Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



Jalb etilgan sarmoyalar va grantlar

382 Views

Universitetdagi xalqaro loyihalar bo’yicha rejalar:

– O’zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda Termiz davlat universitetida yapon tili markazini tashkil yetish;

– Xitoy Xalq Respublikasining ShimoliyG’arbiy universiteti bilan hamkorlikda Konfutsiy – xitoy tili markazini tashkil yetish;

– O’zbekistondagi Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda universitetda IELTS imtixonlari uchun ro’yxatdan o’tkazish idorasini tashkil yetish;

– Chexiya Respublikasidagi Ostrava universiteti bilan o’qituvchi va talabalar mobilligi doirasidagi xalqaro loyihada ishtirok etish;

–  Slovakining Kosis Texnika universiteti bilan ilmiy salohiyatni oshirish bo’yicha xalqaro loyihada ishtirok etish;

– Universitet ialabasi Ismatov Dilshodni 10 oy muddatga Vengriyanig Sent Ishvan universitetiga venger tili kurslarida ishtirok etish uchun yuborish;

– Joriy yilning 21 dekabrida Erasmus+ dasturi doirasida  xalqaro mobillik masalalariga bag’ishlangan xalqaro konferentsiyaga mezbonlik qilish;

Termiz davlat universitetidagi xalqaro loyihalar:

  1. Loyiha nomi: PAWER – “Hududlararo mobillikni yo’lga qo’yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash”

Loyiha granti oluvchisi:  Italiyaning L’Akvila universiteti.

Loyiha maqsadi: Loyiha talabalar mobilligi kontekstida kreditlarni (baholarni) va besh o’quv yo’nalishi bo’yicha baholash tizimini mukammallashtirish va bir xillashtirish jarayonini yo’lga qo’yishdan iboratdir. Loyiha yakuniga ko’ra talabalarning xalqaro mobilligini osonlashtiruvchi, hamkor ta’lim muassasalari o’rtasida yagona mexanizm ishlab chiqiladi

Loyihaning umumiy miqdori: 29,000 yevroga teng

Loyiha muddati: 2016-2019 yy

  1. Loyiha nomi: INTRAS – Intellektual transport tizimlari: O’zbekiston uchun yangi AKTga asoslangan magistratura o’quv dasturi (Shartnoma raqami – 2017 – 3516/001 – 001)

Loyiha granti oluvchisi:  Polshaning Gdansk universiteti.

Loyiha maqsadi: Shu sohada O’zbekistonda magistratura bosqichidagi ta’limni rivojlantirish va bu borada malaka almashish imkoniyatini yaratib berish

Loyihaning umumiy miqdori: 79,400 yevroga teng

Loyiha muddati: 2018-2021 yy

 

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support