Trulli Trulli Trulli

Jismoniy tarbiya va sport o’yinlari kafedrasi

107 Views

“Jismoniy tarbiya va sport oʻyinlari” kafedrasi toʻgʻrisida

qisqacha maʼlumot

 Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi 2001 yil 15 noyabrda Termiz davlat universitetini rektorining № 192 buyrugʻi asosida tashkil etildi. Ushbu oʻquv yilidan boshlab kafedra oʻqituvchi olimlari Jismoniy madaniyat, Biologiya, Muxandis texnika, CHet tillari, Fizika-matematika, Iqtisod, Moliya, Filologiya fakultetlarida “Jismoniy tarbiya va sport” fanlaridan amaliy mashgʻulotlarni olib borishganlar.

Kafedra mustaqil Oʻzbekistonimizning ravnaqi uchun 5112000-Jismoniy madaniyat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha  mutaxassis kadrlar tayyorlab beradi.

2014-2015 oʻquv yilida kafedrada 15 nafar professor – oʻqituvchilar, shulardan 2 nafar fan nomzodi, 3 nafar katta oʻqituvchi va 10 nafar oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatishgan. 2015-2017 oʻquv yilidan kafedrada 13 nafar professor – oʻqituvchilar, shulardan 1 nafar fan nomzodi, 2 nafar katta oʻqituvchi va 10 nafar oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatgan.

Xozirgi kunda “Jismoniy tarbiya va spor oʻyinlari” kafedrasi  deb yuritilayapti. 2018-2019 oʻquv yilidan kafedrada 8 nafar professor – oʻqituvchilar, shulardan  2 nafar katta oʻqituvchi va 6 nafar oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatishayapti.

Kafedra professor-oʻqituvchilari talabalarga sifatli dars berish bilan birga, ularning maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan yetuk insonlar boʻlib yetishishiga  alohida eʼtibor berishadi.

Oʻquv jarayonni tashkil qilish

Bakalavar taʼlim yoʻnalishlari mutaxasisliklar boʻyicha DTS va oʻquv dasturlarida belgilangan rejalar amalga oshirildi. Taʼlim yoʻnalishi va mutaxasisliklarning DTS bor. Jismoniy tarbiya va sport, Sport oʻyinlari va uni oʻqitish metodikasi fanidan Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika instituti bilan bogʻlanib namunaviy dasturlarni olib kelmoqdamiz.

Kafedra oʻqituvchilari tomonidan “Jismoniy tarbiya va sport” xamda  “Sport va harakat oʻyinlari” fanlaridan ishchi dasturlari yaratildi. SHu fanlardan ishchi rejalar qayta yangilandi. Oʻqituvchi olimlarimiz oʻzlarining kasbiy pedagogik mahoratlarini oshirish, malaka oshirish uchun  6 ta oʻqituvchi malakasini oshirib keldi.

Darslik va oʻquv ilmiy-uslubiy adabiyotlardan, gazeta va jurnallar, yangi pedagogik texnologiya asosida, internet saydlaridan foydalanib oʻzlarining maʼruza  matnlari va amaliy, seminar hamda tajriba darslarini qayta yangiladilar. Talaba bilimini baholashning reyting tizimi joriy etilishi talaba va oʻqituvchilarning yanada oʻz ustida ishlashga fanning soʻngi yutuqlaridan kompyuter, internet va boshqa manbalardan reyting test-savollari va variantlarini oʻqituvchilar ishlab chiqdilar. Talabaning reyting ishlanma haqqoniy va toʻgʻri yoʻl ekanligi amalda sinaldi. Hozirgi kunda oʻqituvchilarimiz reyting ishlanma bilan oʻz faoliyatini olib bormoqda.

 Fakultet tomonidan har bir oʻqituvchiga berkitilgan talabalarni oʻqituvchilar qoʻshimcha mashgʻulotlar olib boradilar. Kafedra navbatchi oʻqituvchilar har kuni Jismoniy tarbiya va sport darsidan oʻzlashtirilayotgan talabalar bilan stadionda mashgʻulot olib boradilar.  Oʻqituvchi-olimlarimiz yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars oʻtishni oʻrganmoqdalar.

Kafedramizda 8 nafar oʻqituvchi kompyuter bilan ishlashni oʻrganish uchun maxsus kurslarga taʼlim oladilar.  2018-2019  oʻquv yilida kafedra boʻyicha 8 ta oʻqituvchilarmizning ochiq amaliy mashgʻulotlari oʻtkazish belgilangan.

Kafedrada futbol (qizlar va yigitlar), basketbol (qizlar va yigitlar), voleybol (qizlar), qoʻl toʻpi (qizlar), badminton turlari boʻyicha toʻgaraklar faoliyat koʻrsatadi.Снимок

“JISMONIY TARBIYA VA SPORT OʻYINLARI”  KAFEDRASI  PROFESSOR-OʻQITUVCHILARINING DARSDAN TASHQARI SPORT TURLARIDAN MASHGʻULOTLAR OʻTKAZISH JADVALI 2018-2019 OʻQUV YILI UCHUN

Снимок Снимок2VOLEYBOL (QIZLAR) TOʻGARAGINING MASHGʻULOT JARAYONI

TerDu-Surxon” ayollar futbol  jamoasi haqida

MAʼLUMOT

Surxondaryo viloyatida  birinchi boʻlib  2005 yil “TerDu-Surxon” ayollar futbol  jamoasi  Termiz davlat Univerisiteti qoshida tashkil topgan.  Jamoa bugungi kunga qadar koʻzga koʻrinarli yutuqlarni qoʻlga kiritgan.  Masalan:  2006 yil  ayollar oʻrtasida tashkil etilgan Oʻzbekiston kubogida faxrli 3 oʻrinni qoʻlga kiritib, bronza medali sovrindori boʻlgan,  2007 yilda esa  ayollar oʻrtasida futzal  boʻyicha  Oʻzbekiston birinchiligida  faxrli  2-oʻrinni egallab kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2008 yil jamoa Qum ustida futbol oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib 3-oʻrinni egalladi va  bronza medalini qoʻlga kiritdi.  2010 yilga kelib “TerDu-Surxon” ayollar futbol  jamoasi moliyaviy inqirozga uchradi va jamoa tugatildi.

2013 yilga kelib  Viloyat xokimligi va Termiz davlat  unverisiteti  raxbariyati  tomonidan  jamoa qayta tuzildi va  viloyat xokimiyati tomonidan  77 million sum miqdordagi pul mablagʻi  ajratildi   va jamoa  Oʻzbekiston birinchiligida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

“TerDu-Surxon” ayollar futbol  jamoasi bir yil mobaynida bir qator yutuqlarni qoʻlga kiritdi, ular quyidagilar:

  1. “TerDu-Surxon” ayollar futbol jamoasi Oʻzbekiston kubogida qatnashdi.
  2. Oʻzbekiston birinchiligida 10 jamoa ichida  faxrli  2-oʻrinni egallab, kumush medallari bilan taqdirlanib oliy liga oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.

“TerDu-Surxon” ayollar futbol  jamoasi tarkibida 2 ta murabbiy  xamda  18 nafar  qizlardan  iborat boʻlib, ular  viloyatimizning  kollej,  maktablar  xamda  universitet talaba qizlaridan tashkil topgan.

Xozirgi kunda jamoa Termiz davlat universitetidagi  bazasida oʻquv-mashgʻulotlar yigʻinlarini doimiy ravishda olib bormoqda.

KAFEDRA HAYOTIDAN FOTO LAVHALAR

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support