Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



Musiqiy ta`lim kafedrasi

295 Views

Musiqiy taʼlim kafedrasiСнимокKafedraning tarixi

“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da belgilangan ustuvor vazifalarni bajarish hamda joriy oʻquv yilida taʼlim samaradorligini oshirish yuzasidan kafedra oldiga qoʻyilgan barcha vazifalarni amalga oshirishni bosh maqsad qilib qoʻygan.

Kafedra Dastaval kafеdra 1988 yilda “Badiiy tarbiya” nomi bilan tashkil etilgan. 1998 yildan boshlab “Musiqa va tasviriy sanʼat”kafеdrasi dеb ataldi. 2001 yildan  Tеrmiz davlat univеrsitеtining Pеdagogika  fakultеti asosida “Musiqiy taʼlim“ kafеdrasi dеb nomlanib xozirgi kungacha faoliyat koʻrsatib kеlmoqda.   Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida musiqa madaniyati oʻqituvchilariga, musiqa va sanʼat maktablari, pеdagogika xamda sanʼat kollеjlarida  musiqa oʻqituvchilariga boʻlgan talabning ortishi munosabati bilan bakalavr darajasidagi  mutaxassis kadrlar tayyorlana boshlangan. 2006 yilda Tеrmiz davlat univеrsitеtida “Musiqa taʼlimi mеtodikasi” yoʻnalishi boʻyicha  Magistratura bўlimi ochildi.

 “Badiiy tarbiya kafеdrasiga” 1988 yildan 1998 yilgacha p.f.n dots.S.Jўraqulov; “Musiqa va tasviriy sanʼat”, kеyinchalik  “Musiqiy taʼlim“ kafеdrasiga 1998 yildan 2009 yilgacha  dots. Sh.Raxmatullaеv mudirlik qilgan; 2009-2010 yillarda kafеdraga  katta oʻqituvchi K.A.Mardaеva; 2010 yildan “Musiqiy taʼlim“ kafеdrasiga dots. M.Oʻ.Naimov, 2013-2014 yillar N.Karimova, 2014-2016 yillar A.Tursunov, 2017 S.Qurbonov  2018 yildan hozirgi kungacha A.Tursunov mudirlik qilib kekmoqda.. 

Kafedra 2018-2019 oʻquv yilida oʻquv yuklamasi kunduzgi boʻlimda 12680 soat, sirtqi va maxsus sirtqi boʻlim yoʻnalishida 610, jami 13290 soatni tashkil etib, 15,75 shtat birligi tasdiqlangan. Kafedraning ilmiy salohiyati 10%, kafedraning oʻrtacha yoshi 47 yosh, kafedrada oʻqitiladigan fanlar soni – 21 ta, jumladan 3 tasi tanlov fanlaridan iborat.

 Oʻquv yili davrida kafedrada 14 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat yuritmoqda, jumladan, 1 nafar dotsent A.Tursunov, katta oʻqituvchi 3 nafar (Z.Zoirov,O.Azizov, N.Karimova)  va 9 nafar oʻqituvchilardir.

 Kafedraning ilmiy ishlari

Kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan  Xalqaro miqiyosida 60 ta, Respublika jurnali va ilmiy-amaliy konferentsiyalarida 100 dan ortiq ilmiy ishlar chop etildi. SHuningdek, kafedra professor-oʻqituvchilari bir qancha oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni nashr ettirgan.

SHuningdek, kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan barcha oʻqitilayotgan fanlardan oʻquv-uslubiy majmualarning qogʻoz va elektron variantlari yaratildi. Fanlardan test banklari qayta tayyorlandi. Kafedra professor-oʻqituvchilar reja asosida kafedra  miqyosida ochiq darslar tashkil etildi. 2018-2019 oʻquv yili davomida kafedra boʻyicha 11 ta ochiq dars rejalashtirilgan boʻlib, 4 tasi rejaga muvafiq tashkil etildi.

Universitet oʻquv boshqarmasi rejasiga muvofiq 2016-2017-2018 yil sentyabr oyidan hozirgi kungacha  quyidagi kafedra prof-oʻqituvchilari A.Tursunov, Z.Zoirov, O.Azizov, N.Xudoyberdiyevlar Oliy taʼlim tizimi pedagog va kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida mutaxassislik boʻyicha qayta malakasini muvaffaqiyatli oshirib qaytdilar.

Bundan tashqari kafedraning bir qancha professor-oʻqituvchilari tomonidan doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish maqsadida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Quyida ularning ilmiy mavzulari roʻyxati berilmoqda.

  1. Karimova Nailya Minnagayanovna- Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika  instituti  pedagogika fanlari doktori, F.R.Yuzlikayev rahbarligida  “Педагогические условия реализации врутривузовского мониторинга профессиональной подготовки студентов (на примере музыкального факультета)”
  2. Ochilov Ulugʻbek Musurmonqulovich- rahbarligida  “XIII-XX ASRLARDA MARKAZIY OSIYO VA HINDISTON MADANIY ALOQALARI (OʻZBEK VA HIND MUSIQASI MUSHTARAKLIGI GHAZAL JANRI MISOLIDA)” ilmiy rahbar: Oʻzbekiston fanlar akademiyasi sanʼatshunoslik  instituti  Musiqa sanʼati  boʻlimi kichik ilmiy xodimi, fan doktori  Karomat Dilorom Faizullo  qizi 
  3. Rahmonova Dilshoda Nusratovna “Interaktiv dasturiy vositalar asosida umumtaʼlim  maktabi  oʻquvchilarida musiqiy madaniyatni  rivojlantirish”  ilmiy rahbar; Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika  instituti  pedagogika fanlari doktori, professor B.X.Xodjayev
  4. Xuramov Ulugʻbek Karimjonovich- “Maqom kuylarining simfonik  musiqada ishlatilish masalasi” ilmiy rahbar: Oʻzbekiston Davlat Kanservatoriyasi  professori Mustafo Vafoyev

 III.Musiqiy taʼlim kafedrasi quyidagi nufuzli oliy oʼquv yurtlari bilan uzviy bogʼlanib, hamkorlik aloqalarini olib boradi:

  1. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Boshlangʻich taʼlim” kafedrasi.
  2. QarDUning “Boshlangʻich taʼlim” kafedrasi.
  3. BuxDUning “Boshlangʻich taʼlim” kafedrasi.
  4. SamDUning “Boshlangʻich taʼlim” kafedrasi.
  5. 5111100 Musiqa taʼlimi Kafedra tomonidan oʻqitiladigan fanlar roʻyxati.
  6. Musiqa nazariyasi
  7. Musiqa oʻqitish metodikasi va maktab repertuari
  8. Vokal va zamonaviy musiqa
  9. Cholgʻu ijrochili va ansambli
  10. Qoʻshimcha cholgʻu
  11. Maktab repertuari
  12. Anʼanaviy honandalik
  13. Anʼanaviy xalq qoʻshiqchiligi
  14. Notalashtirish va kompyuter dasturlarida ishlash
  15. Folklor oʻqitish metodikasi
  16. Oʻzbek xalq musiqa ijodi
  17. Oʻzbek mumtoz qoʻshiqchiligi
  18. Musiqa oʻqitish oʻqitish texnologiyalari va loyihalash
  19. Xor va xorshunoslik

5A111101- Musiqa taʼlimi va sanʼat

1.Musiqa pedagoigkasi

2.Musiqa saʼnati tarixi va nazariyasi

3.Musiqa sanʼatining rivojlanish muammolari

4.Ijrochilik mahorati

  1. Musiqa asar tahlili muammolari
  2. Polifoniya
  3. Cholgʻu ijrochiligi mahorati
  1. Musiqa taʼlimi kafedra faoliyatidan lavhalar Кafedrada yigʻilishi jarayoni (kafedra mudiri  dots.A.Tursunov) Boshlangʻichsinflarda matematika fanidan  oʻqitish usullari” mavzusida  navbatdagi  amaliy  mashgʻulot.ANJUMAN  ISHIDAN LAVHALARAnjumanni  univеrsitеt ilmiy ishlari prorеktori, t.f.d., prof. Sh.Shaydullayеv kirish soʻzi bilan ochdi.“Boshlangʻich taʼlimni rivojlantirish istiqbollarida fanlararo oʻqitishning oʻrni” mavzusida Boshlangʻich taʼlim  metodikasi kafеdrasi mudiri, p.f.n.,X.Norboʻtayеv maʼruzasi.Anjuman  munosabati bilan tashkil etilgan koʻrgazma.“Boshlangʻich taʼlim” kafedrasining professor-oʻqituvchilari roʻyxati.

Tojikistontonda  xizmat  koʻrsangan artist Xayrullo Nasriddinov Musiqa taʼlimiyoʻnalishi talabalariga mahorat darsidan lavhalar

  • Kurs talabalari tomonidan “Mahorat” konsertidan lavhalar

  Termiz shahridagi 1-Bolalar musiqa va sanʼar maktabida Oʻzbekiston xalq hofizlari Mahmudjon Tojiboyev,   Erkin Roʻzimatov va kafedra mudiri A.Tursunovlar “Masret klass”  mahorat dasri oʻtdilar

Universitetda Konstitutsiyamizning 26-yilligi bayramida musiqiy konsert dasturi

KAFEDRA HAYOTIDAN FOTO LAFHALAR

 Musiqa kafedrasining professor-oʻqituvchilari roʻyxati.1 2 34

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support