Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



Universitetida tahsil olgan jahon miqyosidagi yetuk fan arboblari, professorlar hamda akademiklar to’g’risidagi ma’lumotlar

214 Views

ILMIY, PEDAGOGIK VA JAMOATCHILIK FAOLIYATI XAQIDA QISQACHA MA’LUMOT

Nazar Yuldoshevich To’rayev 1938 yil 19 mayda Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi Chuqur qishlog’ida dehqon oilasida tavallud topdi. Otasi — Yo’ldosh To’rayev unchalik savodxon bo’lmasa-da, fikrlari teran, hamma narsaga aqli yetadigan va xayotdagi barcha xodisalarni tushuntirib bera oladigan inson bo’lgan. SHu boisdan xam u kishi qishlokda maslaxatchi, boshliq yoki tuylarni yaxshi boshqaruvchi sifatida tan olingan va el-yurt xurmatiga sazovor inson edi. 1942-1944 yillarda Ikkinchi jaxon urushida qatnashdi. Urushdan nogiron bo’lib  kaytgach, jamoa xayotida faol ishtirok etdi. Onasi – Kimmatxon To’rayeva 1913 yilda tug’ilgan. 92 yoshga kirib vafot etdi. Bir umr farzandlar tarbiyasi bilan shug’ullandi.

N.Y. To’rayev 1945-1955 yillarda tumandagi mashxur A. Navoiy nomli 24-maktabda o’qidi va oltin medal bilan tugatdi. 1955-56 o’quv yilida shu maktabda matematika fanidan dars berdi. 1956 yilda Samarqand davlat universitetga fizika bo’limiga o’qishga kirdi va 1961 yilda imtiyozli bitirib chiqdi. Universitetni a’lo bitirganligi sababli, uni mashxur fizik olim, akademik U.O.Oripov Yadro fizikasi institutiga ilmiy xodimlikka taklif etdi. 1964-67 yillarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutga aspirant bo’ldi. «Qattiq jismlar sirtida o’rtacha energiyadagi atomlarning sochilishi nazariyasi muammolari» bilan shug’ullandi.

Akademik U.O.Oripovning bevosita ilmiy raxbarligida N.Y. To’rayev 1968 yilda Elektronika institutida fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ximoya qildi.
photo_2019-03-16_09-21-51photo_2019-03-16_09-17-48photo_2019-03-16_09-17-37

batafsil…

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support