Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



Department of correspondence education and distance learning

1,616 Views

СнимокSirtqi taʼlim va masofadan oʻqtish boʻlim faoliyatining asosiy yoʻnalishlari

  • Oʻzbekiston Respublikasining taʼlimga oid Qonunlari, Prezident Qarorlari, Farmonlari, Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Hayʼat Qarorlari, buyruqlari, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining boʻlimda bajarilishini taʼminlash va monitoringini olib borish;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan taʼlimga oid qabul qilingan qaror, farmonlarning mazmunini talabalar va professor-oʻqituvchilarga yetkazib borish;
  • Davlat taʼlim standartlari va malaka talablari hamda oʻquv jarayoni grafigi boʻyicha oʻquv jarayonini tashkil etish
  • Boʻlimda mavjud boʻlgan taʼlim yoʻnalishlarining oʻquv rejalarini bajarilishini taʼminlash;
  • Boʻlimning barcha faoliyati va xodimlarga umumiy rahbarlik qilish;
  • umumtaʼlim maktablari, maktabgacha va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash taʼlim mazmuni zamonaviy talablarga uygʻun rivojlantirilishini taʼminlash;
  • oʻquv jarayonlariga pedagogika sohasi olimlari va mamlakatimizning yetuk mutaxassislari jalb etilishini tashkil etish;
  • pedagoglik kasbining jamiyatdagi oʻrni va nufuzini oshirish, jumladan yoshlarni oʻqituvchilik kasbiga yoʻnaltirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish;
  • oʻqitishning yangi texnologiyalari tatbiq qilinishini va talabalar oʻzlashtirishi nazorat qilinishini taʼminlash;
  • talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mavzularini muvofiqlashtirish va tasdiqlash;
  • talabalar bilan oʻquv va tarbiyaviy ishlar olib borish samaradorligini oshirish choralarini koʻrish;
  • oʻquv jarayonini taʼminlaydigan professor-oʻqituvchilarning oʻquv-metodik, ilmiy ishlarini rejalashtirish, tashkil etish va muvofiqlashtirish;
  • talabalarning malakaviy amaliyotlarini tashkil qilish boʻyicha ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzish;
  • sirtqi (maxsus sirtqi) boʻlimning oliy taʼlim muassasasining boshqa tuzilmalari bilan oʻzaro aloqani taʼminlash;
  • kadrlar tayyorlash va taʼlim sifatini oʻrganish maqsadida doimiy ravishda talaba, professor-oʻqituvchi va kadrlar isteʼmolchilari oʻrtasida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish.
  • Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda oʻquv jarayonini tashkil qilish:
  • sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda oʻquv jarayoni taʼlim sohalarining davlat taʼlim standartlari va tegishli taʼlim yoʻnalishlari malaka talablari asosida tayyorlangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan kunduzgi taʼlim uchun tasdiqlangan oʻquv rejasi va fan dasturlari asosida tashkil etiladi;
  • sirtqi (maxsus sirtki) taʼlimda taʼlim yoʻnalishlarining ishchi oʻquv rejasi va fan dasturlari belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv rejasi va fan dasturlari asosida ishlab chiqiladi hamda tayanch oliy taʼlim muassasalari bilan kelishgan holda tasdiqlanadi;
  • sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda oʻquv jarayoni jadvali belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv rejasi asosida ishlab chiqilgan ishchi oʻquv rejasida qayd etiladi;
  • sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim talabasi uchun oʻqishga qabul qilingan oʻquv yili boshida (odatda, sentyabr-oktyabr oylarida) bevosita oliy taʼlim muassasasida 10 kunlik oʻquv jarayoni bilan dastlabki tanishtiruv hamda semestr davomida oʻqitiladigan fanlar boʻyicha qisqacha (ishchi oʻquv rejasida belgilangan hajmda) maʼruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashgʻulotlari oʻtkaziladi. Talabalarga mavzular boʻyicha topshiriqlar va ularni bajarish yuzasidan metodik koʻrsatmalar beriladi;
  • oʻquv sessiyasigacha boʻlgan muddatda sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda oʻqish mustaqil, jumladan, masofadan turib taʼlim olish shaklida amalga oshiriladi, bunda talaba metodik koʻrsatmalardan foydalangan holda ishchi oʻquv rejada semestr uchun rejalashtirilgan fanlarning dasturlarida belgilangan mavzularni mustaqil oʻzlashtiradi;
  • talaba fan boʻyicha topshiriqlarni bajargandan soʻng, uni fan oʻqituvchisiga belgilangan muddatlarda (odatda, masofadan turib Internet orqali) yuboradi hamda qayddan oʻtkazadi. Fan oʻqituvchisi talaba yuborgan materiallarni tekshirib, oraliq ishi sifatida baholaydi. Fan oʻqituvchisi mavzular boʻyicha navbatdagi topshiriqlar va koʻrsatmalarni yuborishi, shuningdek, on-layn rejimida oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishi mumkin;
  • sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim talabasi har bir semestr davomida bir marta oliy taʼlim muassasasiga oʻquv sessiyasiga chaqiriladi. Buning uchun unga oʻquv sessiyasi boshlanishiga qadar (kamida 10 kun oldin) belgilangan shaklda xabarnoma yuboriladi;
  • oʻquv sessiyasi davomida: talaba semestr uchun berilgan topshiriqlarni himoya qiladi; fan boʻyicha barcha topshiriqlar ijobiy baholangan taqdirda talabaga fan boʻyicha yakuniy baholashga kirish huquqi beriladi; fanlar boʻyicha yakuniy baholashlar oʻtkaziladi; navbatdagi semestr davomida oʻqitiladigan fanlar qisqacha (ishchi oʻquv rejasida belgilangan hajmda) maʼruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashgʻulotlari orqali tanishtiriladi. Ushbu mashgʻulotlar talabaga navbatdagi semestr davomida fanlarni oʻzlashtirishi va topshiriqlarni bajarishi uchun asosiy va qoʻshimcha adabiyotlar bilan ishlash usullari va texnologiyalarini oʻrgatishga qaratiladihamda mavzular boʻyicha topshiriqlar bilan ularni bajarish yuzasidan metodik koʻrsatmalar beriladi;
  • oʻquv sessiyasi davomida oʻtkaziladigan maʼruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashgʻulotlarida ilgʻor usul va texnologiyalardan (jumladan, muammoli, interaktiv, ijodiy faoliyatni rivojlantirish, ijodiy vazifalarni guruh boʻlib hal etish, hamkorlik pedagogikasi, tabaqalashtirish, individuallashtirish va boshqalardan) foydalaniladi.
  • sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda talaba tasdiqlangan ishchi oʻquv rejasidagi barcha oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi shart. Talabalar bilimini baholash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
  • sirtki (maxsus sirtqi) taʼlimda oraliq va yakuniy baholash turlari joriy qilinadi;
  • oraliq baholashning mazmuni, uni bajarish usul va tartiblari hamda soni (bir oʻquv semestri davomida ikki martagacha) har bir fan boʻyicha sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim uchun tayyorlangan ishchi fan dasturlarida belgilab beriladi va quyidagi mustaqil ish turlaridan iborat boʻladi: kurs (loyihasi) ishi; nazorat savollari va topshiriqlari; test-sinov savollari; keyslar, mashqlar, misol va masalalar; tajriba natijalari; ishlab chiqarish muammolarini hal etishga yoʻnaltirilgan maxsus metodik ishlanmalar va tavsiyalar; hisob-jadval ishlari va boshqalar.
  • oraliq baholash masofaviy aloqa orqali on-layn rejimida oʻtkazilishi ham mumkin;
  • sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim talabalarining malakaviy amaliyotlari ishchi oʻquv rejasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Odatda, bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotidan boshqa amaliyotlar (taʼlim yoʻnalishiga mos boʻlgan holda) talabaning ishlab turgan ish joyida mustaqil ravishda oʻtkaziladi;
  • bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti talabaning ish joyi taʼlim yoʻnalishiga mos boʻlmagan holda, shuningdek, ishlamayotgan talabalar uchun barcha malakaviy amaliyotlar oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilangan obʼektda belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
  • malakaviy amaliyotlarning hisobotlari oʻquv sessiyasi davrida belgilangan tartibda himoya qilinadi;
  • muayyan kursdagi fanlarni toʻliq oʻzlashtirgan talaba oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi bilan keyingi kursga oʻtkaziladi;
  • uzrli sabablar (kasallik, tabiiy ofat, xizmat safari, ogʻir oilaviy ahvol va boshqalar) tufayli muayyan kursdagi fanlarni belgilangan muddatlarda oʻzlashtira olmagan talabalarga muddati qoʻyilgan shaxsiy jadval beriladi, shaxsiy jadval tegishli prorektor tomonidan tasdiqlanadi va undagi muddat navbatdagi oʻquv yiliga oʻtmasligi lozim;
  • shaxsiy jadvalni belgilangan muddatda bajara olmagan talaba qayta oʻqish uchun kursda qoldiriladi, talaba birinchi kursning birinchi semestridagi akademik qarzdorlikni belgilangan muddatda bartaraf etmagan taqdirda, talabalar safidan chetlashtiriladi, kasallik tufayli akademik taʼtil berilgan holatlar bundan mustasno.
  • sirtqi (maxsus sirtki) taʼlimda har bir talaba uchun shaxsiy varaqa ochiladi hamda unda oliy taʼlim muassasasidagi faoliyatining toʻliq monitoringi yuritilib, quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi: oralik ishlarining bajarilishi; oraliq va yakuniy baholashlar natijalari; davlat attestatsiyasi baholari; bitiruv malakaviy ishi boʻyicha baho; kursdan kursga oʻtganligi.
  • 20.2. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda masofadan turib oʻqitish elementlaridan foydalanish:
  • sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda masofadan turib oʻqitish talabalarning asosiy ish joyidan ajralmagan holda oʻquv rejasidagi barcha fan dasturlarida belgilangan bilimlarni mustaqil masofadan turib oʻzlashtirish asosida amalga oshirilishi mumkin;
  • masofadan turib oʻqitish on-layn (masofadan turib real vaqt rejimida videomaʼruzalar, konsultatsiyalar, nazorat turlarini oʻtkazish) va off-layn (masofadan turib oʻqitish tizimidagi tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil ravishda oʻzlashtirish) rejimlarida tashkil etiladi;
  • masofadan turib oʻqitish jadvali sirtqi (maxsus sirtqi) boʻlim boshlgʻgi tomonidan belgilanadi;
  • sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda masofadan turib oʻqitish elementlaridan foydalanganda oʻquv kurslarining sifati va samaradorligining doimiy nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
  • masofadan turib oʻqitishning texnik taʼminoti oliy taʼlim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi;
  • sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda masofadan turib oʻqitish elementlarini joriy etish dasturiy platformasi, reglamenti va tartiblari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi;
  • sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda taʼlim faoliyatini amalga oshiruvchi kafedralar professor-oʻqituvchilari masofadan turib oʻqitishda oʻquv materiallari, topshiriqlar va maslahat-konsultativ ishlarni oliy taʼlim muassasasi saytidagi “Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim” sahifasiga joylashtiradi va ularning bajarilishini nazorat qilib boradi;
  • masofadan turib oʻqitish elementlaridan foydalangan xolda taʼlim beruvchi professor-oʻqituvchilar uchun oʻquv yuklamasi belgilangan tartibda belgilanadi;
  • Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi, sirtqi (maxsus sirtqi) boʻlim boshligʻi va tegishli kafedra mudiri masofadan turib oʻqitishni taʼminlaydi;
  • masofadan turib oʻqitishda oʻquv-metodik jarayonni takomillashtirish va ilmiy-metodik masalalar oliy taʼlim muassasasi oʻquv-metodik kengashi yigʻilishida muhokama qilib boriladi.
  •  Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda davlat attestatsiyasini tashkil etish:
  • sirtki (maxsus sirtqi) taʼlimda davlat attestaniyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi;
  • davlat attestatsiyalari oʻquv rejasida koʻrsatilgan fan (fanlar majmuasi) boʻyicha oʻtkaziladi;
  • oʻquv rejasida bitiruv malakaviy ishini bajarish nazarda tutilgan taqdirda, bitiruv malakaviy ishi oliy taʼlim muassasasi bakalavriatida oʻqitishning yakuniy bosqichi hisoblanadi va sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda bitiruv malakaviy ishi mavzusi va mazmuni asosan talabalarning amaliy faoliyati bilan bogʻliq holda shakllantiriladi;
  • sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda taʼlim yoʻnalishi ishchi oʻquv rejasini toʻliq bajargan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchiga Davlat attestatsiya komissiyasining qarori asosida “bakalavr” darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi bakalavr diplomi ilovasi bilan beriladi.
  •  Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim talabalarining oliy taʼlim muassasasida oʻquv sessiyasida ishtirokini taʼminlash:
  • sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim talabalariga oʻquv sessiyasida ishtirok etish uchun ishlab turgan joyidan kamida 30 kalendar kunlik oʻrtacha oylik maoshi saqlangan qoʻshimcha taʼtil beriladi, kursda qoldirilgan talabalarga esa haq toʻlanmaydigan taklif xabarnomasi beriladi;
  • sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim bitiruvchisiga yakuniy davlat attestatsiyalaridan oʻtish, bitiruv malakaviy ishini himoya qilish uchun taʼlim yoʻnalishi oʻquv rejasi va jadvalida belgilangan muddatlarda ishlab turgan joyidan kamida 30 kalendar kunlik oʻrtacha maoshi saqlangan qoʻshimcha taʼtil beriladi;
  • bitiruv malakaviy ishini yakunlash davrida bitiruvchi xizmat qilayotgan muassasa unga 30 kalendar kunlik maoshi saqlanmagan qoʻshimcha taʼtil berishi mumkin, talaba ish joyidan tashkilot rahbari va buxgalteri imzosi bilan shu davr uchun haq toʻlanmaydigan taʼtilda ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani Sirtqi (maxsus sirtqi) boʻlimga taqdim etadi;
  • bitiruv malakaviy ishining yakunlanganligi toʻgʻrisida uning himoyasi belgilangan kundan bir hafta muddat avval sirtqi (maxsus sirtqi) boʻlim boshligʻi va mutaxassis tayyorlovchi kafedra mudiri nomiga bildirgi yoziladi va tegishli hujjatda qayd qilinadi, bildirgi talaba yoki uning ilmiy rahbari tomonidan berilishi mumkin.
  • Boʻlim faoliyatiga oid maʼlumot va hisobotlarni Universitet raxbariyatiga oʻz vaqtida, oʻrnatilgan tartibda taqdim etib borish;
  • Oʻzining xizmat lavozim vazifalarini vijdonan bajarish.

Sirtqi taʼlim va masofadan oʻqtish boʻlim boshligʻi lavozimida ishlagan xodimlar

  1. Uzoqov 2017-2018 yil.
  2. Xasanov 2018 yil x.v
Main menu
Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support