Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



O`zbek filologiyasi fakulteti

301 Views

O`zbek filologiyasi fakulteti dekani

1HAMRAYEVA MUHAYYO AHMADOVNA

Qabul vaqti har kuni soat 14.00-16.00

Tel:+998905202499

 

 

 

Filologiya fakul’teti Termiz davlat universiteti rektorining buyrug’iga asosan, 2005 yil 1 fevralda Filologiya va chet tillar fakul’tetlari asosida tashkil etildi. Fakul’tetda filologiya (o’zbek, rus, ingliz, nemis va tojik tillari) yo’nalishlari  bo’yicha bakalavrlar hamda lingvistika(o’zbek tili), lingvistika (ingliz tili) mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar tayyorlangan. Fakul’tetda o’zbek  tilshunosligi, o’zbek adabiyoti, umumiy  tilshunoslik va  jahon adabiyoti, ingliz  filologiyasi, nemis filologiyasi, fakul’tetlararo ingliz  tili  kafedralari faoliyat  ko’rsatib  kelgan.

Filologiya fakul’teti  2005 yilda sobiq o’zbek filologiyasi, rus tili va adabiyoti,    chet tillari fakul’tetlari asosida tashkil etilgan. 2000 yilda o’zbek va rus  filologiyasi fakul’tetlari  birlashib, filologiya fakul’teti nomi bilan atalgan bo’lsa, 2005 yildan uning tarkibiga chet tillar fakul’teti ham kiritilib, filologiya fakul’teti nomi bilan yuritila  boshlangan.

O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni hamda  O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar  tayyorlash Milliy dasturi to’g’risida»gi qonunda belgilangan maqsad va vazifalaridan  kelib chiqqan holda Termiz davlat   universiteti Ilmiy Kengashining (2005 yil №4) qaroriga asosan filologiya  fakul’teti  deb qaytadan nomlangan.

Filologiya fakul’teti  2015 yil  sentyabr’ oyidan boshlab, ikkiga(chet tillar hamda o’zbek filologiyasi) ajraldi  hamda  mustaqil  fakul’tet sifatida faoliyat  yurita boshlandi.Fakul’tetda  dastlab  filologiya fanlari nomzodi N.Yo’ldoshev dekan vazifasini  bajaruvchi lavozimida ishladi. O’zbek filologiyasi fakul’tetida 3 ta  kafedra mavjud bo’lib, jami  45  nafar  professor-o’qituvchi, shundan 19 nafari  аёл, 26 nafari  erkak  oqituvchilarni  tashkil  etadi. 4 nafar  yordamchi  xodimlar  ishlab   kelayapti. Fakul’tetda  24 ta  akadem guruh  tahsil oladi. Shundan barchasi o’zbek tilida  tahsil oladi. Fakul’tetda umumiy  talabalar  soni  603  nafarni  tashkil  etadi.  Fakul’tetda 412 nafar talaba  qizlar  va  191 nafar  talaba o’g’il  bolalar  tahsil  olib  kelmoqda. Shundan 355 nafar  talabalar  xususiy xonadonda ijarada, 148 nafari  esa talabalar turar joyida, 100 nafar  talabalar o’z uyida yashaydi. Shuningdek, 8 nafar ko’zi ojiz, 9 nafar nogiron  talaba tahsil oladi. Fakul’tetda sirtqi bo’limga ushbu  o’quv yilida 50 nafar talaba o’qishga  qabul  qilindi. Fakul’tetda bugungi kunda  o’zbek  tilshunosligi, o’zbek  adabiyotshunosligi, tojik tili va Sharq tillari kafedralari  mavjud. O’zbek  tilshuhosligi kafedrasi qoshida lingvistika (o’zbek tili) mutaxassisligi  bo’yicha  magistratura  mavjud. Magistraturada bugungi  kunda  1  kursda  6  nafar, 2  kursda  7 nafar magistr  tahsil  olmoqda. O’zbek  filologiyasi    fakul’tetida  o’quv  auditoriyalar  soni 24 ta, mavjud  o’rinlar  soni 650 ta, 1 ta  komp’yuter sinfi mavjud, undagi o’rinlar  soni 34 ta, jami o’rinlar  684 ta, xonalar   soni jami 32 tani  tashkil etadi.  Fakul’tet o’quv binosida 1 ta  bufet  ishlayapti. O’zbek  filologiyasi fakul’tetida 2016-2017 o’quv yilida 1 nafar  talaba  Shohsanam  Abduraimova  Alisher  Navoiy nomidagi  Davlat stipendiyasi sohibi  bo’ldi, bugungi   kunda  Toshkent  shahrida  magistraturada tahsil olayotgan  bo’lsa, 2018-2019 o’quv yilida Sadoqat Ergasheva Alisher  Navoiy nomidagi  Davlat stipendiyasi sohibi  bo’ldi. 2016-2017 o’quv yilida 1 nafar talaba Sitora Siddiqova  «Yilning  eng faol   yosh  jurnalisti» Respublika ko’rik tanlovining televidenie yo’nalishida  g’oliblikni  qo’lga  kiritgan bo’lsa, 2018 yil O’zbek filologiyasi fakul’tetining talabalari Farida Hakimova, Rushana Zaripova, Shahlo Umaraliyevalar O’zbekiston olima ayollarining 100 ta ehg yaxshi innovatsion loyihasi 1 Respublika ko’rik tanlovida g’oliblikni qo’lga kiritdi. 2016  yilda  fakultetning  4  kurs  talabasi  Qunduz  Esanova   «Prezident asarlari bilimdoni»  tanlovida g’oliblikni  qo’lga kiritib,diplom bilan taqdirlangan bo’lsa, 2018 yil fakultet talabasi Rushana Zaripova  “Yosh siyosatchi”  ko’rik tanlovining viloyat bosqichi g’olibi bo’lib respublika bosqichiga yo’’llanmani qo’lga kiritdi, 2016-2017-oquv yilida fakul’tetning 4 kurs talabasi Maftuna Haydarova sportning  kurash turi bo’yicha o’tkazilgan chempionatda  sovrindorlar safidan  joy olgani   ham e’tiborga molik. Bundan  tashqari, fakul’tetda  ijodkor yoshlar  bilan olib  borilayotgan  samarali  ishlarning  natijasi  sifatida   fakul’tet  iqtidorli  yoshlari «Yuksak ma’naviyatli  авлод», «Yurt  kelajagi» kabi  qator   tanlovlarda faxrli o’rinlarni  egallab kelmoqda. 2018 yil fakultetning  “Oltin avlod”  teatr studiyasi Navoiy shahrida o’tkazilgan teatr festivalida 2 ta nominatsiya, “Milliy an’ana va qadriyatlarni tarannum etganligi uchun”, “Eng yaxshi teatr  studiya rahbari” g’olibi bo’lgan. 2017  yil  mart oyida fakul’tet talabasi Sadoqat Ergashevaning  birinchi  kitobi  « Shafaq  aksi»  nomi  bilan taniqli  shoir va yozuvchi, iste’dodli adabiyotshunos  olim  Ulug’bek Hamdam  so’zboshisi bilan   chop  etildi. Bundan tashqari  fakultetda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi  a’zolari  marhum yozuvchilar Safar  Kokilov, Jamila Ergasheva, taniqli ijodkor  Ollonazar  Ulug’ov, O’zbekiston xalq yozuvchisi Erkin А’zam,  shoir Ja’far  Muhammad  Termiziy  kabi  ijodkorlar bilan  ijodiy uchrashuvlar o’tkazilgan. Uchrashuvlarning barchasi televidenieda  yoritib  borilgan. Bugungi kunda fakul’tetda O’zbekiston xalq shoiri  Erkin  Vohidov nomida yosh ijodkorlar  klubining viloyat filiali  ham  tashkil  etilgan  va  klubning  mavjud  yo’nalishlari   bo’yicha  moderatorlarga ish faoliyatini  boshlash  uchun  maxsus guvohnomalar   topshirilgan. Fakul’tetda  mavjud  kafedralarda «Tilshunos», «Yosh adabiyotshunos», «Chashmai  adab», «Fors tili», «Zabonshinosy», «Arab tili» kabi to’garaklar o’z  faoliyatini  olib  bormoqda.

2016 yil 8 apreldan boshlab, filologiya  fanlari nomzodi, shoira, «Yilning eng faol ma’naviyat targ’ibotchisi» ko’rik tanlovining respublika bosqichi g’olibi (2014, 2015)  Muhayyo Hamrayeva  fakui’tet  dekani  lavozimida  ishlab kelmoqda.

dekanat faoliyatidan foto lavhalar1

2

3

4

Fakui’tet ma’muriyati:

1 HAMRAYEVA MUHAYYO AHMADOVNA

Qabul vaqti har kuni soat 14.00-16.00

Tel:+998905202499

 

2 O’zbek filologiyasi  fakul’tetida bir nafar o’quv ishlari bo’yicha  dekan  o’rinbosari

N.Murodov ishlab  kelmoqda.

Qabul vaqti har kuni soat 14.00-16.00

Tel:94-201-69-70

3 O’zbek filologiyasi fakul’tetida bir nafar yoshlar bilan ishlash  bo’yicha  dekan o’rinbosari

B.Rahmonov faoliyat  ko’rsatmoqda.

Qabul vaqti har kuni soat 14.00-16.00 Tel:998937961315

4

O’zbek filologiyasida bir nafar ilmiy ishlar va innovatsiya bo’yicha o’rinbosari

A.Arslonov faoliyat ko’rsatmoqda.

Qabul vaqti har kuni soat 14.00-16.00

Tel:905211601

 

Fakultet kafedralari :

  • O’zbek tilshunosligi kafedrasi
  • O’zbek adabiyotshunosligi kafedrasi
  • Tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi

Fakultet ta’lim yo‘nalishlari :

Bakalavriat:

– 5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish: o’zbek tili

5120100 –  Filologiya va tillarni o’qitish: tojik tili

 Fakultet magistratura mutaxassisligi:

5A120102 – Lingvistika(o’zbek tili)

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support