Kimyo va texnologiya fakulteti

1,142 Views

Kimyo va texnologiya fakulteti  Termiz davlat universitetining yangi tuzilmasiga asosan 2018 yilning 26 avgustida sobiq texnika fakulteti bazasida tashkil etilgan bo‘lib, fakultetda 62 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Fakultet professor-o‘qituvchilaridan: 2 nafari kimyo va texnika fanlari doktorlari,  professorlar, 12 nafari fan nomzodlari, dotsentlar, 2 nafari kimyo fanlari bo‘yicha falsafa (PhD)  doktorlari, 16 nafari katta o‘qituvchilar va 26 nafari o‘qituvchilardir. So‘nggi ikki yilda fakultetda 1 ta doktorlik dissertatsiyasi va 2 ta kimyo fanlari bo‘yicha falsafa (PhD)  doktorlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Ayni paytda, fakultetda: 4 ta kafedra,  8 ta ta’lim yo‘nalishi, 2 ta magistratura mutaxassisligi va 02.00.01.–noorganik kimyo ixtisosligi bo‘yicha doktorantura mavjud bo‘lib,  ularda: 888 nafar bakalavrlar, 15 nafar magistrantlar va 6 nafar doktorantlar tahsil olmoqdalar.

Shuningdek, fakultetda  2017-2020 yillarga mo‘ljallangan OT-F7-34-sonli “Kompleks hosil qiluvchi polifunksional ionitlar sintezi va ular yordamida ba’zi d-metallarni ajratishning nazariy asoslari” mavzusidagi fundamental Davlat granti va 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan PZ–20170926176 “Surxondaryo viloyatida yerosti sho‘r suvlari tarkibidagi yod va uning birikmalarini  ajratib olish” mavzusidagi  maqsadli amaliy Davlat granti bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Yangi tashkil etilgan kimyo va texnologiya fakultetiga 2018 yilning 4 sentabridan, kimyo fanlari doktori, professor X.X. To‘rayev rahbarlik qilib kelmoqda.

Kimyo va texnologiya fakultet ma’muriyati

01 Kimyo va texnologiya fakulteti dekani

To‘rayev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00

Telefon: (+998 91)  579-06-33 ; ( +99876) 221-74-78

 002 Dekanning o‘quv  ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:

Tillayev Xolmamat Raxmonovich, katta o‘qituvchi

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00

Telefon: (+998 91)  907-13-41

 003 Dekanning o‘quv  ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:

Umirov Abdug‘affor To‘rayevich, katta o‘qituvchi

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00

Telefon: (+998 91)  577-71-28

 

 0005 Dekanning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha  o‘rinbosari:

Xamzayev Namoz Jovliyevich, katta o‘qituvchi

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00

Telefon: (+998 93) 636-59-04

 

 0006 Dekanning ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘yicha  o‘rinbosari:

Kasimov Sherzod Abduzoirovich, kimyo fanlari bo‘yicha

falsafa (PhD)  doktori

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00

Telefon: (+998 93)  566-04-39

 

Fakultet kafedralari :

  • Noorganik va analitik kimyo kafedrasi
  • Organik va fizikaviy kimyo kafedrasi
  • Sanoat texnologiyalari kafedrasi
  • Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi

Fakultet ta’lim yo‘nalishlari :

Bakalavriat:

– 5410500 – kasb ta’limi: qishloq xo‘jaligi maxsulotlari yetishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi

–   5320400 – kasb ta’limi: kimyoviy texnologiya

–  532090– kasb ta’limi: yengil sanoat buyumlari  konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi

–  5112100 – mehnat ta’limi

–  5140500 – kimyo

–  5320400 – kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)

–  320900 – yengil sanoat buyumlari  konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi

–  5321000 – oziq-ovqat texnologiyasi (maxsulotlar turlari bo‘yicha)

 Fakultet magistratura mutaxassisliklari:

  1. 5A140501 – kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha) – noorganik kimyo

2. 5A320401 – noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi (noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi bo‘yicha)

KAFEDRA HAYOTIDAN FOTO LAVHA

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support