Geografiya kafedrasi

526 Views

000000000000000Kafedra tarixi

Geografiya kafedrasi 1986 yilda geografiya fanlari doktori, professor Abdimo’min Normurodovich Ro’ziyev tashabbusi bilan   tashkil qilingan. Shungacha, ya’ni 1986-1987 o’quv yilidan boshlab  Geografiya ta’lim yo’nalishi  ochildi biroq, uning qo’shimcha ixtisosligi biologiya edi. Shu boisdan dastlab kafedra  geografiya-biologiya kafedrasi deb yuritildi.  1988 yilning sentyabr oyida universitet ilmiy kengashining qarori bilan mustaqil geografiya kafedrasi faoliyat ko’rsata boshladi.

1990-1991 o’quv yilidan boshlab Geografiya ta’lim yo’nalishi bo’yicha tahsil olgan ilk 27 nafar talaba hayotga yo’llanma oldi va shu yillardan boshlab to hozirgi kungacha talabalar geografiya yo’nalishi bo’yicha o’qishni tamomlab viloyatimizning o’rta ta’lim, akademik litsey va maxsus kasb-hunar kollejlarida geografiya fani o’qituvchisi sifatida faoliyat yuritmoqdalar.

Geografiya kafedrasi yangi tashkil qilingan yillarda A.Ro’ziyev, X.Shosaidov, M.Erdonov, O’.Safarovlar faoliyat ko’rsatishgan. Kafedrada professor-o’qituvchi kadrlarning yetishmasligi, kadrlarga bo’lgan ehtiyojning kattaligi sababli Respublikamizning turli oliy o’quv yurtlaridan professor o’qituvchilar, jumladan, Toshkent DU (hozirgi O’zMU)dan prof. Z.M.Akramov va prof. R.U.Rahimbekovlar, Nizomiy nomidagi TDPIdan dots. M.Asomov, Qarshi DPIdan dots. A.Mamatovlar dars o’tishga taklif etildi.

Tez orada kafedra professor-o’qituvchilari safi kengayib yetuk malakali mahalliy kadrlar Q.Allanov, N.To’ychiyeva, M.Umarova va Sh.Qo’chqorovlar bilan ish boshladi. Keyinchalik kafedra a’zolari safiga U. Barotaliyev, Z.To’laganov, H.Abdunazarov, O.Lapasova,  A.Sattorov, Q.Choriyev, Z.Xolmatovlar qabul qilindi.

Kafedra yil sayin kengaydi, uning maxsus fan kabinetlari, Universitet hududida geografiya kafedrasining meteorologik maydonchasi tashkil qilindi.  O’qish – o’qitish, ta’lim-tarbiya ishlari zamon talablari darajasida olib boriladigan bo’ldi.

Kafedrada olib boriladigan ilmiy faoliyat kafedra mudiri prof. A.N.Ro’ziyev “O’zbekiston agrosanoat kompleksining hududiy sistemalari va uning takomillashtirish yo’llari” hamda aholishunoslik bilan bog’liq bo’lgan dolzarb mavzularda amalga oshirildi. Natijada  Q.Allanov tomonidan “Surxondaryo viloyatida paxta yetishtirish va uni qayta ishlashning hududiy tizimlari”, M.Erdonov tomonidan “Surxondaryo viloyati aholisi ko’payishidagi ayrim masalalar”, H.Abdunazarov tomonidan “Surxondaryo viloyatida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sanoatini hududiy tashkil etilishi” hamda A.Sattorov tomonidan “Surxondaryo  viloyati qishloq aholi manzilgohlarining rivojlanish  va joylanish xususiyatlari” mavzularida ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi va nomzodlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Kafedra ilmiy faoliyat bilan birga geografiya fanining turli sohalari bo’yicha darslik va o’quv qo’llanmalar yaratilishiga ham katta e’tibor qaratildi. Jumladan, A.Ro’ziyevning “Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi asoslari”, “Qishloq xo’jaligida fan-texnika taraqqiyoti”, “Qishloq xo’jaligi geografiyasi”, “O’zbekiston iqtisodiy geografiyasi”, H. Abdunazarov tomonidan “Surxondaryo viloyati yengil va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi monografiyasi, A.Sattorovning “Oliy o’quv yurti talabalari uchun geografiya fanidan test savollari” kafedra katta o’qituvchisi M.Umarovaning “Braziliya Federativ Respublikasi”, “Geografiya fanidan testlar to’plami”, Q.Allanov va B. Abdumo’minovlar tomonidan “Topografiya, kartografiya va geografik axborot tizimlari” nomli o’quv uslubiy qo’llanmalari Respublika miqyosidagi nashriyotlarda chop etildi.

  Kafedra olimlari tomonidan 1990, 1991, 1992, 1993, 2006, 2016 yillarda geografiya fanining dolzarb mavzulariga bag’ishlab respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar  tashkil qilindi. Kafedrada 2016 yilning 15 dekabrida  Surxondaryo viloyatida geografiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan olim geografiya fanlari doktori professor Abdimo’min Normurodovich Ro’ziyev tavalludining 80-yilligiga bag’ishlanib, Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi o’tkazildi va konferentsiya materiallari ilmiy to’plam tarzida chop qilindi.

Shuningdek, 1990 yildan 2003 yilgacha har yili kafedra qoshida “Talaba va fan-texnika taraqqiyoti” deb nomlanuvchi Respublika oliy o’quv yurtlararo talabalarning fan olimpiadalari o’tkazib kelindi.

Kafedra jamoasi talabalar ilmiy ishlarini ham yo’lga qo’ygan. Kafedra qoshida “Globus”, “Zakovat”, ”O’lkashunoslik”, ”Yosh geograflar”, ” ilmiy to’garaklari ishlab turibdi.

Kafedrada ta’lim-tarbiya ishlarini yo’lga qo’yish, kafedrani tajribali va ilmiy darajali kadrlar bilan ta’minlash, uning o’quv-uslubiy va ilmiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. 2017-2018  yillarda  kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 3 ta darslik, 4 ta o’quv qo’llanmasi, 5 ta monografiya, 10 ta uslubiy qo’llanmalar 700 ga yaqin ilmiy maqolalar  chop qilingan. 2018-2019 o’quv yilida  kafedra tizimida  34 ta fan o’qitilmoqda. Shuningdek,  “O’zbekiston geografiyasi”, “O’rta Osiyo geografiyasi” kabi fanlar Chet tillar fakultetida, O’zbek filologiyasi fakultetida, Iqtisod fakultetida va ekologiya ta’lim yo’nalishi talabalariga o’qitilmoqda.

Hozirgi kunda  geografiya kafedrasida 11 nafar tajribali professor-o’qituvchilar talabalarga fan sirlarini o’rgatmoqda. Ulardan 4 nafari fan nomzodi, 3 nafari dotsent, 2 nafari katta o’qituvchi va 5 nafar kishi o’qituvchi lavozimlarida faoliyat ko’rsatmoqda.

Kafedra ilmiy salohiyatini ko’tarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2005 yil H.Abdunazarov, 2009 yil A.Sattorovlar ham nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishdi va ilmiy salohiyat kafedrada 45 foizni tashkil qildi. Hozirgi kunda A.Choriyev, M.Umarova, N.Esanov, Q.To’rayev, B.Abdimo’minovlar ham doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.

                Kafedra tashkil etilgan yillardan buyon hozirgi kunga qadar uni bir necha kishi boshqarib keldi.   Jumladan, 1986-2001 yillarda prof. A.Ro’ziyev,  2001-2008 yillarda dots. Q.Allanov, 2008-2015 yillarda dots.H.Abdunazarov, 2015-2016 yillarda  g.f.n  A.Sattorov,  2017-x/v. g.f.n. M.Erdanov faoliyat yuritmoqda

Rasmda Kafedra professor-o’qituvchilari00000000000000000000000000000

Kafedrada mavjud yo’nalish

Bakalavriatura – 5140600 – Geografiya


Kafedra manzili:
  Termiz shahar, Sulton Saodat ko’chasi, Termiz davlat universiteti 6-bino 3-qavat  – xonada joylashga

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support