Moliya kafedrasi

470 Views

Termiz davlat universiteti 1992-yil birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning tashabbuslari va farmonlari bilan viloyatlarda Pedagogik institutlar universitetlarga aylantirilishi munosabati bilan Termiz davlat pedagogika institututi ham Termiz davlat universitetiga aylantirildi. 1992-1993 o’quv yili qabulida “Tabiat-geografiya” fakulteti bazasida iqtisodiyot yo’nalishi ochilib, unga ilk talabalar qabul qilindi. Ushbu o’quv yilida «Iqtisodiyot» va «Geografiya» bo’limlari birlashtirilib “Iqtisodiyot-geografiya” fakulteti tashkil etildi.

00

Fakultetga 1993-1994 o’quv yilida respublika oliy o’quv yurtlari ichida birinchilar qatorida  moliya-kredit mutaxasisligiga talabalar qabul qilindi. Shu bois Iqtisodiy nazariya kafedrasi bazasida 1993 yilning  sentyabr oyidan moliya-kredit mutaxasisligini chiqaruvchi  “Moliya iqtisod” kafedrasiga aylantirildi. Kafedraga  i.f.n. dots E.X.Avazov rahbarlik qilib, unda katta tajribaga ega bo’lgan prof. U. Umarov, dots. A. Xodimetov, dots. R. Tursunov, dots. A. Qoraxonov,  katta  o’qituvchilar O. Choriev, Y. Po’latov, B. Kozimov, T. Matveevichvalar faoliyat olib bordilar.  O’sha davrda  kafedra ilmiy salohiyati 55 % ni tashkil qilar edi.   Kafedraning tarixiy ekskursidan kelib chiqib, uning ilk faoliyat yuritishi  1993 yilning  sentyabr oyidan boshlandi.

1995 yil «Iqtisodiyot-geografiya» fakultetidan «Moliya» bo’limi ajralib, universitet tarixida yangi “Moliya-menejment” fakulteti tashkil topib,  unga yosh, iqtidorli va tadbirkor “Moliya –iqtisod ” kafedrasi mudiri  i.f.n. dots E.X.Avazov dekan lavozimiga tayinlandi.000

Shu yilning o’zida  “Moliya –iqtisod ” kafedrasi  “Moliya ” kafedrasi deb nomlanib, uni 1995-2001 yillar mobaynida prof. U.U.Umarov, 2001-2003 yillarda dots. A.S.Altiev, 2003-2006 yillarda dots. I.T.Isanqulov, 2006-2009 yillarda dots. A.X.Toshqulov, 2009-2011yillarda dots. I.T. Isanqulov, 2011-2012 yillarda A.E.Absamatov, 2012-2013 yillarda O.Q. Xatamov, 2013-16 yillarda i.f.n., dots. M.A.Gadayshaevlar  mudirlik qildilar. Ammo 2015-16 o’quv yilida “Moliya” kafedrasi  “Iqtisodiyot ” kafedrasiga qo’shilib, u tugatildi. Birlashgan “Iqtisodiyot”  kaferasini i.f.n. dots E.X.Avazov boshqardi.

Universitetning yangi rahabariyati tashabbusi bilan 2018 yilning  avgust oyida fundamental tarixga ega bo’lgan, mamlakatimizning  ijtimoiy-iqtisodiy  sohasiga yetuk malakali kadrlarni yetishtirib bergan “Moliya” kafedrasi yangidan tashkil etildi.

 

0000“Moliya” kafedrasiga tajribali iqtisodchi – buxgalter, talabchan rahbar, mehribon ustoz, dotsent E.X.Avazov 2018 yil avgustdagi universitet Kengashida “Moliya”  kafedrasi mudirlik lavozimiga  saylandi.

Hozirga kunda  kafedrada  i.f.n.dots E.X.Avazov, i.f.n.dots A.H.Toshqulovlar, katta  o’qituvchilar, O.T. Maxmudov, M.Sh.Turanov, U.T.Tulakov, A.A. Shodiev, Sh.S.Ismoilov, S.K. Xudoyberganova, R.X. Do’sanovlar, o’qituvchilar A.M. Hudoqulov, O.M. Pirimqulov, G.M. Raximova .Sh. M. Abdulxaeva, F. M. Ollokulovalar faoliyat ko’rsatayapti. Kafedra professor-o’qituvchilari talabalarga sifatli dars berish  bilan birga, ularning ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yetuk insonlar bo’lib yetishishiga alohida e’tibor berishadi.

Hozirgi kunda kafedra respublikamizdagi  moliya-iqtisod sohasida mutaxassislar tayyorlovchi yetakchi oliy o’quv yurtlari bilan, xususan, O’zbekiston respublikasi Bank-moliya akademiyasi, Toshkent moliya instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi Toshkent filiali, Rossiya Federatsiyasining Sochi davlat universiteti bilan keng aloqa o’rnatgan.

“Moliya” kafedrada yetishtirilayotgan kadrlarga bo’lgan talab bo’yicha, O’zbekiston respublikasi Moliya vazirligi uning hududiy Boshqarma va bo’limlari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hududiy Bosh boshqarmasi va tijorat banklari, Viloyat davlat soliq boshqarmasi, tumanlardagi davlat soliq inspektsiyalari va Viloyat G’aznachilik boshqarmasi va uning tumanlardagi bo’limlari bilan mustahkam aloqa bog’lagan.

 Kafedraning asosiy maqsadi bo’lib, Moliya sohasiga zamon talabiga javob beruvchi va jahon andozalariga mos yetuk iqtisodchi-mutaxassis kadrlarni tayyorlashdan iboratdir. Termiz davlat universiteti «Moliya» kafedrasi professor-o’qituvchilari ilmiy tadqiqot faoliyat doirasida  halqaro, respublika,  viloyat va universitet miqyosidagi konferentsiyalarda va OAK ilmiy jurnallarida, boshqa axborot vositalarida  o’z ilmiy maqolalari va chiqishlari bilan ishtirok etib kelishmoqda. “Moliya” kafedrasi tomonidan 2018/2019 o’quv yillarida jami 25 ta fandan O’UMlar tayyorlanib, hozirgi zamon talablariga mos ravishda   yangi axborot va pedagogik texnologiyalar asosida bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida darslar o’tilmoqda.00000

2018 yilning o’zida “Moliya” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan 5 ta o’quv-uslubiy qo’llanma, 2 ta ilmiy risola 4 ta halqaro maqola, 20 tadan oshiq respublika konferentsiyalarida ilmiy maqolallar tezislari bilan ishtirok etishdi.

 “Moliya” kafedrasi professor-o’qituvchilaridan R.H.Bozorov Bank-moliya akademiyasi tayanch doktoranturasida ( professor Bekmurodov rahbarligida kunduzgi bo’limda) ilmiy tadqiqot olib bormoqda. A.M. Hudoyqulov ( i.f.d. professor Z.T. Mamatov ilmiy rahbarligida), F. M. Ollokulovalar ( i.f.d. professor .T.S. Malikov ilmiy rahbarligida),  (Doctor of Science) ilmiy darajalarini olish uchun ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.

Hozirgi kunda kafedra tomonidan tayyorlanadigan «Moliya» bakalavriyat ta’lim0000000

yo’nalishida 130 dan ortiq   talabalar ta’lim  olmoqda Ular ichida nomdor stipendiantlar va olimpiada sovrindorlari bor. “Moliya” kafedrasining bosh ilmiy  ilmiy mazusi  “Aholi turmush farovonligini oshirishning kontseptual masalalari” (Консептуалные вопросы повышение блогосостояние население):

  • Islohotlarning hozirgi bosqichida aholi turmush farovonligini oshirish omillari;
  • Aholi turmush sifatini yaxshilashda moliya-soliq tizimini takomillashtirish;
  • Tijorat banklarining innovatsion salohiyatini takomillashtirish;

Pensiya tizimini  takomillashtirish orqali aholi  turmush farovonligini oshirish.

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support