Trulli Trulli Trulli

Falsafa kafedrasi

132 Views

Kafedraning tarixi.

Universitetda falsafa ilmini o’qitish 1954-1955-o’quv yilida Termiz shahrida o’qituvchilar instituti tashkil etilgan vaqtdan boshlangan. Falsafa kafedrasi o’tgan yillar davomida turli nomlar bilan atalgan. U o’z davrida “Marksizm-leninizm”, “Falsafa va ilmiy kommunizm” nomlari bilan yuritilib, 1969-yilning mart oyidan boshlab «Falsafa» kafedrasi deb ataldi. O’z faoliyatini besh nafar o’qituvchi bilan boshlagan kafedra yil sayin kengaydi, olimlar, ilmiy xodimlar soni o’sdi. Fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlashga e’tibor kuchaytirildi. Natijada qisqa muddat ichida kafedra a’zolaridan quyidagi o’qituvchilar nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishdi. Jumladan, Sh.B.Samatov va R.Tursunov (1973), E.H.Bobomurodov va M.Q.Rahmonova (1978), J.Q.Shoymuratov (1980), X.X.Xudoyberdiev (1981), Ya.E.Alimov (1983), N.Berdiev (1986), J.T.Xolmo’minov (1988), A.E.Rahmonov (1990), U.Mustafaev, A.Rahmonov (1992), Z.Xoliqov, H.Rasulov (2001) Z.Nurova (2008)lar shu kafedrada ishlash va aspiranturaga yuborish natijasida nomzodlik dissertatsiyalarini, Sh.B.Samatov (1991) va E.H.Bobomurodov (1997)lar esa doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilishdi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan Xalq ta’limi xodimi X.X.Gizitdinov (marhum), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan Xalq ta’limi xodimi T.Q.Jovliev (marhum), Toshkent agrar universitetida kafedrani boshqargan dots. M.Q.Rahmonova (marhum), TerDU “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi dotsenti J.Q.Shoymurotov (marhum), Milliy istiqlol g’oyasi, huquq va ma’naviyat asoslari kafedrasi dotsenti A.Rahmonov (marhum), “Falsafa” kafedrasining katta o’qituvchilari T.Xo’jamurodov va Sh.To’ranov (marhum), uzoq yillar Toshkent agrar universitetida rektor lavozimida ishlagan biologiya fanlari doktori, professor H.Ch.Bo’riev, Toshkent moliya instituti falsafa kafedrasi mudiri f.f.d., professor N.M.Mamatov, Toshkent yuridik institutida kafedra mudiri, huquqshunoslik fanlari doktori, professor J.T.Xolmo’minov, Gubkin nomidagi Moskva davlat neft va gaz institutining Toshkent fililali prorektori, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent O.Ch.Jumaev, TerDU “Manbashunoslik, tarixshunoslik va maxsus tarix fanlari” kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, professor S.N.Tursunov, “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasining dоtsentlari Yu.Valiqulov va R.Tursunov, Samarqand arxitektura va qurilish institutining dotsenti A.Muhammadiev, Sherobod pedagogika kolleji direktori, tarix fanlari nomzodi P.Xushvaqtov, TerDU dotsentlari T.Annaev, pedagogika fanlari nomzodi A.Rahmatullaev, “Milliy g’oya, huquq va ma’naviyat asoslari” kafedrasining professori E.H.Bobomurodov, shu kafedraning dotsentlari X.Xudoyberdiev, U.Mustafaev, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir N.So’fiev, N.Sultonov, TerDU turli kafedralarida mehnat qilishayotgan Sh.Xudoyberdiev, M.Ro’zieva, B.Egamberdiev, Muzrobot tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i, mayor N.To’xtashev, Surxondaryo viloyat DXX boshqarmasi xodimi N.Rahmonova, Qurolli kuchlar sohasida faoliyat ko’rsatayotgan R.Hudoyqulova, Samarqandda pedogoglik faoliyatini davom ettirayotgan D.Hayitova, Sankt-Peterburg shahrida faoliyat ko’rsatayotgan N.G.Klimenko va boshqalar shu kafedrada ko’p yillar davomida ishlashdi, kamol topishdi, haqiqiy chiniqish, toblanish maktabini o’tashdi.

Kafedra 2016–2018 yillar davrida Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti tarkibida “Ijtimoiy fanlar kafedrasi” nomi bilan faoliyat olib bordi va 2018 yil sentyabr oyidan boshlab “Falsafa” nomi qayta tiklanib, f.f.n. A.Raxmonov kafedra mudiri etib tayinlandi va Tarix fakylteti tarkibida faoliyatini davom ettirmoqda.

Falsafa kafedrasida 2017-2018 o’quv yilida 17 nafar professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatib, ulardan 2 nafari ilmiy darajaga ega bo’lgan bo’lsa, 2018-2019 o’quv yilida kafedrada jami 22 nafar professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqda, ulardan 7 nafari ilmiy daraja va unvonlarga ega bo’lib, kafedraning ilmiy nufuzi 31,8%ni tashkil etadi.

 Kafedraning ilmiy ishlari.

Kafedra o’zining ilmiy-tadqiqot ishlarini “Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida ma’naviy madaniyat yuksalishining xususiyatlari” kompleks mavzusida olib bormoqda.

Kafedrada bajarilayotgan ilmiy ishlar Mustaqil Respublikamiz xalqlarining boy o’tmish merosini o’rganishda, mustaqil davlatimizning ilmiy asoslangan ijtimoiy-siyosiy faoliyatini belgilashda davlatimizning maqsadi, vazifasi, unga erishish yo’li, vositasi, usuli, davlat qurilishi, fuqarolik jamiyati qonuniyatlari, xalq faoliyatini ro’yobga chiqarish tizimini tashkil etish, siyosiy va huquqiy madaniyatni shakllantirish, barkamol avlod tarbiyasi haqida ilmiy asoslangan g’oyalar va tavsiyalar berishga qaratilgan. Bu borada falsafa fanlari doktori, professor Sh.B.Samatov tomonidan yaratilgan qator monografiyalar, xususan: «Milliy madaniyatlar ravnaqining xususiyatlari» (Toshkent: «Fan», 1983), «Ma’naviy madaniyat va onglilik» (Toshkent: «O’zbekiston», 1985), «Hozirgi sharoitda milliy madaniyatlar ravnaqi» (Toshkent, «O’zbekiston», 1990) va boshqalar; dotsentlar N.Oripov, N.Berdiev, H.Rasulov, J.Jumaev, A.Raxmohov, Y.Mystafaev, R.Norlievning qator asarlari; dotsentlar N.Berdiev va N.Oripovning qator she’riy to’plamlari muhim ahamiyatga egadir.

Bugungi kunda falsafa kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan o’qitiladigan fanlardan o’quv-metodik majmualar, o’quv-uslubiy ko’rsatmalar va o’z ilmiy yo’nalishlari bo’yicha o’nlab monografiyalar shuningdek yuzdan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilingan. Bundan tashqari kafedraning bir qancha professor-o’qituvchilari tomonidan doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish maqsadida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Quyida ularning ilmiy mavzulari ro’yxati berilmoqda.

  1. Turdiboev Bozor Xudoyberdievich – “Ijtimoiy-tarixiy jarayonlarni bilishning metodologik asoslari.” Ilmiy rahbar: prof. J.Yaxshilikov.
  2. Turobova Sevara Kattaqulovna. “Ilmiy bahsning mantiqiy epistemik tahlili.” Ilmiy rahbar: prof. M.Sharipov.
  3. Panjiev Suxrob – “Haqiqat tushunchasining gnoseologik asoslari: falsafiy-metologik tahlili.” Ilmiy rahbar: prof. K.Tulenova.
  4. Muxammadieva Oliya Narzullaevna – Parlamentarizm G`oyasining ijtimoiy-falsafiy tahlili. Ilmiy rahbar: F.f.dok.prof. F. Musaev
  5. Abdurazzoqov Gulmurod Musurmonqulovich – Mafkuraviy manzaraning hozirgi O’zbekiston yoshlarining yangicha tafakkur tarziga pozitiv ta’siri (ijtimoiy-falsafiy tahlil). Ilmiy rahbar: F.f.d. E.H.Bobomurodov.
  6. Majidov Maxmud Abdulmo’minovich – Postmoderin jamiyatda inson shaxsi transformatsiyasining ijtimoiy falsafiy tahlili. Ilmiy rahbar: F.f.d. prof. S.Choriev
  7. Xo’janova Tamara Jo’raevna Mafkuraviy profilaktika – yoshlarni g`oyaviy himoyalash omili (ijtimoiy falsafiy masala) Ilmiy rahbar: f.f.d. Q.Nazarov
  8. Ergashev Mavlon Ishniyazovich – O’zbekiston janubiy hududlaridagi o’rta asrlar davlatlari (Chag`oniyon misolida) Ilmiy rahbar: t.f.d.prof. S.Tursunov
  9. Toshev Kamol Tojinorovich – O’zbekistonda madaniy hayot: tajriba va muammolar 1946-1990 yy. (Surxon vohasi misolida). Ilmiy rahbar: T.f.d. Tursunov S.N.
  10. Norqobilov Muzaffar Jumaevich – Ijtimoiy kapital – O`zbekiston taraqqiyotini jadallashtirish manbai. Ilmiy rahbar: F.f.d. prof. S.Choriev

Kafedra a’zolari ko’plab xalqaro va respublika ilmiy-nazariy anjumanlarida faol qatnashib kelishmoqda.000

0000

0000000

000000

00000Falsafa kafedrasi quyidagi nufuzli oliy o’quv yurtlari bilan uzviy bog’lanib, hamkorlik aloqalarini olib boradi:

  1. Ulug’bek nomidagi O’zMUning Falsafa fakulteti.
  2. QarDUning Falsafa kafedrasi.
  3. Nizomiy nomidagi TDPUning Falsafa kafedrasi
  4. BuxDUning Falsafa kafedrasi.
  5. SamDUning Falsafa kafedrasi.
  6. Fan to’garaklari faoliyati.
    Kafedrada professor-o’qituvchilari tomonidan talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida quyidagi fan to’garaklari faoliyat yuritmoqda:
  7. “Gumata” info-debat diskussion klubi. Rahbarlari: M.Majitov – “Falsafa” kafedrasi katta o’qituvchisi, Sh. Abdulloyev – “O’zbekiston tarixi va manbashunoslik” kafedrasi katta o’qituvchisi.
  8. “Munozara” ilmiy to’garagi. Rahbari: M.Norqobilov– “Falsafa” kafedrasi katta o’qituvchisi.
  9. “Falsafa” fan to’garagi. Rahbari: O.Muhammadiyeva – “Falsafa” kafedrasi katta o’qituvchisi.

“Falsafa” kafedrasi qoshida tashkil etilgan fan to’garaklarida universitetning bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalari o’zlarini qiziqtirgan eng dolzarb mavzularda chiqishlar qiladilar. Falsafiy yo’nalishlarda turli xil savollarga javoblar olishadilar.00000000000000

000000000000

00000000

  1. Kafedra tomonidan o’qitiladigan fanlar ro’yxati.
  2. Dinshunislik.
  3. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi.

11

12

  1. Kafedra mudirlari xronologiyasi.
  2. f.f.n., dots. T.Q.Jovliev (1969-1970 yy.)
  3. f.f.n., dots. X.X.Gizitdinov (1971-1975 yy.).
  4. f.f.n., dots. Sh.B.Samatov (1975-1984yy.).
  5. dots. T.Q. Jovliev (1984-1986 yy.).
  6. f.f.n., dots. N.Berdiev (1987-1988 yy.).
  7. f.f.n., prof. Sh.B.Samatov (1988-2011 yy.).
  8. s.f.n., dots. H.M.Rasulov (2011-2013 yy.).
  9. t.f.n. S.D.Bo’riev (2013-2014 yy.)
  10. f.f.n. dots. U.U.Mustafaev (2014-2017 yy.)
  11. s.f.n. dots. H.M.Rasulov (2017-2018 yy.)
  12. 11. f.f.n. dots. A.E.Raxmonov 2018-yil sentabrdan mudirlik qilib kelmoqda.

“Falsafa” kafedrasining professor-o’qituvchilari ro’yxati.

 1  

Raxmonov Abdumalik Ergashevich – f.f.n., dotsent, kafedra mudiri.

 2  

Samatov Shomat Berdiyevich – f.f.d., professor.

 3  

Bobomurodov Erkin Hayitovich – f.f.d., professor.

 4  

Berdiyev Norali Berdiyevich – f.f.n., dotsent.

 5  

Narzullo Oripov – f.f.n., dotsent.

 6  

Mustafaev Ulash Utaevich – f.f.n. dotsent.

 7  

Norliyev Rustam Ibragimovich – f.f.n. dotsent.

 8  

Turdiboev Bozor Xudoyberdievich – katta o’qituvchi.

 9  

Abdurazzoqov Gulmurod Musurmonqulovich – katta o’qituvchi.

 10  

Turopova Sevara Kattaqulovna – katta o’qituvchi.

 11  

Muxammadieva Oliya Narzullaevna – katta o’qituvchi.

 12  

Majitov Maxmud Abdumo’min og’li– katta o’qituvchi.

 13  

Mamarajapov G’ayrat Abdulhakimovich – katta o’qituvchi.

 14  

Norqobilov Muzaffar Jumayevich – katta o’qituvchi.

 

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support