Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



gimn

159 Views

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI

“O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to’g’risida”gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o’n birinchi sessiyasida qabul qilingan.

Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so’zi

Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

 

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support