Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi

634 Views

 

 Kafedraning ilmiy yo’nalishi: maktabgacha ta’lim tizimida pedagogik- psixologik diagnostika masalalarini ilmiy o’rganish.

Kafedra  qator yillardan buyon Nizomiy nomidagi TDPU Maktabgacha ta’lim kafedrasi, Qarshi DPU, SamDU. Respublika Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini MO va QT Instituti bilan ilmiy hamkorlik faoliyatini yo’lga qo’ygan.

Kafedra muduri: dots.Norbosheva Mehri Ochilovna

011Telefon:  +998 91 585 52 18

Elektron manzil: narbasheva@mail.ru

Maktabgacha ta’lim metodikasi

 

Kafedra tarixi:

“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da belgilangan ustuvor vazifalarni bajarish hamda joriy o’quv yilida ta’lim samaradorligini oshirish yuzasidan kafedra oldiga qo’yilgan barcha vazifalarni amalga oshirishni bosh maqsad qilib qo’ygan.

Kafedra 2000-2001 o’quv yilining 1 sentyabridan “Umumiy pedagogika” va “Psixologiya ”kafedralari negizida “Maktabgacha tarbiya” kafedrasi  tashkil topdi.

  • 2001-2002 yillarda kafedrani f.d.,prof. B.O.Qodirov boshqargan.
  • 2002-2004 yillar mobaynida kafedrani p.f.n. O’.Rajapov boshqardi.
  • 2004-2009 yillarda dots. S.Jo’raqulov kafedraga rahbarlik qilgan.
  • 2009-2010 yilda esa yana p.f.n. O’.Rajapov boshqardi
  • 2010-2011 yillarda dots. R.Mustafaqulov boshqardi.
  • 2010 yilda kafedralarni yiriklashtirish maqsadida “ Boshlang’ich ta’lim“ va ”Maktabgacha ta’lim” kafedralari birlashtirilib, “Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta’lim” deb yuritila boshladi
  • 2011 yil 28 avgustdan 2014yil fevralga qadar  kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida psixologiya  n.,dots. M.O.Norbosheva faoliyat yuritdi.
  • 2014 yil 2 sentyabrdan “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi yana alohida kafedra sifatida faoliyat yurita boshladi va kafedrani b.f.n. M.Xolmurodov kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi sifatida ish yuritdi.
  • 2015 yilning 16 aprelidan boshlab kafedrani dots. M.Norbosheva boshqarib kelmoqda.

2015 –2016  o’quv yili  sentyabr oyidan  maktabgacha ta’lim kafedrasi , “Maktabgacha ta’lim metodikasi”  kafedrasi  deb nomlandi.

Xozirgi kunda kafedrada 1 ta fan doktori, 1 ta  dotsent, 3 ta katta o’qituvchi, 5 ta o’qituvchi , 322 nafar talaba bilim olmoqda.

 Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

  • 5111800 – Maktabgacha ta’lim yo’nalishi;

 Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

Bakalavriat:

  • Umumiy psixologiya
  • Maktabgacha pedagogika
  • Ijtimoiy pedagogika.Oila pedagogikasi
  • Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi
  • Ijtimoiy va oila psixologiyasi
  • Nutq o’stirish metodikasi
  • Maktabgacha ta’limda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi
  • Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi
  • Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasi
  • Estetik tarbiya metodikasi
  • Maktabgacha ta’limda pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi
  • Maktabgacha ta’limda nutq va o’zga tilga o’rgatish metodikasi

Tanlov fanlar

  • Muloqot psixologiyasi
  • Maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik mahorat
  • Xorijda maktabgacha ta’lim
  • Bolalar ijodkorligi
  • O’yin psixologiyasi

Ixtisoslik fanlar

  • O’zga tilga o’rgatish metodikasi
  • Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash
  • MTM da mutaxasssilikka kirish
  • Maktabgacha ta’limni texnologiyalashtirish va loyhalashtirish

Qo’shimcha fanlar

  • Qiyosiy pedagogika

Kafedra professor-o’qituvchilari:

010020

 Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

  • Norbosheva M.O – “Maktabgacha ta’limda psixodiagnostika” (o’quv qo’llanma)
  • Norbosheva M.O, Norbosheva. M.O, To’raxonov,A – “Idrok fenomenlari” (o’quv qo’llanma)
  • Norbosheva M.O – “Go’daklik va ilk yosh davri psixolodiyasi” (o’quv qo’llanma)
  • Norbosheva M.O – “Maktabgacha ta’limda tasviriy faoliyat” (uslubiy qo’llanma)
  • Norbosheva M.O – “maktabgacha yoshdagi bolalarda muloqot ko’nikmalarini shakllantirish” ilmiy risola.
  • Norbosheva M.O, O’taganova O’. – “O’smirlar temperamenti va xarakter tiplari: psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi” (Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolleji psixologlari va murabbiylari uchun uslubiy qo’llanma)
  • Berdiyeva.M.M – “Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni pedagogik qo’llab-quvvatlash orqali intelektual rivojlantirish yo’llari”- ( qo’llanma)
  • Yuldosheva F. “maktabgacha ta’lim muassasalarida elementar matematika” uslubiy qo’llanma.

So’nggi 5 yilda kafedra a’zolari tomonidan  3ta o’quv qo’llanma, 3 ta uslubiy qo’llanma, 30 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan.

Kafedraning 6 nafar  pedagog xodimlari  pedagog kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslaridan muvaffaqiyatli o’tib kelishdi.

Bugungi  kunda  kafedra pedagog-xodimlari 5111800-Maktabgacha ta’lim yo’nalishi  bo’yicha malakali bakalavr kadrlar tayyorlashmoqdalar.

Kafedra tegishli fanlar bo’yicha o’quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirmoqda.

Kafedra o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining meyoriy hujjatlari va Termiz davlat universiteti ustavi asosida ish yuritib kelmoqdalar.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

“Muloqot jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari” mavzusi . 19.00.06 –  Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi ixtisosligi bo’yicha psixologiya fanlari yo’nalishida falsafa fanlari doktori (PhD)   –k.  o’q. Norbosheva M.O.. (2018-2022)

O’quv tarbiya jarayonidata’lim oluvchilarni qo’llab- quvvatlash orqali intellestual imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish”  ( MTM tarbiyalanuvchilari misolida) 13.00.01 Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo’yicha pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktoro ilmiy darajasini olish uchun (PhD)   -– k.o’q. Berdiyeva M.M.

  • “ Innovatsion ta’lim muhitida maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni shakllantirish” 13.00.08 maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktoro ilmiy darajasini olish uchun (PhD)  – O’q. Qodirova Sh. X.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

  • Norbosheva M “Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi” – “O’quv qo’llanma.
  • Norbosheva M. “ Maktabgacha ta’limda qo’g’irchoq teatri” – Oliy o’quv yurtlari, akademik litsey, kasb hunar kollejlari professor-o’qituvchilari va talabalari uchun o’quv-uslubiy qo’llanma”.
  • Yuldosheva F. – “Xorijda maktabgacha ta’lim”. O’quv-uslubiy qo’llanma.

Kafedra manzili:  1-o’quv bino, 4 – qavat, 424 – xona

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support