Trulli Trulli Trulli

Noorganik va analitik kimyo kafedrasi

Kafedra mudiri, kimyo fanlari nomzodi, dotsent Muqumova G.J.

Telefon: +998 93 638 16 68,  90226 56 68.

Kafedraning ilmiy yo‘nalishlari: Nodir mettallarning tarkibida oltingurgut va fosfor bo‘lgan ligandlar bilan koordinatsion birikmalari va ularni ekstraksiya, sorbsiya metodlari yordamida ajratish (02.00.01.- “Anorganik kimyo”, 02.00.02-“Analitik kimyo”).

– Tarkibida fosfor, azot va kislorod bo‘lgan sorbentlar sintezi, ularning ba’zi
d-metallar bilan koordinatsion birikmalari va nodir metallar sorbsiyasi ( 02.00.01. – “Noorganik kimyo”).

–  Ba’zi 3d -metallar suksinatlarining kislota amidlari bilan koordinatsion birikmalari sintezi va ularning tadqiqoti  (02.00.01 -“Anorganik kimyo”).

Kafedrada  davlat ilmiy-tadqiqot dasturlari doirasida quyidagi davlat garantlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar bajarilgan:

k.f.d., prof. To‘rayev X.X. ilmiy rahbarligida,

– 2008-2009 yillarda «Xonjiza polimetall koni rudalari tarkibidagi mis va kumush metallarini konsentrlash va ajratib olish texnologiyasini yaratish» mavzusidagi innovatsion loyiha,

– 2007-2011 yillarda «Tarkibida kislorod, oltingugurt va fosfor bo‘lgan ekstragentlar sintezi va ularning nodir metallar bilan koordinatsion birikmalari» mavzusidagi fundamental loyiha,

-2011-2012 yillarda “Portland sement sanoati uchun Beshbuloq ohaktoshlari va Xo‘jaikon gips zahiralari asosida kimyoviy xom-ashyolar tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi innovatsion loyiha,

-2012-2014 yillarda “Zamonaviy yadro – fizikaviy metodlar yordamida gidrometallurgiya korxonalari chiqindi eritmalari tarkibidagi nodir metallarni konsentrlash va ajratish” mavzusidagi amaliy loyiha

-2012-2016 yillarda “To‘rtlamchi azot va fosfor birikmalari asosida binar ekstragentlar sintezi va ularning nodir metallar bilan koordinatsion birikmalari” mavzusidagi fundamental loyihalar bajarilgan.

K.f.n., dots. Muqimova G.J. ilmiy rahbarligida,

– 2012-2013 yillarda «Surxondaryo viloyati Obizarang molibden konidagi molibdenni konsentrlash va ajratish texnologiyasini o‘zlashtirish» mavzusidagi innovatsion loyihasi bajarilgan.

K.f.n., dots. Aliqulov R.V. ilmiy rahbarligida,

2012-2016 yillarda «Markaziy Osiyoda o‘sadigan Colchicum L. o‘simliklari alkaloidlari va ularning tadqiqoti» mavzusidagi fundamental loyihasi bajarilgan.

Shuningdek, ayni paytda, esa k.f.d., prof. To‘rayev X.X. ilmiy rahbarligida bajarilishi 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan “Kompleks hosil qiluvchi polifunksional ionitlar sintezi va ular yordamida ba’zi d-metallarni ajratishning nazariy asoslari” mavzusidagi fundamental davlat granti  va bajarilishi 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan “Surxondaryo viloyatida yerosti sho‘r suvlari tarkibidagi yod va uning birikmalarini ajratib olish” mavzusidagi maqsadli amaliy davlat granti bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

KAFEDRA TARIXI

1990 yili viloyatimizda birinchi marta “Kimyo” mutaxassisligi ochildi va ilk qaldirg‘ochlarini qabul qildi. 1991 yilda mustaqil kimyo kafedrasi tashkil etildi va X.X.To‘rayev mudir etib saylandi. 1994 yilda kimyo kafedrasi bazasida: mustaqil
2 ta kimyo “Anorganik va analitik kimyo” va “Umumiy kimyo va ekologiya” kafedralari tashkil etildi.

2000 yilda bu kafedralar bazasida kimyo fanlariga ixtisoslashgan 2 ta mustaqil  kimyo kafedralari:

“Anorganik va analitik kimyo” va “Umumiy va bioorganik kimyo” kafedralari tashkil etildi. Anorganik va analitik kimyo kafedrasida 1994-2018 yillari To‘rayev X.X.,Umbarov I.A. doktorlik, Jo‘raqulov Y.J., Aliqulov R.V., Muqimova G.J., Jumayeva Z.E., Daminova Sh.Sh., Qodirova N.T., Iraliyev B.X., Shamayev B.E., Xo‘jamqulov Z.S. nomzodlik dissertatsiyalarini, Eshqurbonov F.B., Qosimov Sh.A. kabi olimlar kimyo fanlari bo‘yicha falsafa (PhD) doktori dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Kafedraga  prof. To‘rayev X.X. 1991-1997 y.y., dots. Jo‘raqulov Y.J., (1997-2000 y.y.) Muqimova G.J. 2000-2001y.y.,prof.To‘rayev X.X,2001-2005 y.y., dots.Muqumova G.J, 2005-2010 y.y. mudirlik qilgan.

2010 yili kimyo kafedralari birlashtirilib, ularning negizida umumiy kimyo kafedrasi tashkil etildi va prof. To‘rayev X.X. kafedra mudiri etib tayinlandi. 2012 -2018 yillar kafedraga dotsent Aliqulov R.V. mudirlik qildi. 2018 yil 27 avgustdan boshlab, kafedra negizida 2 ta mustaqil kafedra: noorganik va analitik kimyo va organik va fizikaviy kimyo kafedralari  tashkil etildi. Noorganik va analitik kimyo kafedrasiga dotsent Muqimova G.J. kafedra mudiri etib saylandi.

Kafedra qoshida 2000 yildan boshlab, O‘zR OAK ro‘yxatga kirgan “Anorganik kimyo” ilmiy seminari faoliyat ko‘rsatmoqda. 2005 yili anorganik va analitik kimyo kafedrasi qoshida 5A 440401-Noorganik kimyo mutaxassisligi bo‘yicha magistratura ochildi. Hozirgi vaqtda 5A140501-Kimyo (noorganik kimyo) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar hamda kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktoranturada doktorantlar ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.

Ayni paytda kafedrada 1 nafar kimyo fanlari doktori, professor,
2 nafar kimyo fanlari nomzodi, dotsentlar, 1 nafar k.f.PhD katta o‘qituvchi,
4 nafar o‘qituvchilar ilmiy pedagogik faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Kafedraning ilmiy salohiyati 45% ni tashkil etadi.

Kafedra professori, k.f.d. To‘rayev X.X. 2014 yil 2 yanvardan buyon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasining kimyo va farmatsevtika fanlari bo‘yicha  ekspert kengashi a’zosidir.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 500 dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan bo‘lib, shundan: 1 ta darslik, 5 ta o‘quv-metodik qo‘llanmalar, 5 ta monografiya, 4 ta mualliflik guvohnomasi (Moskva), 8 ta O‘zR patentlaridir. Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari xalqaro, MDH va respublika ilmiy anjumanlarida o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqdalar. Jumladan, kafedra professor-o‘qituvchilari Ukrainada ananaviy  o‘tkaziladigan Xalqaro «Noyob va nodir metallar» (1994, 1997, 2000, 2004, 2008, 2011 y.y.), Moskva shahrida o‘tkaziladigan I.I.Chernyayev Xalqaro kengashi (1993, 1996, 2001, 2004, 2007, 2010, 2013,2018 y.y.) va koordinatsion kimyo bo‘yicha Xalqaro Chugayev konferensiya (Kishinev 2004, Odessa 2007, Sankt-Peturburg 2009, Suzdal 2011, Novosibirsk 2014,2018) larining faol ishtirokchilaridir. Shuningdek, D.I.Mendeleyevning XVIII, XIX va XIX s’ezdlarida (2007, 2010, 2013,2017) muntazam ishtirok etib kelinmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari Termiz davlat universitetida ananaviy ravishda o‘tkaziladigan akademik A.G‘.G‘aniyev nomidagi (2002, 2005, 2008, 2011, 2014,2017 y.y.) “Analitik kimyoning dolzarb muammolari” Respublika ilmiy-amaliy anjumanining doimiy tashkilotchisi hisoblanadi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari rahbarligida 6 nafar Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiatlari va 2 nafar “Yurt kelajagi” Respublika yoshlar tanlovi  g‘oliblari tayyorlangan.

2018-2019 o‘quv yilida kafedrada bakalavriatura ta’lim yo‘nalishlarida jami 10 ta va magistraturada esa 7 ta mutaxassislik fanlari o‘qitiladi.

Bakalavriatura ta’lim yo‘nalishlarida:

Noorganik kimyo;

Analitik kimyo;

Analitik kimyoda organik reagentlar;

Kolloid kimyo;

Nazariy kimyo;

Fizik-kolloid kimyo va tahlil usullari;

Kimyo;

Qurilish kimyosi;

Umumiy kimyo;

Kimyo asoslari;

5A140501-Kimyo (noorganik kimyo) magistratura mutaxassisligida:

Noorganik va analitik  kimyoning tanlangan boblari;

Fizikaviy kimyoning dolzarb muammolari;

Nodir va kamyob metallar kimyosi;

Tabiiy va sintetik organik birikmalarning tuzilishi va xossalari;

Noorganik moddalar sintezining nazariy asoslari;

Bionoorganik kimyoning dolzarb muammolari;

Noorganik kimyoning ayrim muammolari va istiqbollari.

                                          Noorganik va analitik kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari

F.I.Sh. Lavozimi Dars beradigan fanlari
 1 Muqimova Gulvar Jumayevna Kafedra mudiri, kimyo fanlari nomzodi, dotsent noorganik kimyo,

kolloid kimyo, noorganik kimyoning ayrim muammolari va istiqbollari, Noorganik moddalar sintezining nazariy asoslari

 22 To‘rayev Xayit Xudaynazarovich Kimyo fanlari doktori, professor analitik kimyo,

noorganik va analitik  kimyoning tanlangan boblari

 3 Xamrayev To‘xta Ashurovich

 

Kimyo fanlari nomzodi, dotsent noorganik kimyo, kimyo tarixi, noorganik va analitik  kimyoning tanlangan boblari
 4 Qosimov Sherzod Abduzoirovich Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchi noorganik kimyo, analitik kimyo, fizikaviy kimyoning tanlangan boblari
 5 Alimnazarov Bemurod Xurramovich

 

katta o‘qituvchi noorganik kimyo, analitik kimyo,

umumiy kimyo

 6 Pardayev Otabek To‘xtamishovich

 

o‘qituvchi noorganik kimyo, analitik kimyo, fizik-kolloid kimyo va tahlil usullari
 7 Umirova Gulnora Abdurahmonovna

 

o‘qituvchi noorganik kimyo, analitik kimyo, kimyo tarixi, kimyo
 8 Babamuratov Bekzod Ergashevich

 

o‘qituvchi umumiy kimyo, qurilish kimyosi
 9 Shukurov Dilmurod Xursanovich

 

o‘qituvchi umumiy kimyo, noorganik kimyo, qurilish kimyosi

002017 yil A.G‘.G‘aniyev nomidagi “Analitik kimyoning dolzarb muammolari” Respublika ilmiy-amaliy anjumanidan fotolavhalar01

02

03Kafedra professor-o‘qituvchilarining dars jarayonidan fotolavhalar04

05

06O‘zR FA akademigi, k.f.d., prof. Sh.Namazov bilan uchrashuv07

08

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support