Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



Marketing

1,050 Views

Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring boʻlimi

IMOMOV ERMAXMAT SHAYMARDONQULOVICH
Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring boʻlimi boshligʻi 

Telefon: 
0(376)2218446 +99894 510 72 72                                                                                                                     
E-pochta: 
termizdavlatuniversiteti.market@mail.ru
1
TURSUNOV SHAXZOD SHOTOʻRAEVICH                                                           

Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring boʻlimi INSPEKTORI  Telefon: 0(376)2218446  +99899 376 0441                                                                                                                            

E-pochta: sherabod.tv@umail.uz sherabod.tv@mail.ru

 01

 

BARATOVA NILUFAR YOʻLDOSHOVNA

Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring boʻlimi INSPEKTORI  

Telefon: 0(376)2218446

E-pochta: termizdavlatuniversiteti.market@mail.ru

 

TOSHEV AKBAR XONIMQUL OʻGʻLI

Talabalar bilan ishlash boʻyicha iqtisodchisi   

Telefon: 0(376)2218446

E-pochta: termizdavlatuniversiteti.market@mail.ru

XIDIROV ZAFAR ABRAYQULOVICH

Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring boʻlimi

Yosh mutaxassislar bilan ishlash boʻyicha 1-toifali muxandis

Telefon: 0(376)2218446

E-pochta: termizdavlatuniversiteti.market@mail.ru

 

Oliy taʼlim muassasasining marketing xizmati boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar bilan taʼminlash borasidagi qaror va farmonlari, harakatdagi Mehnat Kodeksi va amaldagi qonunchilik va taʼlim sohasidagi tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjatlar asosida ish koʻradi. 

Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring boʻlimi maqsad va vazifalari: 

  • OTMda tayyorlangan oliy malakali kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlarning ehtiyojini oʻrganish asosida maʼlumotlar bankini shakillantirish;
  • Taʼlim sohasida bozor munosibatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga koʻmaklashish, yosh mutaxassislarga boʻlgan talab koʻrsatkichlari asosida bitiruvchi bakalavr va magistrlar uchun real “buyurtmalar portefeli”ni shakillantirish;
  • Isteʼmolchilarni raqobatbardosh mutaxassislar bilan taʼminlash boʻyicha uzoq muddatli va yillik shartnomalar tuzish;
  • Har yili belgilangan muddatda vazirlikning maxsus komissiyasiga OTMlarining joriy yildagi bitiruvchilari toʻgʻrisida taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklar), ishga yoʻllanadigan vazirlik, idora (korxona va tashkilotlar) kesimida shakllantirilgan maʼlumotlarni taqdim etish; 

Pulli taʼlim xizmatlarini tashkil etish hisobiga bozor iqtisodiyoti sharoitida oliy taʼlim muassasasining raqobatbardoshliligini oshirish: 

  • Bitiruvchini ishga taqsimlashda isteʼmolchilar va mutaxassislik kafedralarining yosh mutaxassis toʻgʻrisidagi tavsiya va takliflarini mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda eʼtiborga olinishiga erishish;
  • Toʻlov shartnoma asosida taʼlim olayotgan talabalar yoki ishlab chiqarish korxonalari bilan turli xildagi shartnomalar tuzish;
  • Oliy taʼlim muassasasining bitiruvchilarni ishga taqsimlash boʻyicha komissiyasini tashkil etish va yakuniy taqsimotni oʻtkazib, uning natijalari boʻyicha bitiruvchilar shaxsiy taqsimot qaydnomasini tuzish hamda umumlashtirish;
  • Taqsimot komissiyasi tomonidan ishga taqsimlangan yosh mutaxassislardan tushgan arizalarini koʻrib chiqish va yechim qabul qilish, zarur va asoslangan hollarda qayta taqsimlash yoki mustaqil ishga joylashish jarayonini amalga oshirish uchun oliy taʼlim muassasasi komissiyasiga murojaat etish;
  • Joriy yilda va oʻtgan yillar davomida ishga joylashgan yosh mutaxassislar bilan qayta aloqalar oʻrnatish, zaruriy hollarda ularga amaliy-uslubiy yordamlar koʻrsatish, maslahatlar berish hamda mehnat faoliyati natijalarini umumlashtirish;
  • Yangi oʻquv yili qabul rejasining bajarilishi (davlat grantlari va toʻlov-kontrakt boʻyicha qabul rejasi, tushgan arizalar, konkurs, qabul qilingan talabalar soni, ularning kurslar, taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklar) boʻyicha taqsimlanishi, oʻqitish tillari va h.k.) haqida maʼlumotlar bankini yaratish;
  • Yangi oʻquv yilida davlat grantlari asosida qabul qilingan talabalar bilan oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida oʻqishni tugatgandan soʻng ishga taqsimlangan joyida 3 yil ishlab berishi toʻgʻrisida shartnomalar tuzish;
  • Ish beruvchilar (isteʼmolchilar)ga ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, radio-televidenie, elektron aloqa, veb-sayt) orqali bitiruvchilar toʻgʻrisida (viloyatlar boʻyicha taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar kesimida) maʼlumotlar eʼlon qilinish;
  • Kadrlarga boʻlgan real ehtiyojlar va bitiruvchilarni yakuniy ishga taqsimlash natijalari haqidagi maʼlumotlarni taalluqli vazirlik (idora)ning maxsus komissiyasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga axborotlar taqdim etish;
  • Bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha bitiruvchilarning imkoniyatlari va ustunliklarini namoyish qilish maqsadida oliy taʼlim muassasasining respublika, mintaqaviy va xalqaro koʻrgazmalar, yarmarkalarda ishtirok etishini taʼminlash;

Bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirish, yosh mutaxassislarning mehnat faoliyati natijalari boʻyicha oliy taʼlim muassasasining ichki hisobotini yuritish va tashkil etish, marketing xizmati boʻlimining yillik hisobotini tayyorlash.

Main menu
Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support