Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



O`zbek adabiyotshunosligi kafedrasi

481 Views

KAFEDRA   TARIXI

 O‘zbek adabiyoti kafedrasi 1974 yil 1 sentabrdan mustaqil kafedra sifatida o‘z faoliyatini boshlagan. 2018-yil 27-sentabrdan O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi  maqomi berildi.

 O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasida shu  yillar mobaynida quyidagi professor-o‘qituvchilar kafedra mudiri bo‘lib ishlagan:

  1. 1974 – 1985 – dots. J.Esonov
  2. 1985 – 1989 – dots. J.Xo‘jaqulov
  3. 1989 – 1997 – dots. J.Esonov
  4. 1997 – 1998 – dots. A.Barotaliyev
  5. 1998 – 1999 – f.f.n. B.Murtazoyev
  6. 1999 – 2000 – prof. A.Abdullayev
  7. 2000 – 2006 – dots. B.Murtazoyev
  8. 2004 – 2005 – dots. J.Xo‘jaqulov
  9. 2005 – 2011 – f.f.n. N.Yo‘ldoshev
  10. 2011 – ф.ф.н. R.Normurodov
  11. 2011 – 2014- f.f.n. M.Xamrayeva
  12. 2014 – f.f.n. N.Yo‘ldoshev
  13. 2014 – f.f.n. N.Yo‘ldoshev
  14. 2014-2018- E.Jabborov
  15. 2018- hozirgi vaqtgacha f.f.n. N.Yo‘ldoshev boshqarib kelmoqda.

Shu vaqtga qadar kafedrada marhum ustozlardan dots. Boboxo‘jayev M.X, dots. Oqbo‘tayev H.S., dots. Mamashukurov Q.M., dots. Barotaliyev A.B., dots. Esanov J.E., dots. Xo‘jaqulov J., dots. R. Normurodovlar  faoliyat olib borganlar.

Hozirgi kunda kafedrada uch nafar fan nomzodi, bir nafar katta o‘qituvchi hamda sakkiz nafar magistr o‘qituvchi,  uch nafar o‘qituvchi– jami  15 kishi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bugungi kungacha 9 ta monografiya, 7 ta o‘quv  qo‘llanma, 1 ta risola, 3 ta she’riy to‘plam, 700 ga yaqin ilmiy va ilmiy – ommobop maqolalar chop etilgan.

O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi: Ta’lim yo‘nalishi: 5120100-Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili.

Kafedra a’zolari

 1

N.Yo‘ldoshev

1963 yilda tug‘ilgan. Filologiya fanlari nomzodi (1995). 3 ta risola, 3 ta o‘quv qo‘llanma hamda 50 ga yaqin ilmiy va ilmiy – ommabop maqolalar muallifi. “Cho‘lpon she’riyati poetikasi” nomli doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. Tel raqami: 91-907-37-63

 2 B.Murtazoyev

1947 yilda tug‘ilgan. Filologiya fanlari nomzodi (1993). 10 ta risola va monografiya hammualliflikda, hamda 200 dan ortiq ilmiy va ilmiy –ommabop maqolalar muallifi. Muharrirlik qilgan ishlari 20 dan ortiq,  40 ga yaqin risolalarga taqriz yozgan.

Tel raqami: 94 – 466-22-01

3 M.Berdimurodova

1969 yilda tug‘ilgan. Filologiya fanlari nomzodi (2010). 1 ta nashr va tadqiqot kitobi (2008 yil A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxona nashriyoti), 1 ta o‘quv qo‘llanma, hamda 40 dan ortiq ilmiy va ilmiy –ommabop maqolalar muallifi. 2013-yilda “Muhammad Yusuf Rojiy  Xorazmiy. Davri. Hayoti. Ijodi” monografiyasi “Muharrir” nashriyotida 1000 nusxada nashr etildi.

Tel raqami: 99-673-98-04

 

 4 G.Himmatova

1977-yilda tug‘ilgan. O‘qituvchi, 2000 – yildan  Termiz davlat universitetida o‘qituvchisi sifatida faoliyatini boshlagan,  2015 – yildan  o‘zbek tili va   adabiyoti kafedrasida faoliyat olib bormoqda.  20 ga yaqin ilmiy va ommabop maqolalar muallifi. O‘z.Res.Fa O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi, f.f.d. Sh.G.Turdimov rahbarligida “Bolalar qo‘shiqlari poetikasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib boryapti.

Tel raqami: 91-587-30-08

 5 E.Jabborov

1955 yilda tug‘ilgan. O‘qituvchi, 30 dan ortiq ilmiy va ommabop maqolalar muallifi. Nomzodlik  dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. 2015-yilda 1 ta monografiya, 1 ta  o‘quv qo‘llanma muallifi. Жаҳон маърифатчилик адабиёти: O‘zMU professori, f.f.d. Boltaboyev Hamidulla Ubaydullayevich rahbarligida Ғарбий Yevropa va o‘zbek adabiyotining qiyosiy tahlili” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib boryapti.

Tel raqami: 94-205-78-18

 

 6 А.Esanov

1974-yilda tug‘ilgan.  O‘qituvchi, 2002- yilda Termiz davlat universitetida o‘z faoliyatini o‘qituvchi sifatida boshlagan, 2015-yildan  o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida faoliyat olib bormoqda.  10 dan ortiq ilmiy va ommabop maqolalar muallifi. O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori o‘rinbosari, f.f.d., professor Mamatqul Jo‘rayev rahbarligida “O‘zbek bolalar mavsumiy marosim folklori (o‘ziga xos xususiyatlari, genezisi va badiyati)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib boryapti.

Tel raqami: 91-237-36-90

 7 Sh.Norqulova

1984 yilda tug‘ilgan. O‘qituvchi, 2 ta  (“Sirdosh yulduzlar”, “Surxondan esar sabo”) nomli she’riy to‘plam,  1 ta ilmiy ommabop  risola, 20 dan ortiq ilmiy va ommabop maqolalar muallifi. Ilmiy izlanishlarini davom ettirib  “Alisher Navoiy g‘azallarida qosh va ko‘z timsolining badiiy talqinlari” mavzuida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.

Tel raqami: 90-519-96-33

 8 А.Arslonov

1984 yilda tug‘ilgan. O‘qituvchi, 2012 – yildan boshlab o‘zbek  tili va adabiyoti kafedrasida faoliyat olib bormoqda 20 dan ortiq ilmiy va ommabop maqolalar muallifi. Qarshi davlat universiteti professori Shodmonov Nafas Namozovich rabarligida “Amir Temur haqidagi dostonlar manbalari va ularning matniy tadqiqi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib boryapti.

 

 

 9 S.Abdurahmonovа

1967 yilda tug‘ilgan. O‘qituvchi, 2007 – yildan boshlab o‘zbek  tili va adabiyoti kafedrasida faoliyat olib bormoqda. 20 ga yaqin ilmiy va ommabop maqolalar muallifi.

Tel raqami: 91-579-67-10

 10 G.Djurakulova

1990 yilda tug‘ilgan. O‘qituvchi, 2015 – yil Termiz davlat universitetida o‘z faoliyatini o‘qituvchi sifatida boshlagan, 2016 – yildan  o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida faoliyat olib bormoqda.  20 dan ortiq ilmiy va ommabop maqolalar muallifi. O‘z.RF O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti ilmiy xodimi, f.f.d. Sh.G.Turdimov rahbarligida “O‘zbek xalq dostonlarida epik formulalar” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib boryapti.

Tel raqami: 93-637-11-09

 11 А.Shaymardanova

1986 yilda tug‘ilgan. O‘qituvchi, 2017 – yil Termiz davlat universitetida o‘z faoliyatini o‘qituvchi sifatida boshlagan, 2017-yildan  o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida faoliyat olib bormoqda.  20 dan ortiq ilmiy va ommabop maqolalar muallifi. TermDU, f.f.d. Anvar Djabbarovich Amanturdiyev rahbarligida “O‘zbek tilida emotsional – ekspressiv vositalarining ma’noviy – uslubiy tadqiqi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib boryapti.

Tel raqami: 90-246-27-33

 12 Yu.Xaitova

1986 yilda tug‘ilgan. O‘qituvchi, 2014 yil Termiz davlat universitetida o‘z faoliyatini o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida o‘qituvchi sifatida boshlagan, 20 dan ortiq ilmiy va ommabop maqolalar muallifi.

Tel raqami:93-791-18-33

 13 X. Xudoymurodova

1988 yilda tug‘ilgan. O‘qituvchi, 2017 – yildan  o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida faoliyat olib bormoqda.  20 dan ortiq ilmiy va ommabop maqolalar muallifi. A. Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, f.f.d. Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich rahbarligida “Nodir Normatovning badiiy mahorati” mavzusida Doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib   bormoqda.

Tel raqami:93-792-66-63

 14

О.Shofiyev

1986 yilda tug‘ilgan. O‘qituvchi, 1 ta ilmiy risola, 20 dan ortiq ilmiy va ommabop maqolalar muallifi. Xorijiy grantlar sohibi (Litva tili va madaniyatini o‘rganish yozgi kursi – 2011, Latviya turizmini o‘rganish – 2013 Litva tili va madaniyatini o‘rganish yozgi kursi-2015). Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan xalqaro Konferensiya ishtirokchisi (2018 aprel). Doktorlik dissertatsiyasi himoya qilish arafasida.

Tel raqami:93-634-23-54

 

 

 Kafedraning  ilmiy  yo‘nalishi

  1. X-XI asrlar Termiz adabiy muhiti
  2. Jadid adabiyoti poetikasi
  3. Mustaqillik adabiyoti muammolari
  4. Surxondaryo folklori va til xususiyatlari

Kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi:

Bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha

  1. O‘zbek folklori
  2. O‘zbek adabiyoti tarixi
  3. Hozirgi adabiy jarayon
  4. Ifodali o‘qish
  5. Aruz nazariyasi
  6. Badiiy nasr poetikasi
  7. Adabiyotshunoslik nazariyasi
  8. Jahon adabiyoti
  9. O‘zbek adabiy tanqidi
  10. Navoiyshunoslik
  11. Nutq madaniyati va mutolaa san’ati
  12. Adabiyot o‘qitish metodikasi
  13. Matnshunoslik
  14. She’riy janrlar tipologiyasi
  15. Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiy tanqid tarixi
  16. Tasavvuf va mumtoz poetika asoslari

Bugungi kunda kafedra professor o’qituvchilari falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish maqsadida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Quyidagi ilmiy mavzularda tadqiqotlar olib borilmoqda.

  1. Arslonov Abdimurod Karomatovich – “Amir Temur haqidagi dostonlar manbalari va ularning matniy tadqiqi” ilmiy rahbar: Qarshi davlat universiteti professori Shodmonov Nafas Namozovich.
  2. Himmatova Go‘zal Amirqulovna – “Bolalar qo‘shiqlari poetikasi” ilmiy rahbar: O‘z.Res.Fa O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi, f.f.d. Sh.G.Turdimov.
  3. Shaymardanova Aziza Raimjanovna – “O‘zbek tilida emotsional – ekspressiv vositalarining ma’noviy – uslubiy tadqiqi”. ilmiy rahbar: TermDU, f.f.d. Anvar Djabbarovich Amanturdiyev.
  4. Djurakulova Gulnoza Shavkatovna – “O‘zbek xalq dostonlarida epik formulalar”. ilmiy rahbar: O‘z.RF O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti ilmiy xodimi, f.f.d. Sh.G.Turdimov.
  5. Hudoymurodova Hurriyat Muhiddinovna – “Nodir Normatovning badiiy mahorati”. ilmiy rahbar: Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, f.f.d. Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich.
  6. Esanov Alijon Mengboyevich – “O‘zbek bolalar mavsumiy marosim folklori (o‘ziga xos xususiyatlari, genezisi va badiyati)”. ilmiy rahbar: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, filologiya fanlari doktori, professor Mamatqul Jo‘rayev.

O’zbek adabiyotshunosligi kafedrasi quyidagi oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlik qiladi:

  1. Navoiy nomidagi Toshkent davlat ona tili va adabiyoti universiteti
  2. O‘zFA Til va adabiyot institute
  3. Qarshi davlat universiteti
  4. O‘zRFA Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi
  5. Andijon davlat universiteti

Kafedra qoshida “Adabiyotshunos” ilmiy to’garagi faoliyat yuritib kelmoqda.

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support