Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



Nemis tili va adabiyoti kafedrasi

356 Views

01

Kafedra mudiri:   k.o’q. Islomov Sanjar Ro’ziqulovich

Telefon:  +998906441799, +998975323799

 

 

 

 

Kafedra tarixi:

  • Nemis tili va adabiyoti kafedrasiga 1969 yil 2 sentyabrda asos solingan bo’lib, tarix filologiya fakulteti qoshida ish boshlagan;
  • 1991 yildan kafedra Chet tillar fakulteti tarkibida faoliyat yurita boshlagan;
  • 2000-2005 yillarda kafedra Fakultetlararo nemis tili kafedrasi va Nemis filologiyasi kafedrasiga bo’lingan;
  • 2005 yilda har ikki kafedra birlashtirilgan va Filologiya fakulteti tuzilmasiga kiritilgan;
  • 2015 yilda kafedra nomi universitet yangi strukturasiga muvofiq “Nemis filologiya”sidan “Nemis tili va adabiyoti” kafedrasiga o’zgartirildi.
  • 2018 yil 2-sentyabrdan universitet yangi strukturasiga muvofiq kafedra “Xorijiy filologiya” fakulteti tarkibiga kiritildi.
  • Kafedrada M.Ashurov, S.M.Krivonos, M.Lisunchik, D.Xaitova, F.Tog’ayev, T. Xamrayev, YO.Tursunova, Q.Xudoymurodova, G.A. Nasibulina, X. Suvonov, M. Raxmanqulova, R.R.Xuzina, G.A.Islamova kabi yetuk ustoz-murabbiylar faoliyat yuritishgan
  • Bugungi kunda (2014) kafedrada 17 nafar yuqori malakali professor o’qituvchilar faoliyat yuritishmoqda;
  • Kafedrani 2013 yil 1-martdan boshlab kafedra katta o’qituvchisi S.Islomov boshqarib kelmoqda;
  • Kaferada 5111400-Horijiy til va adabiyoti (nemis tili va adabiyoti) ta’lim yo’nalishida bakalavr akademik darajasida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlanmoqda;
  • Nemis tilini bitirgan kadrlar asosan o’rta maktablar va o’rta maxsus kasb ta’limi muassasalarida nemis tilidan dars berishadi;
  • Bundan tashqari ular mahalliy va chet el tashkilotlarida gid, tarjimon, uslubchi va o’qishlarini Germaniya va O’zbekistonda magistraturada davom ettirish imkoniyatlariga ham ega;
  • Kafedra qoshida „Deutsch – mit Vergnügen“, „Deutsch, warum nicht?“, „Grammatik, ja!“ fan to´garaklari faoliyat yuritmoqda

 Kafedra talabalarining yutuqlari

  • Kafedra qoshidagi ta’lim yo’nalishi va nomutaxassislik ta’lim yo’nalishi talabalari bir qator chet el ta’lim grantlari va fan olimpiadalarida samarali qatnashib kelishmoqda. Misol uchun:
  • Tarix ta’lim yo’nalishi talabasi E.Bo’riyev – Nomutaxassislik ta’lim yo’nalishlari fan olimpiadasida nemis tilidan respublikada 1 o’rin sohibi;
  • Nemis filologiyasi ta’lim yo’nalishi talabasi A.Ostonov fan olimpiadasidan Respublikada 2 o’rin sohibi;
  • Biologiya va agroximiya ta’lim yo’nalishlari talabalari B.Habibullayev, Y.Usmonov, B.Muqimovlar Germaniyaning LOGO dasturi granti sovrindorlari;
  • Nemis tili ta’lim yo’nalishi talabalari S.Abduraxmonova, S.Boltayev, U.Xamrayev, M.Sarikov, A.Ostonov va Ingliz tili ta’lim yo’nalishi talabasi M.Annayevalar GFRning DAAD tashkiloti ta’lim granti sovrindori;
  • Talabalar har yili GFR elchixonasi notiqlik san’ati tanlovida qatnashishadi;
  • Talabalar bundan boshqa yutuqlarga ham erishishmoqda

 Kafedraning hamkorlik aloqalari

 Kafedra professor o´qituvchilari va talabalari Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasida PAWER (Paving the way to interregional mobility and ensuring relevance, quality and equity of access – http://pawer.univaq.it/) loyixasida faol ishtirok etishmoqda.

  • Kafedra GFRning O’zbekistondagi elchixonasi;
  • GFRning Gyote Instituti Toshkent filiali;
  • Germaniya Akademik Almashinuv Xizmati (DAAD);
  • Qishloq ho’jaligi sohasida GFRning LOGO;
  •  Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi, SAMUz (Sustainable Agrarian Management Studies for Uzbekistan) loyihasi doirasida GFRning Giesen universiteti (JLU);
  • Germaniyaning Yoxannes Gutenberg nomidagi Maynts universiteti hamda Vilgelm nomidagi Vestfaliya Myunster universitetlari bilan hamkorlik aloqlar o’rnatgan;
  • Germaniyaning Robert Bosh fondi kabi tashkilotlar bilan hamkorlik ishlarini olib bormoqda
  • So’nggi yillarda Germaniya elchisi, Gyote Institut, LOGO kabi xalqaro tashkilotlar vakillari universitetga tashrif buyurishdi;
  • Germaniyaning Gyote instituti Toshkent filiali bilan hamkorlikda ko’plab amaliy-uslubiy seminarlar, ma’lumot tadbirlari tashkillashtirilmoqda
  • Germaniyaning Gyote Instituti Toshkent filialidan so’nggi yillarda nemis tili bo’yicha ko’plab kitoblar, darsliklar, o’quv adabiyotlari, tarqatma materiallar, audio-video materiallar olishga muvaffaq bo’lindi;
  • KafedraO’zbekiston OTMlaridan O’zDJTU, TDPU, O’zMU kabi yetakchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolagan;
  • O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalaridan Denov qurilish va uy-joy kommunal xo’jalik KHK, Termiz shahridagi №2 son akademik litseylar hamda Surxondaryo viloyatidagi boshqa ko’plab kasb hunar kollejlari bilan hamkorlik shartnomalar mavjud;
  • Surxondaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda Xalq ta’limi tasarrufidagi ta’lim muassasalari bilan ham boshlang’ich sinflarda nemis tilini chet tilida sifatida o’qitish sohasida hamkorlik qilinmoqda.

 Kafedra mudirlari:

  • 1969 – 1978 yillarda kafedra mudiri lavozimida M.Ashurov faoliyat yuritgan. Kafedra tarix-filologiya fakulteti tarkibida bo’lgan;
  • 1978 – 1980 yillarda kafedrani dots. F.Tog’ayev boshqargan;
  • 1980 – 1998 yillarda kafedra dots. S.M.Krivonos tomonidan boshqarilgan;
  • 1998 – 1999 yillarda kafedra mudiri lavozimida k.o’q. X.Suvonov faoliyat yuritgan;
  • 1999 – 2005 yillarda kafedra mudiri lavozimida k.o’q. Sh.Begasheva faolyait yuritgan.
  • 2000 – 2005 yillarda kafedra Nemis filologiyasi kafedrasiga va fakultetlararo nemis tili kafedralariga bo’lingan
  • 2000 – 2005 yillarda fakultetlararo nemis tili kafedrasiga Sh.Kenjaboyev mudirlik qilgan;
  • 2005 – yilda har ikkala kafedra qo’shilib yagona Nemis filologiyasi kafedrasi tashkil etiladi;
  • 2005-2013 yillarda kafedra mudiriligi lavozimida k.o’q. Sh.Kenjaboyev faoliyat yuritadi;
  • 2013 yil mart oyidan shu kungacha kafedra mudiriligi lavozimini k.o’q. S.Islomov bajarmoqda.

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

  • 5111400 Horijiy til va adabiyoti (Nemis tili va adabiyoti)

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

  • Chet tili amali kursi
  • Amaliy fonetika
  • Amaliy grammatika
  • Chet tilida kompyuter texnologiyalari terminlari
  • Stilistika va matn tahlili
  • Qiyosiy tipologiya va tarjima nazariyasi
  • Leksikologiya
  • O’rganilayotgan til mamlakatshunosligi
  • Nazariy fonetika va grammatika
  • Amaliy fonetika
  • Amaliy grammatika
  • O’qish va yozish amaliyoti
  • Til ko’nikmalari integratsiyasi
  • Til aspektlari amaliyoti
  • YOzish ko’nikmasini rivojlantirish
  • Til nazariyasi
  • Mustaqil ta’lim ko’nikmalari
  • Chet tilini o’rganishda AKT
  • Avtonom o’qish strategiyalari
  • Madaniyatlararo muloqotni shakllantirish
  • Amaliy horijiy til
  • Chet tili (nemis tili)
  • Ikkinchi chet tili (nemis tili)

Nemis tili va adabiyoti kafedrasi professor-o’qituvchilari:

  • Islomov Sanjar Ro’ziqulovich kafedra mudiri, katta o’qituvchi
  • Xaydarova Ro’zixol Sheraliyevna katta o’qituvchi
  • Begasheva Sharofat Nematullayevna katta o’qituvchi
  • Sattorova Barno Mamatovna o’qituvchi
  • Shirnazarova Zamira Allaberdiyevna o’qituvchi
  • Imomova Umida Muzaffarovna o’qituvchi
  • Gadayshayev Bobur Abdulovich o’qituvchi
  • Nebarayeva Zebo Bo’ronovna o’qituvchi
  • Usmonxo’djayeva Mohiraxon Abdumalikxodjayevna o’qituvchi
  • Xudoymuratova Qurbonoy o’qituvchi
  • Xodjiyev Oktamboy o’qituvchi

 Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

  • Pedagogika tarixi va nazariyasi – “Chet tili o’qitishda akmeologik yondashuvlar texnologiyasi (Oliy ta’lim muassasalari misolida)” – o’q. Imomova U.M. (2014-2018)
  • Leksikologiya, leksikografiya – O’zbek va nemis tillari eng ko’p ishlatiladigan so’zlar lug’ati
  • O’zbek tili tub leksikasi muammolari, Korpus lingvistikasi
  • Qiyosiy va chog’ishtirma tilshunoslik
  • Tarjimashunoslik va qiyosiy tipologiya muammolari

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

  • Islomov S.R. “Deutsch – Nemis tili – Olyi o’quv yurtlari, akademik litsey, kasb hunar kollejlari professor-o’qituvchilari va talabalari uchun o’quv qo’llanma”
  • Islomov S.R. (xammualliflikda) – “O’ynab – kuylab o’rganamiz. Horijiy til darslarini tashkil qilishda foydalanish mumkin bo’lgan didaktik o’yinlar va qo’shiqlar to’plami”
  • Islomov S.R. (xammualliflikda) – “Nemis tilida eng ko’p ishlatiladigan 10000 ta so’zlik”

Kafedra hayotidan foto lavhalar

1

2

3

4

6

7

8

9

10

11

12

013

13

14

15

16

17

Kafedra manzili:

Termiz davlat universiteti

Xorijiy filologiya fakulteti

1 – qavat 1123 – xona

Nemis tili va adabiyoti kafedrasi

tel/faks: (+99876) 224-18-95

(+99890) 644-17-99

e-mail: s_islomov82@mail.ru  

s_islomov@yahoo.de

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support