Xalqaro aloqalarda yana bir qadam!

Xalqaro aloqalarda yana bir qadam!

Rasmiy tashriflar., Rasmiy tashriflar, Meeting and events
Termiz davlat universiteti xalqaro aloqalar yo'lida yana bir qadam tashladi. Janubiy Koreyaning KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) tashkiloti vakillari agentlik direktori o’rinbosari Mi Pak, Volontyor dasturi menejeri Xyong Jong, Menejer yordamchisi Anvar Shomirzayev va kichik kordinator Li Chae Yonglar universitetimizda mehmon bo’lishdi. Uchrashuv davomida tomonlar mazkur agentlikning volontyorlik dasturi bo’yicha muzokaralar olib borishdi. Muzokaralar hamkorlar tomonidan manfaatli shartnoma imzolanishi bilan yakunlandi. Unga ko’ra Surxondaryo , umuman O’zbekistonda ta’lim, sog’liqni saqlash, energetika, davlat boshqaruvi singari muhim yo’nalishlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tashkilot ekspertlari O’zbekistonga bilim va tajriba almashish uchun yuboriladi.
Batafsil
TerDUni bitirgan salohiyatli kadrlarni ishga olamiz…

TerDUni bitirgan salohiyatli kadrlarni ishga olamiz…

Rasmiy tashriflar., Meeting and events
12 ta korxonani o’zida birlashtirgan, tadbirkorlikning muhim yo’nalishlari-qurilish va yaratuvchanlik, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish sohalarini qamrab olgan Surxondaryodagi yirik tashkilot "Surxon sanoat qurilish"  kompaniyasi rahbariyati xodimlari Termiz davlat universiteti talabalari bilan bir piyola choy ustida uchrashuv o’tkazishdi. Kompaniya bo’lim boshlig’i B. Xudoyberdiev, Kadrlar masalasi bo’yicha mas’ul D. Hazratqulovalar ishtirokida bo’lib o’tgan uchrashuvda kompaniyada mavjud ish o’rinlari va ularga talab etilayotgan kadrlarning tavsifi,  hamda kompaniyada yaratilgan mehnat sharoitlari, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish bo’yicha olib borayotgan ishlar haqida talabalarimizga batafsil  ma’lumotlar berilib, kompaniyadagi ish o’rinlariga yuqori salohiyatli yoshlarga ehtiyojlar mavjudligi, universitet talabalarini bunga jalb qilish bo’yicha ishlar olib borilayotgani yuzasidan ta’kidlab o’tildi. Natija quyidagicha bo’ldi: Endilikda har shanba kuni kompaniya mas’ullaridan iborat komissiya o’qishini davom ettirayotgan iqtidorli talabalarni o’rindoshlik asosida ishga qabul qilish bo’yicha faoliyat olib borishiga kelishib olindi.
Batafsil
TerDU: Kun tadbirlari

TerDU: Kun tadbirlari

Ommaviy tadbirlar, Rasmiy tashriflar., Meeting and events
TerDU: “OAK rahbariyati bilan uchrashuv” Termiz davlat universitetida yosh tadqiqotchilar, doktarantlar va professor-o’qituvchilar uchun OAK xodimlari ishtirokida davra suhbati o’tkazildi.O’z navbatida, ishtirokchilar ham mehmonlardan o’zlarini qiziqtirgan savolllarga batafsil javoblar oldi.Unda OAK markaz direktori Zokirxo’ja Tojixo’jayev va markaz bosh inspektori Adham Xo’jaqulovlar Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan tadqiqotchilar uchun yaratilayotgan yengilliklar, himoya jarayonlari bilan bog’liq o’zgarish va yangiliklar xususida yig’ilganlarga ma’lumotlar berishdi.  Mazkur uchrashuv ilmiy izlanish olib borayotgan professor-o’qituvchilarda yuzaga kelgan qator savollarga amaliy javob bo’ldi. Ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan hamkorlik tadbiri Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi, Xalq ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi, viloyat xokimligi va Termiz davlat universiteti hamkorligida seminar trening tashkil etildi. “Xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish-ta’lim sifatini oshirishning muhim omili” mavzusidagi mazkur tadbirda ta’lim sifatini yaxshilash, xalqaro…
Batafsil
Davra suhbati, Rasmiy tashriflar.
Termiz davlat universiteti Kengash kotibi, Eshqobil Sharipov 25 aprel kuni Uzun tumanidagi o’zi ta’lim olgan 27-sonli umum o'rta ta'lim maktabiga tashrif buyurib, maktab kutubxonasiga shaxsiy kitoblaridan sovg'a qildi. Davlatimiz rahbari bunday tashabbuslarning muhim ahamiyatga ega ekani haqida joriy yilning 19 mart kuni Prezident rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni targ‘ib qilish masalalari atroflicha muhokama qilingan edi.Yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev aholi, ayniqsa, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish borasida “Har bir rahbar o‘zining shaxsiy kutubxonasidan o‘zi ta'lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilsa, bu yaxshi tashabbus bo‘lib, kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi”, deya ta'kidlagan edi. [unitegallery Gallery1ab]
Batafsil
TerDU: Festival mehmonlari bilan uchrashuvlar davom etmoqda

TerDU: Festival mehmonlari bilan uchrashuvlar davom etmoqda

Ommaviy tadbirlar, Rasmiy tashriflar.
Termiz davlat universitetida istiqomat qilayotgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivali mehmonlari bo’sh vaqtlarida universitet talabalari bilan muntazam ravishda uchrashuvlar, davra suhbatlari, ijodiy kechalarni o’tkazishmoqda. Shoir va olimlar ishtirokidagi navbatdagi uchrashuv O’zbek filologiyasi fakulteti talabalari bilan o’tkazildi.Unda Ozarbayjon Respublikasidan tashrif buyurgan shoir, yozuvchi, publitsist, Turk yosh yozarlar birligi kengashi raisi Akbar Qo’shali hamda Andijon davlat universiteti professori Salima Mirzayeva hamda filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori Zilola Eshonovalar ishtirok etishdi.Dastlab Ozarbayjonlik mehmon so’z olib, ikki xalqning azal-azaldan do’st-birodarligi, adabiy aloqalar xususida so’z yuritib, san’at va madaniyat rivojida o’tkazilayotgan festivalning muhim ahamiyatini e’tirof etib o’tdi. Shoir Akbar Qo’shali tadbir davomida o’zining go’zal she’rlaridan o’qib berib, barchaga ijod zavqini ulashdi.Shundan so’ng universitetga tashrif buyurgan olimlar xalqaro baxshichilik san’ati festivalining o’tkazilishi va o’zbek xalq og’zaki ijodining noyob namunalari xususida, bugun jamiyatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor xususida so’z…
Batafsil