Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



Jahon tarixi kafedrasi

398 Views

1

Kafedra muduri Qabulov Eshbolta Atamuratovich

Telefon: +99890 966 00 44

Elektron manzil: eshbolta@mail.ru

“Jahon tarixi”kafedrasi

 

KAFEDRA TARIXI

Termiz davlat universiteti Tarix fakul`tetida  Jahon tarixi kafedrasi mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan maxsus kafedra bo‘lib, o‘rta umumta’lim maktablari hamda o‘rta-maxsus kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun tarix fani o‘qituvchilarini tayyorlab beradi.

1965 yilda Termiz davlat pedagogika instituti qayta tashkil etilishi bilan Umumiy tarix fanlari barcha ijtimoiy fanlar bilan birgalikda bitta kafedra qilib tashkil etilgan. 1975 yil umumiy tarix kafedrasi mustaqil kafedra bo‘lib tashkil topdi va birinchi bo‘lib, 1975-1980 yillarda tarix fanlari nomzodi Ch.Jumaev, 1981-1985, 1992-1997 professor Z.Mirzaev, 1985-1992, 1997-2005 yillarda dotsent H.Kichkilov mudirlik qildi. 2005 yildan kafedraga dotsent Z.E.Xoliqov mudirlik qildi.  Jahon tarixi kafedrasidan 1990 yilda O‘zbekiston tarixi kafedrasi ajralib chiqdi, 1991 yil sentyabr oyida “Jahon tarixi”  kafedrasi qayta tashkil etildi.2002 yil dekabr oyida “Jahon tarixi” kafedrasidan “Arxeologiya va etnografiya” kafedrasi ajralib chiqdi. 2010 yil avgustda «Jahon tarixi» kafedrasi bilan «Manbashunoslik, tarixshunoslik va maxsus tarix fanlari» kafedrasi  qo‘shilib, “Jahon tarixi va manbashunoslik” deb nomlandi va ushbu kafedraga t.f.d.prof.S.N.Tursunov mudirlik qildi. 2015 yil 27 avgust kunidan “Jahon tarixi va manbashunoslik” kafedrasi nomi o‘zgarib, Jahon tarixi kafedrasiga aylandi va shbu kafedraga 2017 yil fevral oyigacha t.f.d.prof. S.N.Tursunov mudirilik qildi. 2017-2018 yillar kafedraga dots.M.Fayzullaeva, 2018 yil 1 maydan Qabulov Eshbolta mudirlik vazifasiga tayinlandi.

Tarix fakul`tetida ilmiy salohiyati jihatidan yuqori va etakchi o‘rinda turuvchi kafedra hisoblanadi. Kafedrada O‘zbekiston respublikasining xalqaro hamjamiyatda tutgan o‘rni hamda respublika va vohamizdan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot izlanishlar bilan hamnafas yangiliklar amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada faoliyat yuritayotgan 14 shtat birligida 15 nafar professor-o’qituvchilardan:

– 1 nafari fan doktori, professor;

– 4 nafari fan nomzodi – dotsent ;

– 3 nafari fan nomzodi – katta o’qituvchi;

– 3 nafari katta o’qituvchi;

– 4 nafari ilmiy darajaga ega bo’lmagan o’qituvchini tashkil etadi.

 Ilmiy salohiyat  – 55,0 % 

Kafedra jamoasi Oliy ta’lim muasassasi tayanch hisoblangan-M.Ulug`bek nomidagi Toshkent davlat Milliy universitetining Jahon tarixi kafedrasi bilan hamkorlikda ilmiy ishlar olib bormoqda.

Tarix ta’lim yo’nalishi talabasi Normo`minov Mansur “Tarix” fanidan 2016 yil 14-15 may kunlari respublika oliy o’quv yurtlari talabalari o’rtasida bo’lib o’tgan olimpadaning ikkinchi bosqichida faxrli 1-o’rinni egalladi.

Tarix ta’lim yo’nalishi talabasi Uralov Siroj “Tarix” fanidan 2017 yil 11-13 may kunlari respublika oliy o’quv yurtlari talabalari o’rtasida bo’lib o’tgan olimpadaning ikkinchi bosqichida faxrli 1-o’rinni egalladi.

Ilmiy maqola, monografiya, o‘quv qo‘llanma va darsliklar chop etishda kafedra professor -o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan o‘quv qo‘llanma va darsliklar respublika va dunyo ilm axlini lol qoldirib kelmoqda.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Jahon tarixi kafedrasi professor-o‘qituvchilari  tomonidan 2015-2018 yillarda  11 ta mongrafiya,  2 ta albom,   10 ga yaqin xorijiy jurnallarda, 10 ga yaqin xorijiy konferensiyalarda, 200 dan ortiq  respublika anjumanlarida ilmiy maqolalar  nashr etildi.

Kafedra professor-o’qituvchilari talabalarga sifatli dars berish bilan birga, ularning ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yetuk insonlar bo’lib yetishishiga  alohida e’tibor berishadi.

Kafedra a’zolarining 2017 yilda 2 ta innovatsion loyiha amalga oshirildi. Jumladan,

t.f.d.prof.S.N.Tursunov, oq.F.Xolmonova: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi bilan tuzilgan №-2015-1-26 sonli innovatsiya loyihasi asosida ( 80 mln.so‘m ) ”O‘zbekistonda toponimik nomlar va ularning tarixi” monografiyasi 2017 yil   chop etildi.

t.f.d.prof.S.N.Tursunov, oq.G.Ahmedova: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi bilan tuzilgan №I-2015-1-27  sonli innovatsiya loyihasi asosida  ( 60,0 mln.so‘mlik)  “O‘zbekiston janubiy hududlarida madaniy va amaliy san’at yodgorliklari tarixi” monografiyasi  2017 yil   chop etildi.2

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

  • 5120300-tarix (jahon mamlakatlari bo`yicha)

 Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

Bakalavriat:

  1. Xronologiya va metrologiya
  2. Jaxon tarixi
  3. Manbashunoslik va tarixshunoslik
  4. Tarix o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari
  5. Sharq allomalarining ilmiy me’rosi
  6. Jaxons sivilizatsiyalari tarixi
  7. Tarixiy antropologiya
  8. Arxeologiya va etnologiya
  9. Fan va texnika tarixi
  10. Muzeyshunoslik va arxivshunoslik
  11. Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi
  12. Mutahassislikka kirish
  13. Xorijiy davlatlarning zamonaviy tarixi

Sharqiy Buxoro tarixi

Professor-o’qituvchilar

Ilmiy darajali professor o‘qituvchilar

 3 Qabulov Eshbolta Atamuratovich tarix fanlari nomzodi, dotsent, kafedra mudiri
 4 Tursunov Saypulla Narzullayevich tarix fanlari doktori, professor
 5 Xolmo‘minov Xusan Eshmo`minovich tarix fanlari nomzodi, dotsent
 6 Fayzullaeva Mavluda Hamzaevna tarix fanlari nomzodi, dotsent
 7 Tilavov Bekmurod tarix fanlari nomzodi, dotsent
 8 Raximov Bahodir Saidmusayevich tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi
 9 Yormatov Fahriddin Joylovovich tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi
 10 Mirzaev Jaloliddin Zayniyevich tarix fanlari nomzodi, o‘qituvchi

Ilmiy darajasi yo‘q o‘qituvchilar

 11 Ergasheva Sayyora Abdusattorovna katta o‘qituvchi
 12 SHaropov Saidusmon Saidahmedovich katta o‘qituvchi
 13 Xolmonova Feruza Uralovna katta o‘qituvchi
 14 Annaeva Zarifa Musurmonqulovna o‘qituvchi
 15 Ahmedova Gulchehra O‘skinovna o‘qituvchi
 16 Buronov Abdulhakim Xolliyevich o‘qituvchi
 17 Turopova Mohidil Turdiyevna o‘qituvchi

Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2018-2019 yilida bajariladigan  ilmiy-tadqiqot loyiha ishlarining rejasi

Loyiha mavzusi Loyiha rahbari Bajarilish muddati
1 “Jamiyatda millatlararo bag‘rikenglik, tinchlik, o‘zaro mehr-oqibat va do‘stlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni rag‘batlantirish” Xolmo‘minov Husan Eshmo‘minovich 2018-2019
2 “Surxondaryo viloyati tarixiy ekoturizm salohiyati” Yormatov Fahriddin 2018-2020

  Kafedra nomi  ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha

2018-2021 yilga mo‘ljallangan istiqbolli

REJASI

Mustaqil   izlanuvchilarning

F.I.SH.

Mustaqil izlanuvchilarning shug‘ullanayotgan  tayanch  oliy  o‘quv  yurtlari  va ilmiy rahbari yoki  maslahatchisi, ilmiy darajasi, lavozimi va ish joyi Himoya qilish vaqti
1 Pardaev T.R. Termiz davlat universitet t.f.d.prof.S.N.Tursunov 2019
2 Xolmo‘minov X.E. O‘zMU, Prof.R.Murtozaeva 2020
3 Turapova M. Termiz davlat universiteti t.f.d.prof.S.N.Tursunov 2021

2018-2019 yilda Jahon tarixi kafedrasi professor-o‘qituvchilar tomonidan monografiya, o‘quv qo‘llanma va darsliklar chop etish rejasi

Muallif F.I.SH. Monografiya mavzusi Nashr etish muddati
1 Tursunov S.N., Qobulov E.O. Termiz tumani tarixidan lavhalar 2019
2 Tursunov S.N., YOrmatov F.J. Angor tumani tarixidan lavhalar 2019

 

BAQTRIYA» TO‘GARAGI ISH REJASI

To‘garak nomi Talabalar soni To‘garak ilmiy raxbari To‘garak mashg‘ulotlarini o‘tkazish vaqti
1 «Baqtriya» 25 Raximov B.S. Oyning 3- juma kunlari 14.00 da

To‘garakning maqsadi iqtidorli yoshlarning  ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va tashkilotchilik faoliyatlar davomida respublikamizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ijtimoiy iqtisodiy islohotlar va ularning natijalarini Prezidentimiz asarlari va nutqlarini hukumatimiz qarorlarini hamda ma’naviy-ma’rifiy hayot bilan bog‘liq jarayonlarni keng jamoatchilik o‘rtasida va talabalar o‘rtasida targ‘ib qilishda alohida faollik ko‘rsatishga erishishdan iborat.

Kafedradagi to‘garakning tadqiqot yo‘nalishi quyidagi fanlar asosida olib boriladi: Surxondaryo tarixi, O‘zbekiston tarixi, Etnologiya, Arxeologiya, Manbashunoslik, Tarixshunoslik, Jahon tarixi, Tarixiy demografiya, Muzeyshunoslik va arxivshunoslik, Tarix o‘qitish usulubiyoti, Tarixiy geografiya, Buyuk ipak yo‘li va boshqa fanlar.

To‘garak o‘z faoliyati davomida ko‘rgazmali ilmiy video anjumanlar amalga oshiradi. Elektron doska va universitet veb-saytining olimlarimiz tomonidan yaratilishi jahon xalqlari va O‘zbekiston tarixini o‘rganishda yangi bosqich boshlanganligini, respublika yosh olimlarining ilmiy malaka va tajribalarini oshirishda arxeologiya va etnografiya yo‘nalishlari va tarix yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etish. Universitet va respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyalarda qiziqarli ilmiy maqolalar bilan chiqish qilish.

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support