Sanoat texnologiyalari kafedrasi

433 Views

777

 

Kafedra mudiri, kimyo fanlari

bo‘yicha falsafa (PhD) doktori,

Eshqurbonov F.B. 

Telefon: +998 97 754 84 92

 

Kafedra yo’nalishlari:

Ekstraksion fosfat kislotasi asosida fosforli o’g’itlar ishlab chiqarish texnologiyasi (02.00.13- Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi)

Mahalliy hom-ashyolar asosida yangi samarali kompleks hosil qiluvchi ionitlar olish va qo’llash texnologiyasi (02.00.14- Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi)

Silikat materiallar va kamyob, tarqoq hamda nodir metallar ishlab chiqarish texnologiyasi, kasb ta’limi: kimyoviy  texnologiya, engil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash  va texnologiyasi, don va don mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi va qishloq xo‘jaligi maxsulotlari etishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi.

Kafedrada dotsento S.Z. Xo’jamqulov boshchiligida fan va texnologiyalar taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi bajarilishi 2015-2017 yillarga mo’ljallangan A-12-77- “Ekstraksion fosfat kislotasini ftorsizlantirib, ammoniy ftorid va natriy kremneftorid olish texnologiyasini yaratish” mavzusidagi maqsadli amaliy Davlat granti bajarilgan.

 KAFEDRA TARIXI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 16-yanvardagi buyrug‘i va Termiz davlat universitetining 2015 yil 9-yanvardagi bayonnomasiga asosan 2015 yilning 26- avgustida texnika fakul’tetining umumiy kimyo kafedrasi negizida kimyoviy texnologiya kafedrasi tashkil etilgan edi. Kafedraga t.f.n., dots. S.Z. Xo‘jamqulov rahbarlik qilgan.

“Sanoat texnologiyalari” kafedrasi 2018 yil 25 iyundan texnika fakulteti  “kimyoviy texnologiya” kafedrasi tarkibida shakllangan bo‘lib, unga kimyo fanlari bo‘yicha falsafa (PhD) doktori, F.B. Eshqurbonov kafedra mudiri lavozimiga saylangan.

Kafedrada 5320400 -Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha), 5111000 Kasb ta’limi (5320400- Kimyoviy  texnologiya), 5111000-Kasb ta’limi (5320900- engil sanoat buyumlari  konstruksiyasini ishlash  va texnologiyasi, 5320900 engil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash  va texnologiyasi, 5321000 -Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) va 5111000- Kasb ta’limi (5410500 – Qishloq xo‘jaligi maxsulotlari etishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi) kabi ta’lim yo‘nalishlarida bakalavr darajasidagi kadlar hamda 5A320401- Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi (Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.

2018-2019 o‘quv yilia kafedrada bakalavriatura ta’lim yo‘nalishlarida jami 83 ta va magistraturada esa  6 ta mutaxassislik fanlari o‘qitiladi:

So‘ngi ikki yilda kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan 1 ta darslik, 5 ta o‘quv qo‘llanma va metodik ko‘rsatmalar chop etilgan. Respublika Intellektual mulk agentligi tomonidan 4 ta  patent olingan va nufuzli Respublika hamda Xorijiy ilmiy nashrlarda 30 dan ortiq maqolalari chop etilgan.

Kafedra hayotidan foto lavhalar1

2

3

4

Kafedradagi professor-o‘qituvchilar  tarkibi

0000000000000000000000000000000000

 

 

 

 

 

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support