Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



Iqtisodiyot va menejment kafedrasi

207 Views

Kafedra 2018 yil tashkil topgan boʻlib, bugungi kunda 1 nafar fan doktori, 3 nafar fan nomzodi, 5 nafar katta oʻqituvchi va 8 nafar oʻqituvchilar faoliyat olib bormoqda. Kafedra professor-oʻqituvchilari oʻquv mashgʻulotlarini sifatli va zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, interfaol usullar asosida tashkil etib hamda talabalarni maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan yetuk inson boʻlib kamol topishida taʼlim-tarbiya uygʻunligiga alohida eʼtibor qaratib kelmoqdalar.

Kafedra tomonidan 5230100-iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) va 5231700-kadrlar menejmenti yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriat va 5A340201-iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) mutaxassisligi boʻyicha magistrlar tayyorlanmoqda.

Kafedrada “Yosh iqtisodchi” fan toʻgaragi va “Iqtisodchi” ilmiy toʻgaraklari faoliyat koʻrsatib kelmoqda. 2018/2019 oʻquv yilida kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan 15 ta ochiq dars va 15 ta ilmiy seminarlar oʻtkazish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan viloyatimizda joylashgan maktab va kollejlarda seminar-trening, master-klasslar oʻtkazilib kelinmoqda. Shuningdek, maktab va kollej oʻquvchilarini kasbga yoʻnaltirish borasida targʻibot-tashviqot ishlarini ham olib bormoqda.

Kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy hamkorlik qilish, oʻzaro tajriba almashish va professor-oʻqituvchilarning malakasini yanada oshirib borish maqsadida bir qator OTMlar jumladan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent moliya instituti hamda Xitoy Xalq Respublikasining Xunan universiteti bilan ilmiy aloqalar oʻrnatilgan.

Bunday xamkorliklar natijasi oʻlaroq kafedra katta oʻqituvchisi Sh.Otamurodov Xunan universite-tida “Eksport tarkibi va uning iqtisodiy oʻsishga taʼsiri” mavzusida iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori  (Phd) dissertatsiyasini muvaf-faqiyatli himoya qildi. Kafedra katta oʻqituvchisi N.Nurmatov ushbu universitetda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Joriy yil davomida kafedra professor-oʻqituvchilari jumladan, Sh.Ismatov va T.Mamatqulovlar  hamkorligida “Iqtisodiyot va menejment asoslari” fanidan oʻquv-uslubiy qoʻllanma, “Milliy iqtisodiyotning  rivojlanish qonunlari” nomli ilmiy risolalar nashr etilgan boʻlsa, katta oʻqituvchisi T.Mamajonova muallifligida esa “Namangan viloyatida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va sotishni marketing strategiyasini ishlab chiqish va takomillashtirishning dolzarb masalalari” nomli monografiyasi chop etish uchun tayyorlangan va topshirilgan. Bundan tashqari, xalqaro ilmiy jurnallarida 1 ta, Respublika miqyosida ilmiy jurnallarida 4 ta maqola, xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarida 15 ta, respublika miqyosidagi ilmiy-nazariy anjumanlarda 56 ta, OTM konferentsiyalarda 15 ta tezislar chop etildi.

Xozirgi vaqtda kafedra professor-oʻqituvchilarining qariyb 67 foizi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda:

  • Qishloq xoʻjaligi texnik taʼminotiga investitsiyalarni jalb etish jarayonlarni modellashtirish;
  • Meva-sabzavot korxonalarida eksportga yoʻnaltirilgan marketing strategiyasini shakllantirish;
  • Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar unumdorligini oshirishni ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish;
  • Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida pul muomalasini tartibga solishning innovatsion yondashuvlarini takomillashtirish;
  • Tijorat banklarda kredit portfelini diversifikatsiyalash va takomillashtirish yoʻllari;
  • Aholi turmush farovonligini oshirishning innovatsion omillarni takomillashtirish;
  • Xududiy sanoat tarmogʻini ekonometrik modellashtirish asosida uning samaradorligini oshirish (Surxondaryo viloyat misolida);
  • Sanoat korxonalarida moliyaviy rejalashtirish mexanizmini takomillashtirish (Surxondaryo viloyat misolida).
Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support