Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



Internal control and monitoring department

1,162 Views
OLYMPUS DIGITAL CAMERA Bo’lim boshlig`i Muratov Abdusalim Nuraliyevich
Qabul kuni Dushanba, Chorshanba, Juma
Manzili Termiz shahri, Barkamol avlod ko’chasi 43-uy
Telefoni +998905202596

 

Umumiy ma’lumotlar: Bo‘lim bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, bo‘lim uslubchisi ishlarini tashkil qiladi hamda bo‘limga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun to‘liq javob beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qaroriga muvofiq hujjatlar va topshiriqlarning o‘z vaqtida ijro etilishi bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2009 yil 28 avgustda 11-10-son bilan tasdiqlangan Tartibga asosan oliy ta’lim muassasalaridan 1-2-jadvallar bo‘yicha oylik hamda vazirlik buyruqlari bo‘yicha choraklik hisobotlarni qabul qiladi, umumlashtiradi va har chorak yakuni bo‘yicha hisobotni tayyorlab boradi.

Bo‘lim  ishlarini takomillashtirish, o‘zi, bosh mutaxassis va devonxona mudirasining malakasini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezident devoni va Vazirlar Mahkamasidan kelgan hujjatlar va topshiriqlarni belgilangan muddatda bajarilishini nazorat qiladi hamda ijro muddati kelgan hujjatlar yuzasidan ogohlantirish nazoratini amalga oshiradi.

Hujjatlar ijrosining borishi holati yuzasidan rektorga axborot berib boradi.

Universitetning tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq bo‘limlar, fakultetlar va kafedralarda o‘tkaziladigan maqsadli va kompleks o‘rganishlarni tashkil etadi hamda natijalari yuzasidan takliflar ishlab chiqadi.

Universitet tasarrufidagi tegishli bo‘linmalar tomonidan kadrlar tayyorlash sifati, ularga bo‘lgan ehtiyoj va mehnat bozorini rivojlantirish, universitet moddiy-texnika bazasini takomillashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar monitoringini olib borish.

Bevosita universitet rektoriga bo’ysinadi.

Bo‘lim zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida har o‘quv yili uchun bo‘lim faoliyatini rejalashtiradi va uning samarali bajarilishiga rahbarlik qiladi.

Bo‘lim hodimlari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi, bo‘limda mo‘tadil ijodiy muhit va mehnat intizomini ta’minlaydi.

Universitet veb saytida bo‘linmalarda mehnat va ijro intizomiga oid ma’lumotlarni aniqlaydi.

Yuqori tashkilotlarga taqdim etiladigan ma’lumot va hisobotlarning belgilangan talab, mazmun, shakl va muddatlarda taqdim etilishiga javob beradi.

Universitet shtat birligi, lavozim vazifalari asosida universitet hodimlarining huquq va majburiyatlarini aniqlaydi, ularni rag‘batlantirish yoki intizomiy chora ko‘rish xususida universitet rektoriga yozma taklif beradi.СнимокUmumiy ma’lumotlar: Universitetda O‘zbekiston Respublikasining Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga oid Qonunlari, yuqori tashkilotlarning farmon, qaror va farmoyishlarini, vazirlik Hay’at qarori, buyruq, yo‘riqnoma, xat, modemnoma va telefonogrammalarini, shuningdek, universitet buyruqlarining bajarilishini nazorat qilish hamda monitoringini olib borish.

bevosita bo‘lim boshlig‘iga bo‘ysinadi.

har o‘quv yili uchun bo‘lim faoliyatini rejalashtirishda, uni samarali bajarilishida bo‘lim boshlig‘iga tayanch bo‘ladi.

yuqori tashkilotlarga yuboriladigan ma’lumot va hisobotlarni belgilangan talab, mazmun, shakl va muddatlarda tayyorlanishini ta’minlaydi.

bo‘lim hodimlarini uslubiy qo‘llash, bo‘limda namunaviy mehnat, ijro intizomini shakllantirish va boshqa amaliy-tashkiliy tadbirlarda faol ishtirok etadi.

universitetda ta’lim va tarbiya jarayonida integratsion va innovatsion texnologiyalarni shakllantirish va rivojlantirish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amaliyotga tatbiq etilishini nazorat qilish.СнимокUmumiy ma’lumotlar: Universitetda O‘zbekiston Respublikasining Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga oid Qonunlari, yuqori tashkilotlarning farmon, qaror va farmoyishlarini, vazirlik Hay’at qarori, buyruq, yo‘riqnoma, xat, modemnoma va telefonogrammalarini, shuningdek, universitet buyruqlarining bajarilishini nazorat qilish hamda monitoringini olib borish.

bevosita bo‘lim boshlig‘iga bo‘ysinadi.

har o‘quv yili uchun bo‘lim faoliyatini rejalashtirishda, uni samarali bajarilishida bo‘lim boshlig‘iga tayanch bo‘ladi.

yuqori tashkilotlarga yuboriladigan ma’lumot va hisobotlarni belgilangan talab, mazmun, shakl va muddatlarda tayyorlanishini ta’minlaydi.

bo‘lim hodimlarini uslubiy qo‘llash, bo‘limda namunaviy mehnat, ijro intizomini shakllantirish va boshqa amaliy-tashkiliy tadbirlarda faol ishtirok etadi.

universitetda ta’lim va tarbiya jarayonida integratsion va innovatsion texnologiyalarni shakllantirish va rivojlantirish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amaliyotga tatbiq etilishini nazorat qilish.

Main menu
Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support