Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



Turizm va mehmonxona xo’jaligi kafedrasi

326 Views

Kafedra 2018 yil tashkil topgan bo’lib, bugungi kunda 1 nafar fan nomzodi dotsent, 3 nafar katta o’qituvchi va 7 nafar o’qituvchilar faoliyat ko’rsatayapti. Kafedra professor-o’qituvchilari talabalarga sifatli dars berish  bilan birga, ularning ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yetuk insonlar bo’lib yetishishiga alohida e’tibor berishadi. Kafedra Turizm va Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish ta’lim yo’nalishi bo’yicha tayanch oliy ma’lumotli bakalavr kadrlar tayyorlab beradi.

Kafedrada “Turizm industriyasi” fan to’garagi va “Innovatsion turizm” ilmiy to’garaklari faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 2018 – 2019 o’quv yilida kafedra professor – o’qituvchilari tomonidan 2 ta ochiq dars va 2 ta ilmiy seminar o’tkazish rejalashtirilgan.

Kafedra talabalarning malakaviy amaliyot o’tashlari va boshqa hamkorlik aloqalarni mustahkamlash maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi va Surxondaryo viloyat ma’naviyat boshqarmasi bilan ikkitomonlama shartnoma imzolangan. Shuningdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Samarqand iqtisodoyot va servis instituti, Urganch davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti hamda O’zbekiston Milliy universitetlari bilan ilmiy aloqalar o’rnatgan.

So’ngi 3 yil davomida kafedra o’qituvchilari tomonidan 1 ta monografiya, 3 ta ilmiy ommabop risola, 4 ta o’quv uslubiy qo’llanma, 6 ta respublika va xalqaro jurnallarida ilmiy maqolalar chop etilgan.

Kafedra o’qituvchilaridan 2 nafari falsafa doktori (Doctor of Philosophy)  va  1 nafari fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalarini olish uchun ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.

Kafedra quyidagi yo’nalishlarda ilmiy izlanishlar olib bormoqda:

  • milliy iqtisodiyot rivojlanishiga turizmni ta’siri va salohiyatini oshirish  yo’llari;
  • xalqaro turizmni rivojlantirishning nazariy jihatlari va ustuvor yo’nalishlari;
  • mehmonxona xo’jaligini innovatsion boshqarishning samarali usullari;
  • turizmni rivojlantirishning mintaqaviy xususiyatlari.
Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support