MAGISTRLIK DIPLOMLARI TOPSHIRILDI

MAGISTRLIK DIPLOMLARI TOPSHIRILDI

Meeting and events
Talabalik insonning mustaqil hayotga qo’ygan ilk qadamidir. Bu davrda mustaqil hayotga bo’lgan qiziquvchanlik hamda soddadillik uyg’unlashuvi umrning yangi bir qiziqarli bosqichini hosil qiladi. Kechagina bakalavrlik diplomlarini olib o’z o’qishini magistraturada davom ettirish, bilim va ko’nikmalarini yanada oshirishni niyat qilgan talabalar bugun ko’zlarida quvonch, yuzlarida tabassum bilan universitet magistrlariga diplom topshirish tadbiri qaxromonlariga aylanishdi. Termiz davlat universitetida tashkil etilgan tadbir avvalida universitet rektori A.Toshqulov so’zga chiqib barcha bitiruvchilarni eng esda qolarli kunlaridan biri bilan tabriklab, orzulari ro’yobini, kasbiy sohalarida omad yor bo’lishini tilash bilan birga o’zining talabalik davrida yuz bergan qiziqarli voqealar, ustozlar o’giti, yoshlikdagi orzu-havaslaru, ularning ijobati to’g’risida yig’ilganlarga so’zlab berdi. Shundan so’ng professor-o’qituvchilardan I.Allakov, P.Bakirov, H.To’raevlar so’zga chiqib bitiruvchilarga o’zlarining eng ezgu tilaklarini bildirishdi. Tadbir so’ngida magistratura bitiruvchilaridan V.Narzullaeva hamda V.Sakbaevalar so’zga chiqib universitetda ta’lim-tarbiya, bilim bergan ustoz –…
Batafsil
Rahmat senga, TerDU!

Rahmat senga, TerDU!

Meeting and events
Xorijiy filologiya fakultetida bitiruvchi talabalarga bakalavr diplomi topshirish marosimi bo’lib o’tdi. Marosim avvalida  fakultet dekani filologiya fanlari doktori, professor Poyon BAKIROV bitiruvchi talabalarni oliygohni tamomlaganliklari bilan tabriklab, ularning kelgusi faoliyatiga omad va zafarlar tiladi. Ustozlar talabalarga oq yo’l tilaganlaridan so’ng fakultetning san’atga ixlosmand talabalari kuy-qo’shiqlari va rang-barang chiqishlari orqali qatnashchilarga kichik bitiruv oqshomi uyushtirib berishdi. Marosim so’ngida 4 yil davomida faol bo’lgan bitiruvchilar barcha talabalar nomidan ustozlarga va butun universitetga o’z samimiy minnatdorliklarini bildirishdi. Biz ham sizga omad tilab qolamiz, aziz talabalar!
Batafsil
Xalqaro aloqalarda yana bir qadam!

Xalqaro aloqalarda yana bir qadam!

Rasmiy tashriflar., Rasmiy tashriflar, Meeting and events
Termiz davlat universiteti xalqaro aloqalar yo'lida yana bir qadam tashladi. Janubiy Koreyaning KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) tashkiloti vakillari agentlik direktori o’rinbosari Mi Pak, Volontyor dasturi menejeri Xyong Jong, Menejer yordamchisi Anvar Shomirzayev va kichik kordinator Li Chae Yonglar universitetimizda mehmon bo’lishdi. Uchrashuv davomida tomonlar mazkur agentlikning volontyorlik dasturi bo’yicha muzokaralar olib borishdi. Muzokaralar hamkorlar tomonidan manfaatli shartnoma imzolanishi bilan yakunlandi. Unga ko’ra Surxondaryo , umuman O’zbekistonda ta’lim, sog’liqni saqlash, energetika, davlat boshqaruvi singari muhim yo’nalishlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tashkilot ekspertlari O’zbekistonga bilim va tajriba almashish uchun yuboriladi.
Batafsil
TerDU talabalari amaliyotda!

TerDU talabalari amaliyotda!

Talabalar hayoti., Meeting and events
Ayni kunlarda universitetning ko’plab fakultetlarida talabalarning amaliyot o’tashi boshlangan. Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Tuproqshunoslik ta’lim yo’nalishi 1-bosqich talabalarining tanishuv dala amaliyoti Termiz shahri va Termiz tumanida olib borilmoqda. Talabalar ikki semester davomida o’zlashtirilgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llab ko’rish va bu orqali nazariya va amaliyotni uyg’unlashtirish maqsadida Tanishuv dala amaliyoti institut tayanch punkti mutaxassis xodimlari bilan Tadqiqot institutining tajriba dala maydonlarida, Viloyat yer kadastr boshqarmasida mashg’ulotlar olib borishdi. Mazkur jarayon esa talabalarning amaliy ko’nikmalari shakllanib, bu orqali nazariy bilimlari ham mustahkamlanishiga hissa qo’shmoqda. Amaliyot davom etadi!
Batafsil
Talabalarimiz bizni uyaltirmaydi…

Talabalarimiz bizni uyaltirmaydi…

Ommaviy tadbirlar, Sport tadbirlari, Meeting and events
«26-iyun - Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni!» munosabati bilan hamda 5 ta tashabbus doirasidagi ikkinchi tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahridagi yoshlar o’rtasida bo’lib o’tgan tonggi marafonda Termiz davlat universiteti talabalari ham faol ishtirok etishdi. Roppa-rosa bir soat davom etgan mazkur marafonda TerDU Jismoniy madaniyat fakultetining 2-bosqich talabasi Ibragimova Ozoda finishga ikkinchi va ushbu fakultetning 1-bosqich talabasi Qurbonmuratova Maxfirat esa uchinchi bo’lib yetib keldi. Sportchilarimizni universitet rahbariyati nomidan samimiy qutlab, bu kabi talabalarimizdan faxrlanishimizni bildirib o’tamiz!
Batafsil