma olish maqsadida murojaat etgan xotin-qizlarning hujjatlarini har yili 10 mayga qadar Qoraqalpog’iston Respublikasi Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmalariga taqdim etadi.

 

Ishchi guruh tomonidan saralab olinib, qo’shimcha qabul ko’rsatkichlari uchun tanlovda ishtirok etishga tavsiya etilgan xotin-qizlarning ro’yxati har yili 15 iyunga qadar Davlat test markaziga taqdim etiladi hamda Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

 

Tavsiyanoma oliy ma’lumot olish istagida bo’lgan xotin-qizlarga 3 yildan ko’p bo’lmagan muddatga beriladi.

 

Tavsiyanoma ajratilgan qo’shimcha to’rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko’rsatkichlari doirasida abiturient sifatida ro’yxatdan o’tishida tanlagan birinchi ta’lim yo’nalishi bo’yicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun tanlovda ishtirok etishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

2020-06-23



Test sinovlari bir kunda ikki smenadi o`tkaziladi

Davlat komissiyasining 1-sonli bayoniga muvofiq, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini inobatga olib, 2020/2021 o’quv yili qabulida test sinovlari qoida tariqasida, bir kunda ikki smenada o’tkaziladi

 

Bunda har bir abiturient uchun binolarda 3 m2 dan kam bo’lmagan joy ajratiladi.

 

Koronavirus pandemiyasi sharoitida sanitariya normalari talablaridan kelib chiqib, imtihonlarda abiturientlarning ota-onalari va ularning yaqinlari uchun alohida kutish (to’planish) joylari tashkil qilinmaydi.

Batafsil @xushnudbek

2020-06-23



O`qitish tojik tilida olib boriladigan ta’lim yo’nalishlari uchun kirish imtihonlari test sinovlari orqali amalga oshiriladi

Davlat komissiyasining 1-sonli bayoniga ko’ra, oliy ta’lim muassasalarida tojik tilida ta`lim olib boriladigan bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga o’qishga kirish imtihonlarini kasbiy (ijodiy) imtihonlar o’rniga 2020/2021 o’quv yili qabulidan test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

 



16 yoshga to`lmagan bitiruvchilarga pasport olishda yengillik beriladi

Davlat komissiyasining 1-sonli bayoniga ko’ra

 

Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2020/2021 o’quv yilida maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining 16 yoshga to’lgan bitiruvchilari pasport olish uchun murojaat qilganda, ularga navbatlarsiz, belgilangan tartibda pasport berilishi ta’minlanadi. (abiturientga 10 kun muddatda pasport berilishi ko’zda tutilgan).

 

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirish uchun imtihonlarda ishtirok etish istagini bildirgan pasport yoshiga yetmagan fuqarolarga amaldagi tartibga muvofiq, qisqa muddatlarda xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirib beriladi.

 

Davlat personallashtirish markazi tomonidan pasport yoshiga yetmagan fuqarolarga xorijga chiqish pasportlari beriladi va mavjud ma’lumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga va Davlat test markaziga taqdim etiladi (abiturientga 5 kun muddatda fuqarolik pasport olishi ko’zda tutilgan).

 

2020-06-23



Termiz davlat universitetiga onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar

22.06.2020 18:00 holatiga

Batafsil

2020-06-22



❗️Abiturientlar beshtagacha ta’lim yo’nalishini tanlashi mumkin

Abiturientlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo’lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi (Batafsil).

Shuningdek, kirish test sinovlari abiturient tanlagan bakalavriat ta’lim yo’nalishiga mos ikkita fandan o’tkaziladi.

2020-06-16