Termiz davlat universiteti REKTORI OGOHLANTIRADI!

E’lonlar, Activity, Magistratura.., Qabul yangiliklari, Events, News
Termiz davlat universiteti REKTORI OGOHLANTIRADI! Hurmatli abiturientlar!               Agar sizlarga kimdir ijodiy imtihonlar va test sinovlariga ko’maklashaman deb egri yo’llar bilan talabalikni va’da qilayotgan bo’lsa aslo aldanmang. Mazkur jarayonlarni o’tkazishda hech qanday noqonuniy xolatlar va turli aralashuvlarga yo’l qo’yilmaydi. Barchasi shaffof va haqqoniy o’tishi ta’minlanadi. O’z bilimingizga ishoning, jamiyatda korruptsiyani avj olishiga sababchi bo’lib qolmang. Firibgarlarga aldanib qolishdan ogoh bo’ling.
Batafsil
TerDUda  “ILM-FAN -2020” dasturi doirasida seminar-trening bo’lib o’tdi

TerDUda “ILM-FAN -2020” dasturi doirasida seminar-trening bo’lib o’tdi

Madaniy-ma’rifiy tadbirlar, Public events, Events
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Niderlandiyaning "Elsevier" kompaniyasi bilan hamkorlikda "Ilm-fan – 2020" milliy rivojlanish dasturini ishlab chiqqan bo’lib, dastur yurtimizda oliy ta’lim dargohlari professor-o’qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirishni maqsad qilgan. Bugungi kunda nufuzi va dunyo miqyosida yuqori darajada turgan Scopus ro’yxatiga kirgan jurnallarda maqola chop etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yozilgan har bir ilmiy ishning saviyasi va sifatini yuqori darajada ko’rsatib beruvchi ushbu havolalarning ma’lumotlar bazasida maqolalar chop etish har bir Termez davlat universiteti professor-o’qituvchisi va izlanuvchilarining oldida turgan asosiy vazifasi bo’lib qolmoqda. Shuni inobatga olgan holda dastur doirasida Termiz davlat universiteti o’qituvchilariga ELSEVIER kompaniyasining O’zbekistondagi koordinatori D.Allanazarova toomonidan  “Scopus, Science Direct xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan samarali foydalanish usullari” mavzusi bo’yicha seminar-trening o’tkazildi.Seminar so’ngida…
Batafsil
ZULFIYAXONIM – VAFO VA SADOQAT KUYCHISI

ZULFIYAXONIM – VAFO VA SADOQAT KUYCHISI

Madaniy-ma’rifiy tadbirlar, Public events, Events, News, Yoshlar yurt kelajagi
Termiz davlat universitetida Zulfiyaxonim tavalludining  104 yilligi munosabati bilan “Zulfiyaxonim – vafo va sadoqat kuychisi” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.Tadbirni universitet Xotin-qizlar qo’mitasi raisasi D.Qodirova kirish so’zi bilan ochib so’zni Surxondaryo viloyati hokimining o’rinbosari, Viloyat Xotin-qizlar qo’mitasi raisasi M.Qobulovaga berdi. M.Qobulova o’z so’zida quyidagilarga alohida to’xtalib o’tdi:Zulfiyaxonim o’zbek adabiyotida o’z o’rniga ega bo’lgan, ijod uslubi va ovozi bilan el ko’nglidan munosib o’rin olgan ijodkordir. Shoira o’zining betakror iste’dodi, vatanga muhabbat, vafo va sadoqat tuyg’usini, olijanob, insoniy fazilatlarni yuksak pardalarda tarannum etgan yetuk badiiy asarlari, jo’shqin ijtimoiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga ulkan hissa qo’shgan. Shoira ijodining salmoqli qismini xotin-qizlarga bag’ishlangan, ularni ijtimoiy faollikka chorlovchi she’rlar tashkil etadi. Haqiqiy baxtga faqat mehnat bilan erishish mumkinligi haqidagi g’oya shoira she’rlarining asosini tashkil etadi.Qayd etilganidek, Zulfiya nomi, Zulfiya…
Batafsil
BARCHINOYLAR  BELLASHUVI

BARCHINOYLAR BELLASHUVI

Madaniy-ma’rifiy tadbirlar, Events, Yoshlar yurt kelajagi
Bahor – bayramlar fasli. Ko’klamni sog’ingan ellar uning tashrifidan quvonchga to’lib, har bir kunni bayramga ulaydi. Termiz davlat universitining Iqtisodiyot va turizm fakultetida  “8-mart Xalqaro xotin – qizlar kuni”ga bag’ishlab “Qizlar davrasi” ko’rik tanlovi o’tkazildi. Ko’rik – tanlovda ishtirok etgan fakultetning talaba-qizlari o’zlarining salomlashish odobi, pazandaligi, erta turmush borasidagi muammolarga munosabati, ifodali she’rlar o’qishi hamda o’zi sevgan va tanlagan kasbi haqida tushunchalari, orzu – istaklarini yig’ilganlarga  chiroyli tarzda yetkazib berishdi. Juda qiziqarli o’tgan tanlovning barcha shartlarida o’zining faolligi, zukkoligi, chaqqonligi–yu  pazandaligi bilan boshqalardan ajralib turgan fakultetning Mexmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish   ta’lim yo’nalishi 1 kurs 106-guruh talabasi Xaitova Madina g’olib deb topildi va tadbir tashkilotchilari tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.Bunday tadbirlar qizlarimizning har tomonlama barkamol, milliy urf-an’analarimizdan boxabar voyaga yetishlarida katta ahamiyatga ega, – deydi fakultet xotin…
Batafsil
VILOYAT IIB XODIMLARI BILAN HAMKORLIKDA DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI

VILOYAT IIB XODIMLARI BILAN HAMKORLIKDA DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI

Public events, Events
2019 yilning 28 fevral  kuni Termiz  davlat universiteti faollar zalida “Yoshlar  orasida huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikni bartaraf etish”, “Yo’l harakati qoidalariga amal qilish-barchaning burchi” mavzularida profilaktik tadbir o’tkazildi. Unda Termiz shahar IIB boshlig’i o’rinbosari, podpolkovnik A.Meliqulov, Termiz shahar YHXB boshlig’i, leytenant  Z.Qurbonov, Termiz shahar IIB katta tergovchisi, katta leytenant H.Hasanov, Termiz shahar YHXB tergovchisi, leytenant U.Boboyev, Termiz shahar 4–sonli  IIB tergovchisi A.Rajabov hamda Termiz shahar  3–sonli IIB katta tergovchisi B.Siddiqovlar ishtirok etishdi. Tadbirda so’zga chiqqanlar o’z ma’ruzalarida jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda ham davlatning jiddiy va muhim masalasi hisoblanib kelinganligi, inson tinch va xotirjam yashashni hohlashi va tinchlik bo’lgan joyda baraka va rivojlanish bo’lishini ta’kidlab o’tishdi.Shuningdek, yig’ilganlarga mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni muvofiqlashtirishning ta’sirchan tizimini yaratish, qonun buzilishlarining oldini olish va ularni bartaraf etishning zamonaviy…
Batafsil