AKADEMIK BILAN UCHRASHUV

AKADEMIK BILAN UCHRASHUV

Roundtable discussion, Public events, Meeting and events
Termiz  davlat universitetida Kimyo-texnologiya fakulteti dekani, professor H.To’rayev raisligida Toshkent Kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti direktori, O’zbekiston  Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi A.T.Jalilov va Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti professori, texnika fanlari doktori T.J.Qodirovlar ishtirokida Kimyo-texnologiya fakulteti talaba-yoshlari bilan davra suhbati o’tkazildi.Tadbir ishtirokchilari talaba-yoshlarning bilim olib yetuk kadrlar bo’lib yetishishlari uchun Prezidentimiz rahbarliklarida  barcha sharoitlar yaratib berilayotgani va albatta ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish zururligini ta’kidlash bilan birga O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan Termiz davlat universiteti o’rtasidagi hamkorlikning yaxshi yo’lga qo’yilganligi natijasida TerDUda ilmiy tadqiqotlar va ilmiy ko’rsatkichlar yuqori o’rinlarga ko’tarilayotganligini ta’kidlab o’tishdi.Talaba-yoshlar tadbir ishtirokchilaridan o’zlari qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
Batafsil
ILMIY SEMINAR O’Z ISHINI BOSHLADI

ILMIY SEMINAR O’Z ISHINI BOSHLADI

Roundtable discussion, Official visits, Meeting and events
Termiz davlat universitetida, Termiz davlat universiteti va Toshkent Kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi PhD ilmiy darajasini beruvchi  29.12.2018  T.78.01-raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar o’z ishini boshladi.Ilmiy seminarda Qiyomov Sharifjon Nizomiddinovichning “Mahalliy xomashyolar asosida epoksiuretan olish va qo’llash texnologiyasini ishlab chiqish”, Sottiqulov Elyor Sotimboyevichning “Mahalliy xomashyolar asosida geonolimerlar olish texnologiyasini ishlab chiqish”, Sultonov Shavkatjon Abdullayevichning “To’qimachilik sanoati uchun quyuqlashtiruvchi polimer-kompozitsion metriallar yaratish texnologiyasini takomillashtirish”, Mixliyev Oybek Avloyorovichning “Dolomitin nitrat kislotasi bilan kompleks qayta ishlab magniy birikmalari va suyuq o’g’it olish texnologiyasini yaratish” mavzularidagi 02.00.13-“Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi” ixtisosligi bo’yicha texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishlarining muhokamalari bo’lib o’tmoqda. [unitegallery my_gallery1ilmiy]
Batafsil
ILMIY HAMKORLIK YO’LIDA – YANA BIR QADAM

ILMIY HAMKORLIK YO’LIDA – YANA BIR QADAM

Roundtable discussion, Official visits, Rasmiy tashriflar
2019 yil 29 may kuni Termiz davlat universitetiga Rossiyaning Vladimir davlat universiteti Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig’i Naumova Lyubov Ivanovna, Xalqaro ta’lim markazi direktori Vaxromeeva Yekaterina Viktorovna hamda Chet ellik talabalar assotsatsiyasi raisi o’rinbosari Anamatov Sohib Saitmurod o’g’li tashrif buyurishdi. Tashrifning dastlabki kuni mehmonlar Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov bilan uchrashib, universitetlar o’rtasida o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish maqsadida ilmiy tadqiqot sohasida, talabalar almashinuvi, professor-o’qituvchilarning malaka oshirishini yo’lga qo’yish bo’yicha memorandum imzolandi.Shundan so’ng universitet faollar zalida professor-o’qituvchi va talaba-yoshlar bilan davra suhbati o’tkazilib, Rossiyalik olimlar Vladimir davlat universitetidagi ta’lim va mavjud imkoniyatlarni yoritib beruvchi prezentatsiyalar namoyish etishdi.“Меҳмон отангдек улуғ”- деган доно халқимиз. Шу муносабат билан университетнинг ёзги ошхонасида меҳмонлар шарафига ўзбекона урф-одатлар асносида ташкил этилган дастурхон атрофида дилдан суҳбат қурилди.Kechga yaqin universitet rahbariyati tomonidan TTJlarda turuvchi 1200 nafardan ortiq talaba-yoshlar uchun doshqozonlarda osh damlanib tarqatildi hamda…
Batafsil
Roundtable discussion, Life of students, Yoshlar yurt kelajagi
ТерДУ да талабалар конференцияси ўтказилди Мамлакатимизда ёшларнинг иқтидор ва қобилиятларини ривожлантириш, уларни ҳар томонлама қўллаб-қуватлаш масаласига алоҳида эътибор қаратилиб келинмоқда. Бунда албатта, ўтказилаётган турли кўрик танловлар, мусобақалар ва конференцияларнинг ўрни муҳим саналади.Шу сабаб Термиз давлат университетида узоқ йиллардан буён талабалар ўртасида анъанавий илмий-амалий конференция ўтказилиб келинмоқда. 45-бор ўтказилаётган мазкур тадбирда 35 та шўъба иш олиб бориб, унда 800 нафардан ортиқ талабалар иштирок этишди.Ёшларга оид давлат сиёсатини амалга ошириш, талабаларнинг илм-фан ривожи йўлидаги интилишларини рағбатлантириш ва қўллаб-қуватлаш мақсадида ташкил этилган конференцияни университет ректори А.Тошқулов кириш сўзи билан очиб берди ва иштирокчиларга омад тилади. Тадбир давомида, Профессор-ўқитувчиларнинг табриги ва ялпи йиғилиш маърузаси тингланди. Муҳокамалардан сўнг шўъба ишларига старт берилди. 2 кун давом этган конференцияда илм-фанга оид янгиликлар, муаммо ва таклифлар ўртага ташланди.Баҳс ва мунозаралар кўтарилган мавзуларга оид илмий хулосалар, таклиф ва мулоҳазалар…
Batafsil
Roundtable discussion, Public events
TerDU: 10 yillik tanaffusdan so’ng professor-o’qituvchilarning an’anaviy ilmiy konferentsiyasi qayta tiklandi Inson qalbining nuri ilmu ma’rifatdan kuch oladi. Shundanmi, odamzodning qadri ilm ila yuksaladi. Go’zal xulq bilan payvasta bo’lgan ilm odamlarni baxtiyor qiladi, martabasini yuksaltiradi. Uzoq tanaffusdan so’ng Termiz davlat universitetida ish boshlagan professor-o’qituvchilarning 2018 yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bag’ishlangan an’anaviy ilmiy-tadqiqot konfrentsiyasida ham ushbu jihatlar namoyon bo’ldi.Tadbirning ochilish marosimida oliygoh rektori A.Toshqulov so’z olib, yig’ilganlarni ilm yo’lidagi harakatlarini mashaqqatli, shu bilan birga sharafli ekanligini alohida qayd etdi va konfrentsiya ishiga omad tiladi. 2 kun davom etgan jarayonlarda kafedralardan 35 ta sho’’bada ma’ruzalar tinglandi.Ilmiy baxslar, savol-javob va metodik tavsiyalar asosida o’tgan konfrentsiyaning har bir sho’’basidan o’rinlar belgilanib, 1-o’rinni olgan ishtirokchiga eng kam ish haqining 5 (besh) barobari, 2-o’ringa 3 (uch) barobari, 3-o’ringa esa eng kam ish haqining 1 (bir) barobari…
Batafsil