Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



Fuqarolik jamiyati kafedrasi

1,073 Views

1

kafedra mudiri:      TerDU dotsenti Yangiboyev Norquvvat Qulnazarovich

Telefon: +998905200504

Email: dili-5517@mail.ru

 

 

 Fuqarolik jamiyati kafedrasi tarixidan.

          Termiz davlat universitetining “Fuqarolik jamiyati” kafedrasiga oid fanlar taʼlim jarayoni va  universitet sturukturasidagi oʻzgarishlar sababli turli kafedralar tarkibida boʻlib, dastlab 1996 yilda alohida “Huquqshunoslik asoslari” kafedrasi tashkil etildi. Kafedraga yu.f.n. J.Xolmoʻminov, keyinchalik esa t.f.n. J.Mirzayev, t.f.n., dotsent  J.Tursunov va katta oʻqituvchi B.Berdiyev rahbarlik qilishgan. Kafedra oʻqituvchilari tomonidan 1995 yildan 2001 yilgacha barcha taʼlim yoʻnalishlarida huquqshunoslik fanidan, 2001 yildan 2005 yilgacha taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha Huquqshunoslik va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyani oʻrganish oʻquv kursi boʻyicha dars oʻtish tashkil qilingan.

        Milliy istiqlol gʻoyasi kafedrasi 2003 yilning dekabr oyida Falsafa kafedrasi tarkibidan ajralib chiqib alohida kafedra sifatida faoliyat boshladi. Kafedraga f.f.n., dots.X.X.Xudoyberdiyev rahbarlik qilgan. Kafedra oʻqituvchilari barcha taʼlim yoʻnalishlarida “Milliy istiqlol gʻoyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanini va mutaxassislik fanlardan  “Milliy istiqlol gʻoyasi: huquq va maʼnaviyat asoslari” yoʻnalishida dars berib kelishgan.

           Milliy istiqlol gʻoyasi: huquq va maʼnaviyat asoslari kafedrasi Termiz davlat universiteti  Ilmiy kengashining qaroriga koʻra 2005 yil 28 avgustda Milliy istiqlol gʻoyasi, huquq, madaniyatshunoslik kafedralari qoʻshilishi  natijasida vujudga keldi. Kafedra mudiri qilib yu.f.n. N.Mallayev tayinlandi. 2011 yil iyuldan 2012 yil aprel oyigacha kafedraga f.f.n.U.Mustafoyev rahbarlik qildi. Shu vaqtdan boshlab kafedra “Maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi” deb atala boshlandi. 2012 yil apreldan 2012 yil iyungacha f.f.n.R.Norliyev kafedra mudiri boʻldi. 2012 yil iyundan 2014 yil 1 maygacha  f.f.n.U.Mustafoyev kafedra mudiri etib tayinlandi.

         2014 yil 1 maydan hozirga qadar Termiz davlat universiteti dotsenti, katta oʻqituvchi Yangiboyev Norquvvat kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 2015 yildan kafedra Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi kafedrasi,  2018 yildan esa Fuqarolik jamiyati kafedrasi deb qayta nomlandi.

         Hozirgi kunda kafedrada ilmiy salohiyati  25 % ni tashkil qiladi. Kafedra professor-oʻqituvchilar tarkibida 4 nafar fan nomzodi, dotsent,  1 nafar fan nomzodi, 1 nafar TerDU dotsenti, 14 nafar ilmiy darajaga ega boʻlmagan katta oʻqituvchi va oʻqituvchilar faoliyat yuritmoqda.

           Kafedra aʼzolari oʻquv yili mobaynida maʼnaviy-maʼrifiy, siyosiy-huquqiy va diniy mavzular boʻyicha kafedra haftaliklarini talabalar uylarida va fakultetlarda oʻtkazib kelmoqdalar. Shu bilan birga kafedraning yetakchi pedagog-xodimlari viloyat tashkilotlari va tumanlarida boʻlib, keng jamoatchilikka mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohatlarning mazmun mohiyatini targʻib-tashviqot qiladi.  Kafedra qoshida universitet talaba yoshlari, professor-oʻqituvchilari va ishchi-xizmatchilarining manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan “Huquqiy maslahat markazi” faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, kafedrada “Yosh targʻibotchilar” oʻquv hamda “Innovatsiya” nomli ilmiy toʻgaraklari faoliyat yuritadi.

        Kafedra jamoasi OʻzRFA, OʻzMU, TDPU, TIU, SamDU, BuxDU, QarDU, shuningdek, viloyat Prokuraturasi, viloyat Sudlari, viloyat Adliya, Bojxona, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy boshqarmalari, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining viloyat boʻlimi hamda viloyat Oila markazlari bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.photo_2018-10-18_15-46-07

photo_2018-10-18_10-20-50

Kafedraning ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlari quyidagilar:

  1. Oʻzbekistonning huquqiy va maʼnaviy taraqqiyoti;
  2. Milliy taraqqiyot va maʼnaviy yuksalish jarayonining mohiyati va uning oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganish;
  3. Oʻzbekiston taraqqiyoti va mafkuraviy muammolarni oʻrganish;
  4. Huquqiy davlat qurishning asoslari;
  5. Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga oʻtish;
  6. Ekologik huquq va uning tarkibiy qismlarini oʻrganish.

“Fuqarolik jamiyati” kafedrasi Tarix fakultetida ilmiy salohiyati jihatidan yuqori va yetakchi oʻrinda turuvchi kafedralardan biri  hisoblanadi.photo_2018-10-18_10-17-43

photo_2018-10-18_10-18-18

photo_2018-10-18_10-18-48Kafedraning bosh maqsad va vazifasi – mustaqil Oʻzbekiston Respublikasida huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va maʼnaviy va madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar mohiyati toʻgʻrisida talabalarga har tomonlama chuqur bilim berish hamda ularning siyosiy-huquqiy madaniyatini va maʼnaviyatini yuksaltirish.photo_2018-10-09_09-47-47

photo_2018-10-18_10-17-35

Kafedrada oʻqitiladigan fanlar:

Bakalavriat:

 Fuqarolik jamiyati.,

Fuqarolik jamiyati. Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti., Sotsiologiya.,

Milliy gʻoya, asosiy tushuncha va tamoyillar.,

Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati.,

Taʼlim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning meyoriy huquq asoslari

Magistratura

Maʼmuriy va xoʻjalik huquqi

 Kafedra olimlarining ilmiy ishlari:

  1. Annayev T., Xoliyorov T., Mamarajabov Gʻ. va boshqalar. Angor arxeologik yodgorliklari. , 2014 yil. Risola
  2. Tursunov N. Janubiy Surxon vohasi etnografiyasi. T., 2015 yil. Monografiya
  3. Xudoyberdiyeva. Milliy gʻoyaning negizlari. Termiz. 2016 yil. Risola.
  4. Xudoyberdiyeva. Klassik mafkuralarning shakllanishi va evolyutsiyasi. Termiz. 2016 yil. Risola.
  5. Xudoyberdiyeva, M.Doʻstnazarova. Gʻoyaviy tarbiya va yoshlar. Termiz. 2016 yil. Risola.
  6. Davlatova. Oʻzbekistonda boshqaruv strukturasining shakllanishi va taraqqiyotida milliy masalaning oʻrni (XX asrning 20 yillari). Toshkent. 2016 yil. Monografiya
  7. Yangiboyev, S.Eshkurbanov. 2016-2017 yillarda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga umumiy sharh va maʼlumotlar. Termiz 2017. Uslubiy qoʻllanma.
  8. Yoʻldosheva, A.Boqiyev, A.Shaydullayev. Tarixdan saboqlar-2. Toshkent. 2017 yil. Monografiya.
  9. Xudoyberdiyeva. Milliylik: koʻrinishi, muammo va yechimlari. Termiz 2018 yil. Monografiya.
  10. Xolmoʻminov, N.Mallayev. Ekologiya huquqi. Toshkent. 2018 yil. Darslik.

Professor-oʻqituvchilar  F.I.SH. 

Снимок

Снимок

2

 

Main menu
Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support