Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



Tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi

310 Views

KAFEDRA   TARIXI

Tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi 2006 yil 15 sentabrdan Tojik tili va adabiyoti kafedra sifatida o‘z faoliyatini boshlagan. O‘sha davrda kafedrani filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ramazon Abdullayev boshqardi.

2009 yildan 2015 yil avgust oyigacha  kafedra a’zolari umumiy tilshunoslik va jahon adabiyoti kafedrasi a’zolari bilan birgalikda faoliyat olib bordi.

2015 yilning 27 sentabridan “Tojik tili va adabiyoti”, 2018 yil 27 avgustdan yangi struktura bo‘yicha “Tojik filologiyasi va sharq tillari” kafedrasi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Bugungi kunda kafedrada ikki nafar fan nomzodi, ikki  nafar katta o‘qituvchi hamda olti nafar o‘qituvchi  – jami:  10 kishi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bugungi kungacha 5 ta monografiya, 5 ta o‘quv  qo‘llanma, 4 ta risola, 2 ta she’riy to‘plam, 200 ga yaqin ilmiy va ilmiy – ommabop maqolalar chop etilgan.

Tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasining ta’lim yo‘nalishi: 5120100-Filologiya va tillarni o‘qitish: Tojik tili. Mazkur yunalishda har yil 20-25 talaba qabul qilinadi.

Kafedraning  ilmiy  yo‘nalishi

Termiz va termiziylarni merosini o‘rganish.

O‘zbek  va tojik adabiy aloqalari.

Tojik adabiyoti mustaqillik davrida

Kafedraning  ilmiy  aloqalari

O‘zRFA Til va adabiyot instituti

O‘zbekiston Milliy universiteti

Toshkent Sharqshunoslik instituti

Toshkent davlat Jaxon tillari universiteti

Eronning Texron universiteti

Samarqand davlat universiteti

Buxoro davlat universiteti

Xujand davlat universiteti

Kafedra qoshida “Chashmai adab” ilmiy to’garagi faoliyat yuritib kelmoqda0Bugungi kunda kafedra professor o’qituvchilari falsafa fanlari doktori(PhD) ilmiy darajasini olish maqsadida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Quyidagi ilmiy mavzularda tadqiqotlar olib borilmoqda.

  1. Saidova Sayyora- Xususiyathoi g’oyaviy va uslubii vojahoi mushtaraki zabonhoi tojikiy-o’zbekiy dar qarni XX. Ilmiy rahbari: T.R.Choriyev.
  1. Jamahmatov Karomiddin. Tadqiqi ro’zgor va osori Badri Chochiy. Ilmiy rahbari: dots. R.Abdullayev.

Kafedrada o’qitiladigan fanlar ro’yxati:

  1. Tojik mumtoz adabiyoti tarixi
  2. Hozirgi tojik adabiy tili
  3. Tojik folklori
  4. Tilshunoslik nazariyasi
  5. Adabiyotshunoslikka kirish
  6. Adabiy jarayon va sabkshunoslik
  7. Tilshunoslik va tabiiy fanlar
  8. Tojik tili tarixi
  9. Tojik dialektologiyasi
  10. Jahon adabiyoti tarixi
  11. Nazmshunoslik
  12. O‘zbek tojik adabiy aloqalari
  13. Jahon va eroniy xalqlar adabiyoti
  14. Tojik tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi
  15. Eski tojik tili va yozuvi
  16. Badiiy san’at asoslari
  17. Qiyosiy-tarixiy grammatika
  18. Yangi tojik adabiyoti tarixi
  19. Tojik adabiy tanqidchilik tarixi
  20. Tasavvuf va mumtoz poetika asoslari
  21. Uslubshunoslik
  22. Sharq tillari (arab va fors)

Tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi professor-o’qituvchilari ro’yxati
00

000

0000

00000

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan NNT Tojik madaniyat markazi bilan hamkorlik shartnomasi mavjud. Shu hamkorlikni quyidagi lavhalardan ko‘rish mumkin.

01

02

03

04

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support