Trulli Trulli Trulli

Organik va fizikaviy kimyo kafedrasi

Kafedra mudiri: texnika  fanlari doktori, Umbarov Ibragim Amonovich

 Telefon: +998 90 961 05 67

Kafedraning ilmiy yo’nalishlari:

– Kolxitsin saqlagan o’simliklar alkaloidlarining tuzilishi va modifikatsiyasi (02.00.10 “bioorganik kimyo”).

– Tarkibida galogenlar saqlagan yerosti sho’r suvlarning tadqiqoti (02.00.13 “noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi).

Kafedrada dots.R.V.Aliqulov boshchiligida fan va texnologiyalar taraqqiyotning ustivor yo’nalishlari davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagiMarkaziy Osiyoda o’sadigan Colchicum L. o’simliklari alkoidlari va ularning tadqiqotimavzusidagi bajarilishi 2012-2016 yillarga mo’ljallangan № F-27-95 sonli fundamental loyihasini doriasida ishlar olib borilgan, texnika fanlari doktori I.A.Umbarovning bevosita rahbarligida 2018-2020 yillarga mo’ljallangan PZ–20170926176 “Surxondaryo viloyatida yerosti sho’r suvlari tarkibidagi yod va uning birikmalarini ajratib olish” mavzusidagi maqsadli amaliy Davlat granti bajarilmoqda.

Kafedra tarixi

1990 yili viloyatimizda birinchi marta  01.08 “Kimyo mutaxasisligi ochildi va ilk qaldirg’ochlarini qabul qildi. 1991 yilda mustaqil kimyo kafedrasi tashkil etildi va X.X.To’rayev mudir etib saylandi 1994 yili kimyo kafedrasi bazasida mustaqil 2 ta kimyo “Anorganik va analitik kimyo ” va “ Umumiy kimyo va ekologiya” kafedralari tashkil etildi.

1 2000 yil bu kafedralar bazasida kimyo fanlariga ixtisoslashgan 2 ta kimyo kafedrasi “Anorganik va analitik kimyo ” va “Umumiy va bioorganik kimyo” kafedralari  tashkil etildi.
2 Anorganik va analitik kimyo kafedrasida 1994-2018 yillari mobaynida X.X To’rayev, Umbarov I.A doktorlik,, Y.J Jo’raqulov, R.V Aliqulov G.J Muqimova, Z.E. Jumayeva, SH.SH. Daminova, N.T Qodirova, Z.S. Xo’jamqulov nomzodlik dissertatsiyalarini, F.B.Eshqurbonov, SH.A. Qosimov kabi olimlar kimyo fanlari bo’yicha falsafa (PhD) doktori dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

 

3 Kafedraga prof X.X To’rayev 1991-1997 y.y., dots Y.J. Jo’raqulov 1997-2000 y.y., G.J. Muqimova 2000-2001 y.y., professor X.X To’rayev 2001-2005 y.y., 2005-2010 y.y. dotsent G.J. Muqimova rahbarlik qilgan
4 2010 yili kafedralar birlashtirilib, ularning negizida  Umumiy kimyo kafedrasi tashkil etildi va kafedraga prof X.X. To’rayev kafedra mudiri etib tayinlandi. 2012 -2018 y.y.  kafedraga dotsent R.V.Aliqulov  mudirlik qildi. 2018 yil 27 avgustdan boshlab, kimyo kafedrasi negizida 2 ta kafedra Noorganik va analitik kimyo va Organik va fizikaviy kimyo kafedralari  tashkil etildi.
5 Organik va fizikaviy kimyo kafedrasiga texnika fanlari doktori I.A. Umbarov  kafedra mudiri etib saylandi.

Ayni paytda kafedrada 1 nafar fan doktori, 3 nafar kimyo fanlari nomzodi, dotsent, 3 nafar katta o’qituvchi, 4ch nafar o’qituvchilar ilmiy pedagogik faoliyat ko’rsatmoqdalar. Kafedraning ilmiy salohiyati -30%

2018-2019 o’quv yilia kafedrada bakalavriatura ta’lim yo’nalishlarida jami 17 ta mutaxassislik fanlari o’qitiladi.

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

5140500 – Kimyo ta’lim yo’nalishi

Kafedrada o’tiladigan fanlar:

  • Kvant kimyosi va kvant mexanikasi
  • Kimyoda axborot texnologiyalari
  • Fizikaviy kimyo
  • Organik kimyo
  • Modda tuzilishi
  • Polimerlar kimyosi
  • Bioorganik kimyo
  • Stereokimyo
  • Kimyoda kopmyuterli modellashtirish
  • Fizikaviy tadqiqot usullari
  • Organik birikmalarning reaktsiyaga kirishish qobilyati
  • Geterotsiklik birikmalar kimyosining tanlangan boblari
  • Fizik-kolloid kimyo va tahlil usullari
  • Kimyo
  • Qurilish kimyosi – Qurilish materiallari 1-kurs
  • Qurilishda organik va fizikaviy kimyo

01020304

Kafedra manzili:

Termiz davlat universiteti

Kimyo va texnologiya fakulteti

2-qavat 210-xona

Organik va fizikaviy kimyo kafedrasi

Tel: (+99890)9610567

e-mail: i_umbarov@mail.ru

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support