Matematik analiz kafedrasi

481 Views

Viloyatimizda matematik kadrlarga bo’lgan talabni e’tiborga olib, shu sohada kadrlar tayyorlashni yaxshilash maqsadida 1985 yil aprel oyida ilgari mavjud bo’lgan “Matematika” kafedrasi asosida 2 ta “matematik tahlil va hisoblash texnikasi” hamda “Matematika va matematika o’qitish metodikasi” kafedralari tashkil qilingan, keyinchalik 1986 yilda “Matematik tahlil va hisoblash texnikasi” kafedrasidan “Hisoblash matematikasi va informatika” kafedrasi mustaqil kafedra bo’lib ajralib chiqqanidan keyin keyin bu kafedra “Matematik tahlil” kafedrasi nomi bilan yuritila boshlandi. Kafedrada f.m.f.n dots B.Mengziyaev, f.m.f.n dots I.Allakov, f.m.f.n dots O.Begaliyev va f.m.f.n I.Xayrullayevlar kafedra mudiri lavozimida ishlab keldilar.

         Differentsial tenglamalar va geometriya» kafedrasi  Termiz DUning  1992  yil 8 – sentyardagi № 2 – karoriga muvofiq tashkil etilgan. Kafedrada fizika – matematika  fanlari doktori A.S.Meliqulov fizika – matematika  fanlari nomzodi G.Allayev , fizika – matematika fanlari doktori M.Mirsaburov, fizika – matematika fanlari nomzodi R.To’rayev va pedogogika fanlari nomzodi E.Jumayevlar kafedra mudiri lavozimida ishlaganlar.

YUqoridagi kafedralarda Viloyatimizning marxum yetuk matematik olimlari f.m.f.d.prof S.Abdunazarov, f.m.f.d.prof A.Meliqulov, f.m.f.n.dots P.Qurbonov, f.m.f.n.dots Ch.Eshqorayev, f.m.f.n.dots Sh.Voxidov, f.m.f.n.dots B.Mengziyaev, p.f.n.dots R.Tursunov, p.f.n.dots A.Xo’jamberdiyev, f.m.f.n.dots A.Xurramov, p.f.n dots S.To’rayev, p.f.n dots N.Ro’ziyev, f.m.f.n dots B.Eshonqulov, f.m.f.n dots I.Xayriddinov va katta o’qituvchi Sh.Kudirovlar ishlab o’tganlar.

2015 yil sentiyabrdan Matematik taxlil hamda Differentsial tenglamalar va geometriya kafedralari birlashtirilib, Matematika kafedrasi tashkil etildi. 2018  yil sentiyabrdan “Matematika” kafedrasi asosida 2 ta “Matematik analiz” hamda “Algebra va geometriya” kafedralari tashkil qilindi, Kafedrada 1ta fan doktori, 3ta fan nomzodi, ilmiy darajaga ega bo’lmagan  4ta katta o’qituvchi va 8 ta o’qituvchi, 1 ta doktarant faoliyat ko’rsatmoqda.

Bu kafedrada fizika-matematika fanlari doktori, professor M.Mirsaburov raxbarligida “Singulyar koeffitsiyentli Gellersted tenglamasi uchun Trikomi, siljishli masalalar va Bitsadze – Samarskiy shartlarini bir ta’rifda birlashgan masalalarning korrektligini o’rganish” mavzusidagi 2012-2016 yillarga mo’ljallangan F – 4 – 32- raqamli tasdiqlangan davlat innovatsiya grantlari, fizika-matematika fanlari nomzodlari M.Artiqov va I.Xayrullayevlar, katta o’qituvchilar S.Choriyeva va U Bobomurodovlar ishtirokida bajarildi. Hozirda kafedrani fizika–matematika fanlari nomzodi M.Artiqov boshqarib kelmoqda. Bugungi kunda kafedrada ko’plab yosh  magistrurani tamomlagan o’qituvchilar talabalarga ilm sirlarini o’rgatmoqdalar.

Kafedra o’qituvchilari asosan fizika-matematika fakultetidagi matematika, amaliy matematika va informatika, fizika yo’nalishlarida ta’lim olayotgan talabalarga dars berishadi. Bundan tashqari universitetning boshqa ta’lim yo’nalishlarida ham matematika hamda ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fanlaridan dars berishadi.

Matematik analiz kafedrasida shu yillar mobaynida quyidagi professor-o’qituvchilar  kafedra mudiri bo’lib ishlagan:

  1. 1985-1990 Matematik tahlil va hisoblash texnikasi kafedrasi mudiri f.m.f.n, dots. I.Allakov
  2. 1990-1985 Matematik tahlil f.m.f.n. dots B.Mengziyoyev
  3. 1986-1987 Matematik tahlil f.m.f.n. O.Begaliyev
  4. 1987-1994 Matematik tahlil f.m.f.n. M.Mirsaburov
  5. 2001-2008 yy. Matematik tahlil f.m.f.n, dots. I.Allakov
  6. 2008-2010 yy. Matematik tahlil f.m.f.n. I.Xayrullayev
  7. 2010-2012 yy. Matematik tahlil f.m.f.d, dots. I.Allakov
  8. 2012-2015 yy. Matematik tahlil f.m.f.n. I.Xayrullayev
  9. 2015-2018 yy. Matematika dotsent I.Xayrullayev
  10. 2018- xozirgi vaqtda Matematik analiz kafedrasini M.Artiqov boshqarib kelmoqda

Kafedraning ilmiy yo’nalishi

  1. 01.02-Differentsial tenglamalar
  2. 01.01-Matematik analiz

 Kafedrada quyidagi fanlar o’tiladi:

Bakalavr yo’nalishi bo’yicha

  1. Matematik analiz (Matematika, Amaliy matematika, Fizika)
  2. Oddiy differintsial tenglamalar (Matematika, Amaliy matematika)
  3. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika (Matematika, Amaliy matematika, fizika)
  4. Hususiy xosilali differentsial tenglamalar (Matematika, Amaliy matematika, fizika)
  5. Ehtimollar nazariyasi (Matematika)
  6. Funtsional analiz (Matematika, Amaliy matematika)
  7. Kompleks o’zgaruvchili funktsiyalar nazariyasi (Matematika)
  8. Variatsion hisob va optimallashtirish usullari( Matematika, amaliy matematika)
  9. f Matematik analizning qo’shimcha boblari (Matematika)
  10. f Integral tenglamalar (Matematika)
  11. Oliy matematika (Biologiya,Geografiya,Tuproqshunoslik,Rus yazыk,Kimyo,Engil sanoat,)
  12. Matematik usullar va modellar (Arxitektura, Bino inshoatlari)
  13. Iqtisodiy matematika ( Iqtisodiyot, moliya, kadrlar menejmenti)
  14. Matematik tahlil (Fizika)
  15. Matematika (Rus tili va adabiyoti, Biologiya, mexnat, Qurilish materiallari)

(Magistratura mutaxassisligida)

  1. Borel o’lchovlari va potentsiallar nazariyasi
  2. Haqiqiy o’zgaruvchili funktsialar nazariyasi
 1 M.Artiqov

1952 yilda tug’ilgan. Kafedra mudiri

Tel nomeri: 99-677-52-06

 2 M.Mirsaburov

1951 yilda tug’ilgan. Kafedra professori

Tel nomeri: 90-245-27-27

 3 I.Xayrullayev

1959 yilda tug’ilgan. Kafedra dotsenti

Tel nomeri: 90-580-36-56

 4 O.Begaliyev

1952 yilda tug’ilgan. F.m.f.n. katta o’qituvchi

Tel nomeri: 93 792-05-61

 5 X.Islomov

1957 yilda tug’ilgan.  katta o’qituvchi

Tel nomeri: 93 796-88-57

 6 S.Choriyeva

1967 yilda tug’ilgan.  katta o’qituvchi

Tel nomeri: 97 350-03-14

 

 7 U.Bobomurodov

1973 yilda tug’ilgan.  katta o’qituvchi

Tel nomeri: 97 531-28-73

 8 A.Qurbonnazarov

1974 yilda tug’ilgan. o’qituvchi

Tel nomeri: 91 232-01-81

 

 9 B.Tursunova

1972 yilda tug’ilgan. o’qituvchi

Tel nomeri: 91 581-03-72

 10 O.Savenko

1981 yilda tug’ilgan. o’qituvchi

Tel nomeri: 90 644-59-64

 11 D.Qulto’rayev

1989 yilda tug’ilgan. o’qituvchi

Tel nomeri: 99 428-79-76

 

 12 M.Esonturdiyev

1981 yilda tug’ilgan. o’qituvchi

Tel nomeri: 91 576-32-57

 13 R.SHoxnazarova

1967 yilda tug’ilgan. o’qituvchi

Tel nomeri: 93 634-81-91

 14 M.Saitjonova

1976 yilda tug’ilgan.   o’qituvchi

Tel nomeri: 93 418-41-57

 

 15 D.Eshqobilova 

1981 yilda tug’ilgan.   o’qituvchi

Tel nomeri: 91 585-72-74

 

Kafedra qoshida “Al-Xorazmiy izdoshlari

 FAN  TO’GARAGI

faoliyat yuritib kelmoqda.01

02

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support