Zoologiya kafedrasi viloyatimizda biolog kadrlarga bo’lgan talabni e’tiborga olib, shu sohada kadrlar tayyorlashni yaxshilash maqsadida ilgari mavjud bo’lgan “Biologiya-ximiya” kafedrasi asosida 1956 yil tashkil qilingan. Kafedrani hozirga kunga qadar bir qator professor-o’qituvchilar boshqardi. Jumladan, 1956-1987 yillar davomida dots. M. Hojiyev, 1988-1992 yillarda dots. Sh.X. Xurramov, 1992-1997 yillarda dots. B. Xoliqnazarov, 1997-1999 yillarda dots. K. Eshnazarov, 2000-2009 yillarda professor Sh.X. Xurramovlar kafedrada kafedra mudiri sifatida faoliyat ko’rsatdilar. 2009 yildan ayni vaqtga qadar dots. X.Tangirov kafedrani kafedra mudiri sifatida boshqarib kelmoqda. O’tgan yillar mobaynida kafedrada ko’plab salohiyatli professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatganlar, bunday ustoz o’qituvchilardan prof. Sh. Xurramov, prof. A. Qulmamatov, dots. X. Saidov, dots. M. Devonov va k.o’q. SH. Ro’ziyevalar shular jumlasidandir. Shu bilan birga kafedra qoshida “Gelmintologiya muammoli ilmiy laboratoriyasi” faoliyat ko’rsatib, shu yillar davomida laboratoriyada professor-o’qituvchilarining olib borgan ilmiy tadqiqotlari asosida 1 ta doktorlik hamda 6 ta nomzodlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan. Hozirgi vaqtda ushbu laboratoriyada 2 ta doktorlik dissertatsiyasi bo’yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, kafedrada “Parazitologiya va gelmintologiya” mutaxassisligi bo’yicha doktarantura (PhD), hamda zoologiya mutaxassisligi bo’yicha magistratura faoliyat ko’rsatmoqda.
Zoologiya kafedrasining ilmiy yo’nalishlari
- Gelmintologiya
- Parazitologiya
- Malakologiya
- Ixtiologiya
Zoologiya kafedrasi professor-o’qituvchilarining
ilmiy-metodik ishlari
- O.Mavlonov, SH.X.Xurramov, X.Eshova
“Umurtqasizlar zoologiyasi” Darslik
Toshkent-“Mehnat”-2006 y.
2.O.Mavlonov,Sh.X.Xurramov, Z.Norboyev
“Umurtqasizlar zoologiyasi” Oliy va
o’rta ta’lim vazirligi oliy o’quv
yurtlarining biologiya fakultetlari
talabalari (bakalavriat bosqichi) uchun
darslik sifatida tavsiya etgan Toshkent-
“O’zbekiston”-2002 y.
- Sh.X.Xurramov “Surxondaryoning o’sim- liklar dunyosi” (ilmiy ishlar to’plami)
1-2- kitoblar Toshkent “YAngi asr avlodi”
– 2002 – 2004 y.y.
- A.Qulmamatov “Parazit umurtqasiz hayvonlar”O’quv qo’llanma.Toshkent-1988 y.
- A.Qulmamatov “Umurtqasizlar zoolo-giyasidan o’quv-dala amaliyoti” O’quv qo’llanma. Toshkent “O’qituvchi”-2004 y.
- Sh.X Xurramov, X.Tangirov “Umurt- qalilar zoologiyasidan amaliy mash-g’ulotlar” O’quv qo’llanma. Termiz- 2013 y.
- A.Sh. Xurramov “Umurtqasizlar zoolo-giyasida laboratoriya mashg’ulotlari” O’quv qo’llanma Termiz “Surxon-nashr” 2008y.
8.Sh.X.Xurramov, A.S.Bekmurodov “Halokat yoqasida” Ilmiy ommabop risola. Toshkent “Tafakkur” nashriyoti – 2014 y.
Kafedra tarkibi