Trulli Trulli Trulli

Pedagogika

161 Views

1965 yilda eng dastlabki boʻlimlar qatorida Pedagogika va boshlangʻich taʼlim uslubiyoti boʻlimi Termiz davlat pedagogika institutining Filologiya fakulteti tarkibida ish boshladi. 1971 yil sentyabr oyidan Fizika-matematika, pedagogika va boshlangʻich taʼlim uslubiyoti boʻlimlari tabiiyot  fakultetidan ajralib chiqib, matematika-pedagogika fakulteti tashkil etildi. 1974 yilda  boʻlim tabiyot fakultetiga qoʻshildi. Pedagogika, tarix, ximiya- biologiya boʻlimlari biriktirilib Tabiyot fakultetiga aylantirildi. 1971-77 yilga qadar fakultetga

  1. Mengniyozov, E. Xoliqov, T. Jovliyev, Sh. Samadov, X. Turdiqulovlar rahbarlik qildilar. 1985-88 yillarda fakultetga dotsent B. Qodirov raxbarlik qildi. 1988 yil sentyabr oyidan Tabiiyot fakulteti tarkibidan ajralgan Pedagogika va psixologiya fakulteti yangi qurib bitkazilgan oʻquv binosida mustaqil fakultet sifatida ish boshladi. Jahon xalqlari pedagogikasi, Umumiy psixologiya, Pedagogik maxorat, Tillar va nutq madaniyati, Musiqa va tasviriy sanʼat kafedralari biriktirilib Pedagogika va psixologiya fakulteti tashkil etildi. Pedagogika fanlari doktori, professor, Bekmurod Qodirov, p.f.d., prof. O. Xaitov, p.f.d., prof. B. Qodirov, p.f.d. S. Axmedov, taniqli olimlar S. Raximov, M. Qulliyev, B. Sodiqov, A. Oltiboyev, A. Kenjaboyev, Sh. Raxmatullayev, B. Yoriyev, Sh. Yoqubov, R. Mustafoqulov, B. Umrqulov, T. Xaydarov, A. Musurmonov, S. Joʻrakulov, M. Bozorova, M. Norboshevalar samarali mehnat qildilar. Toshkent DPU, OʻzMU, Qori Niyoziy nomidagi PFITI va boshqa yirik ilmiy markazlar bilan ilmiy aloqalarini oʻrnatgan.

2009 yil 25 avgustda  universitetning yangi oʻquv binosi qurilib ishga tushirildi. Xuddi shu binoda Pedagogika fakulteti va tarix fakultetlari joylashdi. Fakultet binosida taʼlimning eng yangi zamonaviy texnologiyalarni qullash uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Xozirgi kunda fakultetda: 5111700-Boshlangʻich taʼlim va sport tarbiyaviy ish, 5111800- Maktabgacha taʼlim, 5111100-Musiqa taʼlimi, 5110800-Tasviriy sanʼat va muxandislik grafikasi, 5110900-Pedagogika va psixologiya  bakalavriyat taʼlim yoʻnalishlari, 5A 110901-Pedagogika nazariyasi va tarixi, 5A110902-Pedagogika va psixologiya, 5A210201-Psixologiya (umumiy psixologiya), 5A 111801-Taʼlim tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha taʼlim), 5A 111701-Taʼlim tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlangʻich taʼlim) mutaxassisliklari boʻyicha magistrlar tayyorlanadi Fakultetda jami boʻlib 1200 nafar talabalar taxsil olishadi.

Bundan tashqari Shulardan eng iqtidorli talabalar Odinayeva Nargiza, Allaberdiyev Muxlis  Musika taʼlimi yoʻnalishi 3 kurs talabasi Nortojiyev Vaxobjon Musiqa taʼlimi  3 kurs talabasi, Eshmurodova Durdona Musika taʼlimi 3 kurs talabasi Karimova Inobat ,Maktabgacha taʼlim yoʻnalishidan Joniyeva Tursunoy Boshlangʻich taʼlim va sport tarbiyaviy ish taʼlim yoʻnalishidan Ochilov Yoqub, Omonova Nilufar, Xurramov Xayotbek, Tasviriy sanʼat va muxandislik grafikasi taʼlim yoʻnalishi talabalari Rasulova Aziza, Toshkuziyev Baxriddinlar oʻz soxalari boʻyicha  respublika miqyosidagi turli tanlovlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritib kelishmoqdalar.  

Fakultet tasarrufida 6 ta kafedra: Umumiy pedagogika, Boshlangʻich taʼlim metodikasi, Psixologiya, Musiqa taʼlimi,  Tasviriy sanʼat , Maktabgacha taʼlim kafedralari faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Fakultetning malakali professor oʻqituvchilari tomonidan turli–tuman fanlardan: fan, ilmiy, amaliy, oʻquv toʻgaraklari faoliyat yuritib kelmoqda. Fakultet qoshida Jayxun etnografik xavaskorlik xalq ansanbli tashkil etilgan boʻlib ansanbl ishtirokchilari tomonidan turli mavzulardagi  Shaxar, viloyat, Respublika miqyosidagi tadbirlarda gʻolib boʻlishib kelishmoqda.

 

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support