Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



Transporti tizimlari va inshootlari kafedrasi

690 Views

Transporti  tizimlari va inshootlari  kafedrasi

Kafedra mudiri t.f.n.,  dots. Qo’ziyev  Abdimurot  O’roqovich

Telefon: 91-581 13 24

Kafedraning ilmiy yo’nalishi: Avtotransportdan unumli foydalanish, uning xavfsizligini oshirish va ekologiyaga zararli ta’sirini kamaytirish muammolarining yechimi.

Kafedra tarixi

Kafedraning iqtidorli talabalaridan bo’lgan A.Avliyoqulov, A.Absamatov va R.Avliyoqulovalar nomzodlik  dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. O. Achildiev O’zMEIda va  U.Xodievlar doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqdalar, ko’plab talabalar respublikamizning boshqa oliy o’quv yurtlaridagi magistraturalarida o’qishmoqda.O’tgan davrlar davomida kafedra pedagog-xodimlaridan B.Omonov, A.Qo’ziev  va Yo.Karimov nomzodlik  dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Kafedraning  iqtidorli talabalaridan 6 nafari: O.Ochildiev (2000 y.), S.Bo’ronov (2003 y.), M.Ravshanov (2004 y.), U.Ismoilov (2005 y.), A.Abduraxmonov (2006 y.), X.Qurbonov (2007 y.), M.Karimov (2008 y.), R.Xudoyqulov (2009 y.)lar Beruniy nomidagi Davlat  stipendiyasi  sovrindori   bo’lishdilar. SHuningdek  talabalar respublika fan olimpiadalarida faxrli  II va III  o’rinlarni  egallashgan.

1995-2000 yillarda ko’plab talabalar ishlab chiqarish amaliyotlarini Asaka shahridagi O’zDEU qo’shma korxonasida  o’tashdi.

So’nggi 5 yilda kafedra a’zolari tomonidan 3 ta monografiya, 2 ta o’quv qo’llanma va 30 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan.

Kafedra pedagog xodimlaridan K.A.Yadgorov va  Yo.Z.Karimov Rossiya Federativ Respublikasining nufuzli oliy o’quv yurtlarida  malaka oshirishdi.

Bugungi  kunda  kafedra pedagog-xodimlari 5310600-Erusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi ta’lim  yo’nalishi  bo’yicha malakali bakalavr kadrlar tayyorlashmoqdalar.

Kafedra tegishli fanlar bo’yicha o’quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirmoqda.

Kafedra o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy hujjatlari va Termiz davlat universiteti ustavi asosida ish yuritib kelmoqdalar.

 011 Transporti tizimlari va inshootlari kafedrasi 1991 yil Toshkent  avtomobil-yo’llar institutining  Termiz filiali tarkibida maxsus  fanlar kafedrasi sifatida tashkil etilgan va unga  1991-1998 y.y. texnika fanlari nomzodi, dotsent B.R.Chaqqonov rahbarlik qilgan. Ayni shu davrlarda avtomobil va avtomobil xo’jaligi, avtomobillarda  tashishni  tashkil etish va boshqarish  ta’lim yo’nalishlari bo’yicha kunduzgi va sirtqi bo’limlarda kadrlar tayyorlangan.
 012 Muhtaram  birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov farmoni bilan  viloyatlardagi  pedagogika institutlariga  universiversitet  maqomi berilgach, 1995 yilning  avgust oyidan mazkur kafedra  Avtomobil transporti  kafedrasi  nomi bilan Termiz davlat  universiteti  tarkibida  faoliyat yurita boshlagan.

1998-2010 y.y. Avtomobil transporti kafedrasiga t.f.n., dots. D.Maxmudov mudirlik qilgan.

 
013
2010 yili Avtomobil transporti va umummuhandislik  fanlari kafedrasi birlashtirilib, Avtomobil transporti va umummuhandislik  fanlari kafedrasi nomi bilan 2011 yilgacha faoliyat ko’rsatdi va kafedraga t.f.n. Yo.Karimov rahbarlik qildi.
00 2011 yildan kafedra Transport vositalari nomini oldi, kafedra mudiri etib t.f.n. F.Baxramov saylandi va 2015 yilgacha  rahbarlik  qildi.
 014

2015 yilda mazkur kafedra negizida Yer usti transport tizimlari kafedrasi tashkil etildi. Bu kafedraga t.f.n.,  dots. A.Qo’ziyev  mudir etib tayinlandi. Mazkur kafedra 2018 yil 27 avgustdan universitetning yangi tuzilmasi bo’yicha Transport tizimlari va inshootlari kafedrasi nomi bilan faoliyat olib bormoqda.

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

  • 5 5310600- Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi

Kafedrada   o’qitiladigan   fanlar:

  • Transport vositalarining konstruktsiyasi
  • Ixtisoslashtirilgan transport vositalari
  • Transport logistikasi
  • Yo’l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari
  • Issiqlik texnikasi va ichki yonuv dvigatellari
  • Transport vositalarida ishlatiladigan ekspluatatsion materiallar
  • Hayot faoliyati xavfsizligi
  • Tashishni tashkil etish va boshqarish
  • Avtotransport tarmog’i korxonalarini loyihalash
  • Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi
  • Avtomobillarda tashish va harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari
  • Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari
  • Yonilg’i va moylash materiallari
  • Transportda ortish va tushirish jihozlari
  • Avtomobilsozlik texnologiyasi
  • Texnik tizimlarni boshqarish
  • Transport vositalari detallarining ish qobiliyati qayta tiklash texnologiyalari
  • Avtomobillar servis asoslari
  • Transport vositalari korxonalari ishlab chiqarish texnika bazalari

Kafedra  mudiri dots. A. Qo’ziyev rahbarligida “Hudud transport tarmog’ini optimal rivojlantirish va istiqboldagi yuk oqimlarini samarali o’zlashtirishda logistik tamoyillarni keng qo’llash” mavzusidagi №OT-Atex-2018-352-sonli amaliy loyiha bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Kafedra “Xorijiy grant”-ERASMUS+dasturi asosida 586292-ERR-1-2017-1-PL-EPPKA2-CBHE-JP “Intelligent Transport Systems: New ICT based Master’s Curricula in Uzbekistan” (“Intellektual transport tizimlari: O’zbekistonda yangi AKTga asoslangan Magistratura yo’nalishi”) loyihasi ishtirokchisi hisoblanadi.

Joriy yilning 28-31oktyabr kunlari Polsha davlatining Gdansk texnologiya universitetida  ERASMUS+  dasturi asosida 586292-ERR-1-2017-1-RL-EPPKA2-CBHE-JP “Intellektual transport tizimlari: O’zbekistonda yangi axborot kommunikatsion texnologiyalarga asoslangan magistratura yo’nalishi”  (“Intelligent Transport Systems: New ICT based Master”s Curricula in Uzbekistan”) loyihasi ishtirokchilarining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.llllllMazkur seminarda Termiz davlat universitetidan A.H.Toshqulov, Transport tizimlari va inshootlari kafedrasi mudiri A.O’.Qo’ziyev va Z.O.Samadovlar ishtirok etib qaytishdi.

Kafedra o’qituvchilari tomonidan nashr etilgan asosiy ilmiy ishlar

Butayev Sh.A., Sidiqnazarov Q.M., Murodov A.S., Qo’ziyev A.O’. Logistika (Etkazib berish zanjirida oqimlarni boshqarish).-Toshkent: “Extremum-Press”, 2012.-577 bet.

Bo’tayev.Sh. A., Umarov Sh., Qo’ziyev A. Logisticheskiye metodы i modeli upravleniya potokami postavok xlopka sыrtsa v xlopkoochistitelnoy promыshlennosti.-Toshkent: Fan, 2010.-164 bet.

Bo’tayev Sh. A., Qo’ziyev A. O’. Iqtisodiy hududning transport infratuzilmasini optimal rivojlantirish modellari va uslublari.-Toshkent, Fan, 2009. – 140 b.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

Kafedra manzili:

Termiz davlat universiteti

Arxitektura va qurilish fakulteti

4-bino  1-qavat 107 xona

Transport tizimlari va inshootlari kafedrasi

tel : (+99891) 581-13-24

e-mail: abdimurot.qoziyev.67@bk

 

 

Kafedra manzili:

Termiz davlat universiteti

Arxitektura va qurilish fakulteti

4-bino  1-qavat 107 xona

Transport tizimlari va inshootlari kafedrasi

tel : (+99891) 581-13-24

e-mail:            abdimurot.qoziyev.67@bk

Kafedra hayotidan foto lavhalarphoto_2018-10-22_14-49-15

photo_2018-10-22_14-49-59

photo_2018-10-22_14-50-27

photo_2018-10-22_14-50-46

photo_2018-10-22_14-51-07

photo_2018-10-22_16-18-42

004

 

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support