Maʼnaviyat-maʼrifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash boʻlimi 
FAOLIYATI VA VAZIFALARI:
Boʻlimning maqsadi:
Maʼnaviyat-maʼrifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash boʻlimi boʻlimi talaba-yoshlar ongi va qalbida maʼnaviy fazilatlarni kamol toptirishda, milliy istiqlol gʻoyasi va mustaqillik mafkurasini shakllantirishda Termiz davlat universitetida amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyatizimiga rahbarlikqiluvchi, uni boshqaruvchi boʻlim hisoblanadi.
Universitetdagi maʼnaviy-maʼrifiy tizimga rahbarlik qilish, bu borada olib boriladigan ishlarni jonlantirish va samaradorligini oshirish, ilgʻor tajribalarni ommalashtirish, maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tanlash va tavsiya qilish, oʻquv markazlari, fakultetlar, jamoa tashkilotlari hamda talabalar uyida tashkil etilayotgan tarbiyaviy ishlar ustidan nazorat oʻrnatish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish, yuqori malakali mutaxassislarni kamol toptirish ishida faol ishtirok etish “boʻlim” ish faoliyatining ustuvor yoʻnalishidir.
Boʻlimning asosiy maqsadi talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida maʼnaviy barkamol, yetuk axloqli, Vatan, xalq manfaatlarini shaxsiy manfaatlaridan ustun qoʻyuvchi, elim deb, yurtim deb yonib yashovchi, Vatan timsollarini eʼzozlovchi mutaxassis qilib yetishtirishda oʻquv markazlari, fakultetlar, jamoat tashkilotlari faoliyatlarini muvofiqlashtirish, boshqarish, nazorat qilish va ularga ilmiy-uslubiy, amaliy yordam berishni tashkil etish, talaba-yoshlarni maʼnaviy-axloqiy, vatanparvar, huquqiy, badiiy-estetik didga ega boʻlgan, jismoniy va aqliy barkamol shaxs etib tarbiyalashdir. Shuningdek, boʻlimning vazifalari ajdodlarimizning buyuk tarixiy merosi va hozirgi zamon tafakkuri asosida yashaydigan, mustaqil dunyoqarashga egaboʻlgan vatanparvar, insonparvar, milliy gʻurur va oʻzligini anglaydigan, oʻz millatiga sadoqatli boʻlishni eng yuksak burch deb biladigan, odamlarda iymon, mehr-shafqat, poklik va halollik kabi fazilatlarni qadrlay oladigan, ularga hayotda amal qiladigan, oʻzida ota-onaga izzat-hurmat, oilaga sadoqat, bagʻrikenglik tuygʻularini singdirgan, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni amald aajrata oladigan shaxsni shakllantirishga koʻmaklashish, talabalarning oʻz ruhiy dunyosini takomillashtirib hayotda oʻz oʻrinlarini topishga hamda mustaqillikka tahdid soladigan ekstremistik oqimlarga qarshi jangovor kurashchi boʻlib yetishishiga yordamlashishdan iboratdir.
Boʻlimning vazifalari:
– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan Farmonva Qarorlar mazmunini professor – oʻqituvchi va talabalarga yetkazib borish;
– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Respublika hukumati va Vazirlik tomonidan qabulqilingan taʼlim-tarbiya, maʼnaviyat va maʼrifat, milliy istiqlol gʻoyasi va mafkurasiga bagʻishlangan Farmon, Qaror va buyruqlar boʻyicha tegishli hujjatlar tayyorlash va ularning bajarilishini taʼminlash;
– universitet bilan korxona, tashkilot, huquq tartibot idoralari, sanʼat va madaniy muassasalar, xususiy korxona va firmalar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar sohasida manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish;
Talabalarning maʼnaviy axloqiy saviyasi va madaniy ehtiyojlarini aniqlash maqsadida ular orasida sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazib boorish va ularning natijalaridan tarbiyaviy ishlarda foydalanish;
– mustaqil dunyoqarashga ega boʻlgan, ajdodlarimizning buyuk tarixiy merosi va hozirgi zamon tafakkuri asosida yashaydigan, vatanparvar, insonparvar, milliy oʻzligini anglaydigan, milliy gʻurur va oʻz millatiga sadoqatli boʻlishni eng yuksak burch deb biladigan, odamlarda iymon, mehr-shafqat, poklik va halollik kabi fazilatlarni qadrlay oladigan va ularga hayotda amal qiladigan, ota-onaga izzat-hurmat, oilaga sadoqat, bagʻrikeng, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni amalda ajrata oladigan shaxsni shakllantirishda koʻmaklashish;
– talabalarning hayotda oʻz oʻrinlarini topishga, oʻz-oʻzini tarbiyalash, oʻz shaxsini kamolatga yetkazish, oʻz ruhiy dunyosini takomillashtirish usullarini egallashlariga yordam berish;
– mustaqillikka tahdid soladigan ekstremistik oqimlarga qarshi jangovor kurashchi boʻlib yetishishiga talabalarga yordamlashish.
– zamon talablariga javob beradigan maʼnaviy barkamol, yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashda Respublika Prezidenti Farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining Qarorlarida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish
– talaba-yoshlarni chuqur vatanparvarlik, fidoyilik, milliy gʻoya va mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiyalash ishlarini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirishga alohida eʼtabor qaratish.
“BOʻLIM”NING HUQUQLARI:
– maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor bilan kelishilgan holda professor-oʻqituvchilarni maʼnaviyat va milliy istiqlol gʻoyasi boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlarga bevosita jalb qilish;
– talabalar orasida maʼnaviy-maʼrifiy va milliy istiqlol gʻoyasini targʻibot qilish maqsadida tuzilgan ishchi guruhlarning faol aʼzolari hamda turli koʻrik-tanlovlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan professor-oʻqituvchi va talabalarni mukofotga taqdim etish.
“BOʻLIM”NING MAQOMI:
– maʼnaviyat-maʼrifat masalalari boʻyicha “Boʻlim” boshligʻi oʻz ish jarayonida rector va Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektorga boʻysunadi.
Boʻlim manzili: Termiz shahri Barkamol avlod koʻchasi 43-uy.