Trulli Trulli Trulli

Psixologiya kafedrasi

93 Views

Kafedraning tarixi

1965 yilda Termiz davlat Pedagogika instituti (hozir universitet) tashkil etilishi Surxondaryo viloyatining ijtimoimy – siyosiy, maʼnaviy – madaniy hayotida muhim rol oʻynadi.

Institut tashkil topishi bilan fakultet, kafedralar ham tashkil etildi. Jumladan, pedagogika – psixologiya va jismoniy maʼdaniyat, sport kafedrasi ham tashkil topdi.

1968 yili pedagogika va psixologiya kafedrasi alohida tashkil etildi.

1968 – 1970 yillari pedagogika fanlari nomzodi Ziyo Sarvarovich Axmerov kafedra mudiri boʻlib ishladi.

1970 – 1988 yillari katta oʻqituvchi, dotsent B.Sodiqov kafedra mudiri vazifasini bajardi.

1988 – 1989 yillari kafedraga pedagogika fanlari doktori Seytim Muhammedovich Axmedov rahbarlik qildi.

1989 – 1991 yillari pedagogika fanlari nomzodi Murod Qulliyev mudir boʻlib ishladi. Murod Qulliyev kafedra mudirligi davomida mutaxassislashtirishga alohida eʼtibor qaratdi.

1991 – 1992 oʻquv yilidan boshlab, pedagogika va psixologiya kafedralari alohida mustaqil kafedralar boʻlib shakllandi. 1992 yildan psixologiya fanlari doktori, professor B.R.Qodirov kafedra mudiri vazifasini bajardi. Professor B.R.Qodirov rahbarligida kafedra huzurida bolalar isteʼdodini tadqiq qiluvchi “Individual farqlar psixologiya va psixofiziologiyasi” nomli laboratoriya faoliyat olib bordi. 1992 yilda bolalar va yoshlar layoqati, qobiliyati va isteʼdodining pedagogik – psixologik va psixofiziologik masalalariga bagʻishlangan “Oʻzbekistonning isteʼdodli bolalari” mavzusida psixologiya faniga doir birinchi Respublika ilmiy – amaliy konferensiyasi termiz shahrida oʻtkazildi. Konferensiya materiallari toʻplam xolida chop etildi. Professor B.R.Qodirov rahbarligida tashkil etilgan “Individual farqlar psixologiya va psixofiziologiyasi” ilmiy laboratoriyasi 1994 yilda Toshkent shahriga kuchirilib, “Respublika isteʼdodli bolalarni tashxis qilish markazi”ga aylantirildi. Professor B.R.Qodirov kafedrani boshqargan yillarida kafedra professor oʻqituvchilardan B.M.Umarov (1993), I.Xaydarov (1994) nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

1994 – 1999 yillari psixologiya fanlari nomzodi Umarov Baxriddin Mengboyevich kafedra mudiri lavozimini bajardi. 2000 – 2011 yillari psixologiya fanlari nomzodi dotsent Norbosheva Mehri Ochilovna kafedra mudiri lavozimini bajardi. 2001-2006 yillarda kafedra Ijtimoiy fanlar fakulteti tarkibida, 2006-2010 yillarda esa tarix fakulteti tarkibida faoliyat olib bordi. Kafedra oʻqituvchilaridan X.G.Sharafutdinova, T.S.Joʻrayevlar oʻz vaqtida aspiranturada oʻqishga jalb etilganligi bois 2005 yilda T.S.Joʻrayev, 2009 yilda X.G.Sharafutdinova nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

2011- 2015 yillarda kafedraga psixologiya fanlari nomzodi Joʻrayev Toshpoʻlat Saxiyevich rahbarlik qildi. Universitet strukturasining oʻzgarishi natijasida 2015-2018 yillarda kafedra Pedagogika kafedrasi bilan birlashtirilib, pedagogika fanlari nomzodi M.Q.Bozorova rahbarligida Pedagogika va psixologiya nomi bilan faoliyat yuritdi.

2018 yil iyun oyidan psixologiya va pedagogika kafedralari alohida ajralib chiqdi. 2018 yil iyun oyidan Psixologiya kafedrasi qayta tiklanib, kafedraga psixologiya fanlari nomzodi, dotsent X.G.Sharafutdinova rahbarlik qilib kelmoqda.

Psixologiya kafedrasida faoliyat yuritgan professor-oʻqituvchilar tarkibidan B.R.Qodirov, B.M.Umarov, I.R.Haydarov kabi Respublikada psixologiya sohasida eʼtiborga molik ishlar olib borgan taniqli olimlar yetishib chiqqan.

Psixologiya kafedrasida 2017-2018 oʻquv yilida 9 nafar professor-oʻqituvchi faoliyat koʻrsatib, ulardan 2 nafari ilmiy darajaga ega boʻlgan boʻlsa, 2018-2019 oʻquv yilida kafedrada jami 11 nafar professor-oʻqituvchi faoliyat koʻrsatmoqda, ulardan 2 nafari ilmiy daraja va unvonlarga ega boʻlib, kafedraning ilmiy nufuzi 18,18%ni tashkil etadi.

Kafedraning ilmiy ishlari.

Kafedra oʻzining ilmiy-tadqiqot ishlarini “Psixologiya fani taraqqiyotining nazariy va amaliy muammolari” kompleks mavzusida olib bormoqda.

Kafedrada bajarilayotgan ilmiy ishlar mustaqil respublikamizning ijtimoiy-psixologik rivojlanish xususiyatlari, yosh avlodring ruxiy taraqqiyoti, xalqimizning milliy psixologik xususiyatlari, oʻzbek oilalarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, shaxs shakllanishining psixologik muammolari yuzasidan tadqiqotlar olib borib, amaliy psixologik tavsiyalar berishga qaratilgan. Kafedrada professor-oʻqituvchilar tomonidan qator ilmiy ishlar nashr ettirildi.

Bugungi kunda psixologiya kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan oʻqitiladigan fanlardan oʻquv-metodik majmualar, oʻquv-uslubiy koʻrsatmalar va oʻz ilmiy yoʻnalishlari boʻyicha oʻnlab uslubiy qoʻllanmalar,ilmiy risolalar, shuningdek yuzdan ortiq ilmiy maqolalar eʼlon qilingan. Bundan tashqari kafedraning bir qancha professor-oʻqituvchilari tomonidan doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish maqsadida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Quyida ularning ilmiy mavzulari roʻyhati berilmoqda.

1. Sharafutdinova Xadichaxon Gulyamutdinovna Uzluksiz taʼlim tizimida aqliy qobiliyat diagnostikasi va psixokorreksiyasi Ilmiy rahbar dos.Usmanova E.Z.
2. Djurayev Tashpulat Saxiyevich Oʻsmir oʻquvchilar intellekti diagnostikasi Ilmiy rahbar prof. Gʻoziyev E.Gʻ.
3. Qodirova Aziza Bekmurod qizi Al-Hakim at Termiziy qarashlarida psixologik gʻoyalar. Ilmiy rahbar.prof B.M.Umarov
4. Alimardanova Raʼno Narbayevna Oʻzbek oilalarida yosh kelin-kuyovlar oʻrtasida sogʻlom psixologik munosabatni oʻrnatishning ijtimoiy milliy asoslari Ilmiy rahbar prof. Jabborov A.M
5. Joʻrayev Oʻtkirjon Tashpulatovich Irodaviy faollikning vaziyatli va shaxslilik determinantlari Ilmiy rahbar prof. Cafayev N.S

Psixologiya kafedrasi quyidagi nufuzli oliy oʻquv yurtlari va tashkilotlari bilan uzviy bogʻlanib, hamkorlik aloqalarini olib boradi:

1.Mirzo Ulugʻbek nomidagi OʻzMUning Ijtimoiy fanlar fakulteti.

2.QarDUning Psixologiya kafedrasi.

3.Nizomiy nomidagi TDPUning Psixologiya fakulteti

4.BuxDUning Psixologiya kafedrasi.

5.SamDUning Psixologiya kafedrasi.

6.UrDUning Psixologiya kafedrasi.

7.Respublika Oila markazi.

8.DXX boshqarmasi va chegara qoʻshinlari.

9.Ichki ishlar boshqarmasi.

Fan toʻgaraklari faoliyati.
Kafedrada professor-oʻqituvchilari tomonidan talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida quyidagi fan toʻgaraklari faoliyat yuritmoqda:

1.“Intellekt” ilmiy toʻgaragi. Rahbarlari: Oʻ.Joʻrayev – “Psixologiya” kafedrasi oʻqituvchisi.

“Psixologiya” kafedrasi qoshida tashkil etilgan fan toʻgaragida universitetning bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalari oʻzlarini qiziqtirgan eng dolzarb mavzularda chiqishlar qiladilar. Psixologik yoʻnalishlarda turli xil savollarga javoblar olishadilar.

1.Kafedra tomonidan oʻqitiladigan fanlar roʻyhati.

2.Psixologiya.

3.Umumiy psixologiya.

4.Kasbiy psixologiya.

5.Sport psixologiyasi.

6.Kognitiv psixologiya.

7.Iqtisodiyot psixologiyasi.

8.Testalogiya.

9.Yeksperimental psixologiya.

10.Psixodiagnostika.

11.Psixologik xizmat.

12.Oliy taʼlim psixologiyasi.

13.Ijtimoiy psixologiya.

14.Zamonaviy psixologiya muammolari.

15.Rivojlanish psixologiyasi.

1.Kafedra mudirlari xronologiyasi.

2.P.f.n., dos. T.Q.Jovliyev (1969-1970 yy.)

3.P.f.n., dos. X.X.Gizitdinov (1971-1975 yy.).

4.P.f.n., dos. Sh.B.Samatov (1975-1984yy.).

5.dos. T.Q. Jovliyev (1984-1986 yy.).

6.P.f.n., dos. N.Berdiyev (1987-1988 yy.).

7.P.f.n., prof.B.S.Sodiqov (1988-1994 yy.).

8.p.f.n., dos. B.M.Umarov (1994-1999 yy.).

9.p.f.n. M.O.Norbosheva (2000-2011 yy.)

10.pf.n. T.S.Joʻrayev (2011-2015 yy.)

11.p.f.n. M.Q.Bozorova (2015-2018 yy.)

12.p.f.n. dos. X.G.Sharafutdinova 2018-yil avgustdan mudirlik qilib kelmoqda.

“Psixologiya” kafedrasining professor-oʻqituvchilari roʻyxati.

1 2 3

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support