Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi

629 Views

1965 yilda Termiz davlat pedagogika instituti tashkil etildi va unda dastlab jismoniy tarbiya, pedagogika va psixologiya qo’shma kafedrasi nomi bilan o’z faoliyatini boshlagan. Ushbu kafedrani dastlab o’qituvchi ye.N.Geyfman boshqargan.

1967 yildan boshlab institutda mustaqil jismoniy tarbiya kafedrasi faoliyat yurita boshlagan. 1969 yili O’.Ibrohimov va J.Toshpo’latovlar tashabbusi bilan institutda “Jismoniy tarbiya bo’limi” ochildi, unga 1977 yilgacha J.Toshpo’latov rahbarlik qildi.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasiga quyidagi professor-o’qituvchilar rahbarlik qilgan:

  • 1977-1982 yillar O’.Ibrohimov;
  • 1982-1983 yillar A. Qurbonov;
  • 1983-1984 yillar Yu. Struchalin;
  • 1984-1986 yillar Q. Alimov;
  • 1986-1989 yillar M. Raximov;
  • 1989-1995 yillar J. Toshpo’latov;
  • 1995-1999 yillar M. Raximov;
  • 1999-2005 yillar O’. Ibrohimov;
  • 2005-2013 yillar I. Daminov;
  • 2013-2014 yillar B.Toshmurodov;
  • 2014 yildan x.v. I. Daminov.

2014-yildan hozirgi kunga qadar dzyudo bo’yicha xalqaro toifadagi sport ustasi I.Daminov kafedraga rahbarlik qilib kelmoqda.

2015 yili kafedraning nomi “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”dan “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” deb nomlandi. 2018-yilning avgust oyidan boshlab kafedra “Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi” kafedrasi sifatida o’z faoliyatini yuritib kelmoqda.

Kafedra tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, o’z faoliyati davomida Respublika va xalqaro miqiyosidagi ko’plab sport ustalari, turli sport turlari bo’yicha yuqori malakali mutaxassis o’qituvchilar va murabbiylarni tarbiyalagan, xususan, respublikamizning sport faxriylari A.Qurbonov, N.Xo’jaqulov, O’.Shomurodov, Ch.Boboniyozov, A.Ustayev, F.Alyukov, YU.Sarkisyan, R.Fayruzov, R.O’tayev, A.Alimardanov, O’.Ergashev, K.Eshnazarovlarni butun Respublikamiz ahli taniydi.

Keyingi yillarda yetishib chiqqan sportchilar: Ilxom Daminov, Baxrom Arziyev, Botir Xasanov, Abdulhamid Mirzayev, Alisher Mirzayev, Ravshan Maxmudov, S.Do’stov, A.Xoliyorov, To’raboy O’tayev, Farhod Jo’lliyev, Bobomurod Rustamov A.Sorokin, N.Xolodov, S.Xamidova, F.Xamrayevlar, Nuriddin Ortiqov, To’lqin Valiyev, Olim Xudoyqulov, Hamro Primqulov, Sharof Xolmaxmatov, Abduraxmon Xudoyorov, Zarifjon Mallayev, Sanjar To’xtashev Umid Jo’rayev, Niyoz Choriyev, Doston Meyliyev, Jahongir Alimardonov, Baxtiyor To’rayev, Zavqiddin Abduqaxxorov, Madamin Hamidjonov, Yulduz Muxammadiyeva, Roxatoy Almurodova, va bir qator sportchilar yetishib chiqdilar.

Kafedra hozirgi kunlarda ham respublika va xalqaro miqiyosdagi musobaqalarda g’olib va sovrindor bo’layotgan talaba sportchilar bilan faxrlanishi mumkin.

Hozirgi kunda tahsil olayotgan sportchi talabalarimiz U.Choriyev, Sh.Jandriyev, S.Egamberdiyev, O’.Xusanov, X.Qodirov, I.Mamashoyeva, R.Ilmatova, M.Mo’minova, J.Amondavlatov, B.Amondavlatov, J.Boynazarov, kabi bir qator xalqaro toifadagi sport ustalari tahsil olishmoqda. Ushbu sportchi-talabalar universitetimiz va Respublikamiz sha’nini xalqaro arenalarda munosib himoya etib, o’z mavqei va mahoratlarini oshirib kelishmoqda.

Kafedra tashkilotchilaridan biri J.Toshpo’latov 1978-yilda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 1992-yili dotsent, 2003-yil professor ilmiy unvoniga sazovor bo’ldi.

O’.Ibrohimov 1990-yili dotsent, 2005-yili professor ilmiy unvoni sohibi bo’ldi. Katta o’qituvchilar Q.Alimov 1988-yili, Yo.Doniyeva 2009-yili nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishdi. Katta o’qituvchi O. Begimqulov 2012 yili dotsent ilmiy unvoni soxibi bo’ldi. Kafedramiz professor-o’qituvchilari faoliyati davomida 40-dan ortiq ommabop kitoblar, metodik va o’quv qo’llanmalar, 300-dan ortiq ilmiy maqolalar chop etishdi. Kafedra a’zolari sport-sog’lomlashtirish ishlari bilan birgalikda “Umumta’lim maktablari, o’rta-maxsus va oliy o’quv yurtlari yoshlarini tayyorlash va tarbiyalashda jismoniy tarbiya va sportning roli” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Shu bilan birga yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashda “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada”, sport musaboqalarida ham viloyatimiz yoshlar terma jamoasini tayyorlashda munosib ilmiy-amaliy tajriba almashish borasida ko’maklashib kelmoqda.

Kafedrada faoliyat ko’rsatgan sobiq professor-o’qituvchilar:

 V.Tixonov, V.Kalpakov, V. Voinov. ye Geyfman, M.Raximov, YU. Struchalin, A..Sakolov, J.Toshpo’latov, O’.Ibrohimov, Q.Alimov, A.Roziyev, X.F.Bikuzin, R.Bashirova, O.Xushboqov, V.Aymalov, G.Sharov, Sh.Tojiyev, O’.Xakimov, R.Raxmatov, N.Xo’jaqulov, R.Abdiyev, A.Zalesskiy, B.Axunov, A.Qurbonov, A.Umbarov, Q.Mamadiyorov, S. Ataqulov, F. Homudjonova, B.Botirov, T. Dusyarov, Sh.Shaxnazarov.

Kafedrada faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilar:

Kafedra mudiri I.Daminov, fakultet dekani: O.Begimqulov, professor J.Toshpo’latov, pedagogika fanlar nomzodi YA.Doniyeva, katta o’qituvchilar: B.Toshmurodov, H.Sharipov, P.To’rayev, A.Haqqulov, I.Hasanov, R.Ustoyev. O’.Salimov, o’qituvchilar: F.Xolmurodov, M.Usmonov, X.Raimov, G’.Berdiyev, YA Abdullayev, Sh.Xudoyberdiyevlar faoliyat ko’rsatmoqda.

KAFEDRANING ILMIY YO’NALISHLARI

– Ta’lim muassasalarida o’qiyotgan yoshlarga yangi pedagogik texnologiyalar asosida jismoniy ta’lim va tarbiya ishlarini takomillashtirish;

– Talaba yoshlar o’rtasida sport ishlarini tashkil qilish va yuqori malakali sportchilarni tayyorlash jarayonining barcha bosqichlarini ilmiy metodik ta’minlash;

– Jismoniy madaniyat yo’nalishi bo’yicha talabalarning kasbiy pedagogik mahoratini shakllantirish.

KAFEDRADA QUYIDAGI FANLAR O’QITILADI:

  • jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi;
  • gimnastika va uni o’qitish metodikasi;
  • jismoniy madaniyat gigiyenasi;
  • sport tibbiyoti;
  • jismoniy mashqlar biomexanikasi;
  • jismoniy madaniyatning fiziologik asoslari;
  • jismoniy tarbiya va sport;
  • kurash turlari va uni o’qitish metodikasi;
  • trenerlik kasbi;
  • sport mahoratini oshirish nazariyasi;

KAFEDRADA PROFESSOR-O’QITUVCHILAR TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN SPORT TO’GARAKLARI

 Universitet rektorining 2018 yil 20-may №192 sonli buyrug’i bilan kafedraning nomi “Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi” kafedrasi tashkil etildi.

Kafedrada kurash, dzyudo, sambo, boks, shoxmot, yengil atletika, og’ir atletika, voleybol, gandbol, tennis, stol tennis, suzish turlari bo’yicha to’garaklar faoliyat ko’rsatadi.

KAFEDRADA PROFESSOR-O’QITUVCHILAR TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN SPORT TO’GARAKLARI

Universitet rektorining 2018 yil 20-may №192 sonli buyrug’i bilan kafedraning nomi “Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi” kafedrasi tashkil etildi.

Kafedrada kurash, dzyudo, sambo, boks, shoxmot, yengil atletika, og’ir atletika, voleybol, gandbol, tennis, stol tennis, suzish turlari bo’yicha to’garaklar faoliyat ko’rsatadi.0102Снимок

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support